KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dori vositalari
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
kobavit
Производитель:
A.B.-BIOKOM
Количество в упаковке:
30
Код ATX:
---
Инструкция KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30
Qadoqda soni
30
Dozirovkasi
Preparat ichga ovqatdan 1,5- 2 soat oldin qabul qilinadi. Gepatiti bo`lgan katta yoshli bemorlar uchun 0,01g li tabletkalar, bolalarga – 0,005g li tabletkalar tavsiya etiladi. Virusli gepatitlarda preparatni quyidagi sxema bo`yicha qo`llash kerak: Gepatit turi Asosiy davolash Tutib turuvchi davolash Gepatitning o`tkir shakli Birinchi 10 kun davomida kuniga 2tabletkadan 2 marta, keyinchalik 1 tabletkadan 2 marta 15kun davomida Kuniga 1 tabletkadan 10 -15 kun davomida Uzoq davom etuvchi virusli gepatit Kuniga 2 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida Shart emas Surunkali persisterlovchi gepatit (SPG) Kuniga 1 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida Kuniga 1 tabletkadan 1 marta 1,5 - 2 oy davomida Surunkali faol gepatit (SFG) va jigar serrozi Kuniga 2 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida 1 tabletkadan 2 marta 1,5 - 2 oy davomida HBs – antigenini tashuvchilik holida davolash kursi (kuniga 1 tabletkadan 2 marta) to HBs –antigen titri yo`qolguncha davom etadi, ammo davolash muddati 2 oydan oshmasligi kerak. HBs- antigenining titri kamaygan, ammo butunlay yo`qolmagan hollarda preparatni qo`llashni qo`shimcha davolash kurslarini buyurish orqali davom ettirish mumkin. Kurslar orasidagi muddat- bir oy. Turli etiologiyali anemiyalarda preparatni, kasallikning og`irlik darajasiga qarab, quyidagi sxema bo`yicha qo`llash tavsiya etiladi: Yangi tug`ilgan chaqaloqlar va go`daklar anemiyasi Tabletkalar 0,005 g dan kuniga 2 marta 10-20 kun davomida Yengil darajali anemiyalar Tabletkalar 0,005 g dan kuniga 3 marta 20-25 kun davomida O`rtacha va og`ir darajali anemiyalar Tabletkalar 0,01 g dan kuniga 3 marta 15-20 kun davomida Me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligini konservativ davolashda, shuningdek gastroduodenal soxa yara kasalligidagi operativ aralashuvlardan keyin preparatni quyidagi sxema bo`yicha qo`llash kerak: tabletkalar 0,01g dan kuniga 2 marta 20-25 kun davomida.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Maxsus saqlash sharoitlari
Quruq, salqin va yorug`likdan himoyalangan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati 3 yil.
Maxsus shartlar
Go`daklar anemiyasida preparatni oz miqdordagi qaynagan iliq suvda eritiladi va ona suti bilan birga beriladi. Yengil darajali anemiyalarda preparat monodavolash preparati sifatida, og`irroq anemiyalarda, kattalarda uni temir preparatlari bilan birga ishlatish mumkin. Preparat bazis davolashda qo`llanadigan barcha preparatlar bilan yaxshi uyg`unlashadi. Ammo gepatitlarda kobavit qo`llanganida boshqa viruslarga qarshi preparatlarni ishlatish maqsadga muvofiq emas. Preparatni virusli gepatitning o`tkir shakllarida qo`llash kasallikning surunkali shakllarini rivojlanishini, surunkali shakllarida esa patologik jarayonini keyinchalik yanada kuchayishini, shu jumladan jigar serrozining rivojlanishini oldini oladi. Gastroduodenal yarali bemorlarda turli operativ aralashuvlardan keyin qo`llash, uzoq muddatdan so`ng paydo bo`ladigan asoratlarni oldini oladi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o`tganidan keyin ishlatilmasin.