DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antitrombotik vositalar
Страна производитель:
Turkiya
Активное вещество:
Klopidogrel
Производитель:
Ali Raif Ilac San. A.S.
Количество в упаковке:
28
Код ATX:
B01AC04
Инструкция DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Qadoqda soni
28
Dozirovkasi
Preparat ovqatlanishdan qat'iy nazar, kuniga 1 marta ichga qabul qilinadi. Miokard infarktida, ishemik insulьtda yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligida 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. O'tkir koronar sindromda: ST segmentini ko'tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarktida) klopidogrel bilan davolashni 300 mg li yuklama dozasini bir marta qabul qilishdan boshlash, so'ngra esa kuniga 1 marta 75 mg dozada (atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada kuniga 75-325 mg dozada) qabul qilishni davom ettirish lozim; ST segmentini ko'tarilishi bilan (o'tkir miokard infarktida) klopidogrelni 300 mg li yuklama dozadan boshlab buyuriladi, so'ngra 75 mg dozada kuniga 1 marta, trombolitiklar bilan birgalikda yoki trombolitiklarsiz atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada qabul qilish davom ettiriladi. 75 yoshdan katta bo'lgan patsiyentlarga yuklama doza buyurilmaydi. Kombinatsiyalangan davolashni simptomlar paydo bo'lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlanadi va eng kamida 4 hafta davomida davom ettiriladi. Yurak bo'lmachalari fibrillyatsiyasida klopidogrel 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. Klopidogrel bilan kombinatsiyada atsetilsalitsil kislotasi bilan davolashni boshlash va so'ngra kuniga 75-100 mg dozada davom ettirish lozim.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Peroral antikoagulyantlar Klopidogrel va peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi (qon ketishi jadalligi kuchayishi mumkin). IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlari IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Atsetilsalitsil kislotasi Atsetilsalitsil kislotasi klopidogrelning ADF-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga ingibitsiya qiluvchi ta'sirini o'zgartirmaydi, biroq klopidogrel kollagen-induktsiyalangan trombotsitlar agregatsiyasiga atsetilsalitsil kislotasining ta'sirini potentsiyalaydi. Atsetilsalitsil kislotasini 500 mg dozada 1 kun davomida 2 marta va klopidogrelni bir vaqtda qabul qilish klopidogrelni qabul qilish bilan bog'liq qon ketish vaqtini sezilarli oshishini keltirib chiqarmagan. Klopidogrel va atsetilsalitsil kislotasi o'rtasida farmakodinamik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin bo'lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo'llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Geparin Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko'ra, klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llanganida geparinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmagan va uning antikoagulyant ta'siri o'zgarmagan. Geparinni bir vaqtda qo'llash klopidogrelning trombotsitlar agregatsiyasiga ingibitsiya qiluvchi ta'sirini o'zgartirmaydi. Klopidogrel va geparin o'rtasida farmakodinamik o'zaro ta'sir bo'lishi mumkin bo'lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo'llash ehtiyotkorlikni talab etadi. Trombolitik vositalar Klopidogrel, fibrinspetsifik yoki nospetsifik trombolitiklar va geparinni birgalikda qo'llash xavfsizligi o'tkir miokard infarkti bo'lgan patsiyentlarda o'rganilgan. Klinik ahamiyatli qon ketishlar tez-tezligi trombolitiklar va geparinni atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo'llanilganda kuzatilgandagiga o'xshash bo'lgan. Shu sababli klopidogrel va boshqa trombolitiklar birga qo'llanilganida ehtiyotkorlikka rioya etish lozim. Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) NYaQP (shu jumladan SOG-2 ingibitorlari) va klopidogrel bilan bir vaqtda davolashni ehtiyotkorlik bilan o'tkazish lozim. CYP2C19 izofermenti ingibitorlari Klopidogrelni omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, siprofloksatsin, simetidin, karbamazepin, okskarbazepin va xloramfenikol kabi CYP2C19 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llashdan saqlanish lozim. Proton pompasi ingibitorlari Klopidogrelni pantoprazol bilan bir vaqtda qo'llash mumkin. Boshqa dori vositalari Klopidogrelni atenolol va/yoki nifedipin bilan bir vaqtda qo'llanganida, klinik ahamiyatga ega farmakodinamik o'zaro ta'sir qayd etilmagan. Klopidogrelning farmakodinamik faolligi fenobarbital yoki estrogenlar bilan bir vaqtda qo'llanganida sezilarli o'zgarmagan. Digoksin va teofillinning farmakokinetik ko'rsatkichlari, ularni klopidogrel bilan bir vaqtda qo'llanganida o'zgarmagan. Antatsid vositalar klopidogrelni so'rilishini o'zgartirmagan. Fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan birga qo'llanishi xavfsiz hisoblanadi. Klinik tadqiqotlarda diuretiklar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, kalьtsiy antagonistlari, gipolipidemik vositalar, koronar vazodilatatorlar, gipoglikemik vositalar, gormon o'rnini bosuvchi davolash uchun qo'llanadigan preparatlar bilan klinik ahamiyatli nojo'ya o'zaro ta'sir aniqlanmagan.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Klopidogrel yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Og'ir jigar yetishmovchiligi. O'tkir patologik qon ketishi (masalan, peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miyaga qon quyilishi).
Maxsus shartlar
Qon ketishlari va gematologik nojo'ya reaktsiyalarini rivojlanish xavfini e'tiborga olib, klopidogrel bilan davolash vaqtida kutilishi mumkin bo'lgan qon ketishining klinik simptomlari paydo bo'lganida, darhol qon tahlilini o'tkazish zarur. Boshqa antiagregantlar ishlatilganda bo'lgani kabi, klopidogrelni shikastlanishlar, jarrohlik aralashuvlaridan keyin yoki boshqa patologik holatlar natijasida qon ketishi xavfi yuqori bo'lgan patsiyentlarda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasi, NYaQV, geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlari va trombolitiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrel bilan davolash vaqtida, ayniqsa birinchi haftalarda va/yoki invaziv kardiologik muolajalar yoki jarrohlik aralashuvlaridan keyin, qon ketishi belgilarini (shu jumladan yashirin belgilarni) istisno etish maqsadida, patsiyentlar ustidan sinchkovlik bilan shifokor nazoratini olib borish lozim. Rejali jarrohlik aralashuvlarida, antitrombotsitar samara nomaqbul bo'lganida klopidogrelni qabul qilishni jarrohlik operatsiyasidan 7 kun oldin to'xtatish lozim. Klopidogrel qon ketish vaqtini uzaytirishi munosabati bilan uni qon ketishlarga (ayniqsa me'da-ichakdan qon ketishlar va ko'z ichiga qon quyilishlarga) moyil bo'lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrelni (monoterapiya sifatida yoki atsetilsalitsil kislotasi bilan kombinatsiyada) qo'llash fonida yuzaga keladigan qon ketishini to'xtatish ko'p vaqtni talab etishi tufayli, patsiyentlar o'zgacha qon ketishining har bir holati to'g'risida shifokorga axborot berishlari kerakligi haqida patsiyentlarni xabardor qilish lozim. Patsiyentlar, agar ularda jarrohlik aralashuvi o'tkaziladigan bo'lsa, shuningdek yangi dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokorni (jumladan stomatologni) klopidogrel qabul qilinganligi haqida xabardor qilishlari kerak. Klinik tajriba cheklanganligi tufayli, klopidogrelni buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Gemorragik diatez rivojlanishi xavfini hisobga olgan holda jigar faoliyati o'rta darajada buzilgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Dilyutiks™ preparati tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan tug'ma o'zlashtira olmaydigan, Lapp laktaza tanqisligi bo'lgan yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi bo'lgan patsiyentlarga preparatni qo'llash mumkin emas. Dilyutiks™ preparatining har bir tabletkasi 0,000167 mmolь dan kam (ya'ni 0,0038 mg dan kam) natriy saqlaydi; natriyning bunday miqdorida biror-bir maxsus ko'rsatma talab etilmaydi. Transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri Preparatni qabul qilish transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Nojo'ya samaralari
Nojo'ya ta'sirlarni yuzaga kelish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas). Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan tez-tez emas: trombotsitopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda: neytropeniya, shu jumladan og'ir neytropeniya holatlari; juda kam hollarda: trombotik trombotsitopenik purpura, aplastik anemiya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, og'ir trombotsitopeniya, granulotsitopeniya, anemiya; tez-tezligi noma'lum: ortirilgan A gemofiliyasi. Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda: anafilaktoid reaktsiyalar, zardob kasalligi; tez-tezligi noma'lum: tiyenopiridinlarga (masalan, tiklopidinga, prazugrelga) nisbatan kesishgan-reaktiv o'ta yuqori sezuvchanlik. Ruhiyat tomonidan juda kam hollarda: gallyutsinatsiyalar, ongni xiralashishi. Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas: bosh miyaga qon quyilishlari (o'lim bilan yakun topgan alohida holatlar to'g'risida xabarlar mavjud), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, paresteziyalar; juda kam hollarda: ta'm sezishni buzilishi. Ko'rish a'zosi tomonidan tez-tez emas: ko'z ichki (kon'yunktival, retinal) qon quyilishlari. Eshitish a'zosi va labirint tizimi tomonidan kam hollarda: vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez: gematoma; juda kam hollarda: jiddiy qon quyilishlari, vaskulit, gipotenziya. Nafas olish tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan tez-tez: burundan qon ketishi; juda kam hollarda: bronxospazm, interstitsial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez: me'da-ichakdan qon ketishi, dispepsiya, epigastral sohada og'riqlar, diareya; tez-tez emas: ko'ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me'da va o'n ikki barmoq ichak yaralari; kam hollarda: qorin pardasi tashqarisida qon quyilishi; juda kam hollarda: ba'zida o'lim bilan yakunlanadigan me'da-ichakdan va qorin bo'shlig'i tashqarisida qon ketishi, pankreatit, kolit (jumladan, yarali kolit yoki limfotsitar kolit), stomatit. Gepatobiliar tizim tomonidan juda kam hollarda: gepatit, o'tkir jigar yetishmovchiligi, jigar faoliyati ko'rsatkichlarini o'zgarishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan tez-tez: gematomalar; tez-tez emas: toshma, qichishish, terida qon quyilishlari (purpura); juda kam hollarda: bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema), angionevrotik shish, dorilar tomonidan induktsiyalangan yuqori sezuvchanlik sindromi, eozinofiliyali va tizimli simptomlar bo'lgan dori toshmasi (DRESS-sindrom), eritematoz yoki eksfoliativ toshma, eshakemi, ekzema, qizil yassi temiratki. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan juda kam hollarda: mushaklar va bo'g'imlarga qon quyilishlari (gemartrozlar), artrit, artralgiya, mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan tez-tez emas: gematuriya; juda kam hollarda: glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi. Umumiy buzilishlar va mahalliy reaktsiyalar tez-tez: qon tomirlar punktsiya qilingan joydan qon ketishi; juda kam hollarda: qaltirashlar. Laboratoriya ko'rsatkichlari tez-tez emas: qon ketish vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombotsitlar sonini kamayishi. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.
Farmakodinamikasi
Klopidogrel kuniga 75 mg dozada bir marta va takroran ichga qabul qilingandan keyin tezda so'riladi. Klopidogrelning metabolitlarini siydik bilan chiqarilishiga doir ma'lumotlarga muvofiq, klopidogrelni absorbtsiyasi 50% dan kamni tashkil etadi. In vitro sharoitlarda klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog'lanadi (muvofiq ravishda 98% va 94%). Klopidogrel jigarda faol metabolizmga uchraydi. Odam tomonidan 14S-nishonlangan klopidogrel ichga qabul qilinganidan keyin 120 soat davomida uning taxminan 50% siydik bilan va taxminan 46% ahlat bilan ajratiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Klopidogrelning dozasini oshirib yuborilishi qon ketish vaqtini uzayishi va gemorragik asoratlarni rivojlanishga sabab bo'lishi mumkin. Maxsus antidot yo'q. Uzaygan qon ketish vaqtiga tuzatish kiritish maqsadida trombotsitar massani quyish tavsiya etiladi.
Umumiy ma'lumot
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA (pasientlar uchun) DILYUTIKS™ DILUTIX™ Preparatning savdo nomi: Dilyutiks™ Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klopidogrel (clopidogrel) Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar Tarkibi: Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 75 mg klopidogrel (97,875 mg klopidogrel gidrosulfati shaklida); yordamchi moddalar: suvsiz laktoza, mikrokristall sellyuloza (Avicel PH 102), natriy kroskarmellozasi, kremniy dioksidi (Aerosil 200), talk, magniy stearati; Opadry II Pink 32K14834 (laktoza monogidrati, gipromelloza, titan dioksidi, triasetin, temir (III) oksidi) Ta‘rifi: dumaloq, pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida “75” gravirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: antiagregant. ATX kodi: B01AC04 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Klopidogrel – olddori (organizmda faollashadigan dori) bo‘lib, adenozindifosfatni (ADF) trombositlar yuzasida joylashgan ADF-reseptorlari bilan bog‘lanishini va GPIIb/IIIa kompleksini ADF ishtirokida yuz beradigan keyingi faollashuvini selektiv ravishda bloklaydi, buning natijasida trombositlar agregasiyasi susaytiriladi. Klopidogrelni kuniga 75 mg dozada uzoq vaqt davomida qabul qilinganida ADF-bog‘liq trombositlar agregasiyasini sezilarli darajada tormozlanishi davolashning birinchi kunidayoq yuz beradi; ushbu ta‘sir asta-sekin oshib boradi va 3-7 kun davomida muvozanat holatiga yetadi. Trombositlar agregasiyasi va qon ketishini davomiyligi davolash to‘xtatilganidan keyin 5 kun ichida asta-sekin tiklanadi. Farmakokinetikasi Klopidogrel kuniga 75 mg dozada bir marta va takroran ichga qabul qilingandan keyin tezda so‘riladi. Klopidogrelning metabolitlarini siydik bilan chiqarilishiga doir ma‘lumotlarga muvofiq, klopidogrelni absorbsiyasi 50% dan kamni tashkil etadi. In vitro sharoitlarda klopidogrel va uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metaboliti plazma oqsillari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (muvofiq ravishda 98% va 94%). Klopidogrel jigarda faol metabolizmga uchraydi. Odam tomonidan 14S-nishonlangan klopidogrel ichga qabul qilinganidan keyin 120 soat davomida uning taxminan 50% siydik bilan va taxminan 46% ahlat bilan ajratiladi. Qo‘llanilishi Quyidagi kasalliklari bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda aterotrombotik asoratlarni oldini olish: miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligi bo‘lgan pasientlarda; ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromi (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarkti) bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan teri orqali koronar aralashuv yoki aorto-koronar shuntlash o‘tkazilgan (stent qo‘yilgan yoki stent qo‘yilmagan holda) pasientlarda; ST segmentini ko‘tarilishi bilan o‘tkir koronar sindrom (o‘tkir miokard infarkti) bo‘lgan pasientlarda dorilar bilan davolashda va asetilsalisil kislotasi bilan majmuada trombolitik davolash o‘tkazilishi mumkin bo‘lganda qo‘llaniladi. Yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasida aterotrombotik va tromboembolik asoratlarni (shu jumladan insult) oldini olishda: qon tomirlari asoratlarini rivojlanish xavfining kamida bitta omili bo‘lgan, K vitaminining antagonistlarini qabul qila olmaydigan va qon ketishlarini rivojlanish xavfi past bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda (asetilsalisil kislotasi bilan majmuada) qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat ovqatlanishdan qat‘iy nazar, kuniga 1 marta ichga qabul qilinadi. Miokard infarktida, ishemik insultda yoki periferik arteriyalarning diagnostika qilingan okklyuzion kasalligida 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. O‘tkir koronar sindromda: ST segmentini ko‘tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishchasisiz miokard infarktida) klopidogrel bilan davolashni 300 mg li yuklama dozasini bir marta qabul qilishdan boshlash, so‘ngra esa kuniga 1 marta 75 mg dozada (asetilsalisil kislotasi bilan kombinasiyada kuniga 75-325 mg dozada) qabul qilishni davom ettirish lozim; ST segmentini ko‘tarilishi bilan (o‘tkir miokard infarktida) klopidogrelni 300 mg li yuklama dozadan boshlab buyuriladi, so‘ngra 75 mg dozada kuniga 1 marta, trombolitiklar bilan birgalikda yoki trombolitiklarsiz asetilsalisil kislotasi bilan kombinasiyada qabul qilish davom ettiriladi. 75 yoshdan katta bo‘lgan pasientlarga yuklama doza buyurilmaydi. Kombinasiyalangan davolashni simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlanadi va eng kamida 4 hafta davomida davom ettiriladi. Yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasida klopidogrel 75 mg dozada kuniga 1 marta buyuriladi. Klopidogrel bilan kombinasiyada asetilsalisil kislotasi bilan davolashni boshlash va so‘ngra kuniga 75-100 mg dozada davom ettirish lozim. Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya ta‘sirlarni yuzaga kelish tez-tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas). Qon yaratish va limfa tizimi tomonidan tez-tez emas: trombositopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda: neytropeniya, shu jumladan og‘ir neytropeniya holatlari; juda kam hollarda: trombotik trombositopenik purpura, aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulositoz, og‘ir trombositopeniya, granulositopeniya, anemiya; tez-tezligi noma‘lum: ortirilgan A gemofiliyasi. Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda: anafilaktoid reaksiyalar, zardob kasalligi; tez-tezligi noma‘lum: tienopiridinlarga (masalan, tiklopidinga, prazugrelga) nisbatan kesishgan-reaktiv o‘ta yuqori sezuvchanlik. Ruhiyat tomonidan juda kam hollarda: gallyusinasiyalar, ongni xiralashishi. Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas: bosh miyaga qon quyilishlari (o‘lim bilan yakun topgan alohida holatlar to‘g‘risida xabarlar mavjud), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar; juda kam hollarda: ta‘m sezishni buzilishi. Ko‘rish a‘zosi tomonidan tez-tez emas: ko‘z ichki (kon‘yunktival, retinal) qon quyilishlari. Eshitish a‘zosi va labirint tizimi tomonidan kam hollarda: vertigo. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez: gematoma; juda kam hollarda: jiddiy qon quyilishlari, vaskulit, gipotenziya. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan tez-tez: burundan qon ketishi; juda kam hollarda: bronxospazm, interstisial pnevmonit, eozinofil pnevmoniya. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez: me‘da-ichakdan qon ketishi, dispepsiya, epigastral sohada og‘riqlar, diareya; tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, gastrit, meteorizm, qabziyat, qusish, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yaralari; kam hollarda: qorin pardasi tashqarisida qon quyilishi; juda kam hollarda: ba‘zida o‘lim bilan yakunlanadigan me‘da-ichakdan va qorin bo‘shlig‘i tashqarisida qon ketishi, pankreatit, kolit (jumladan, yarali kolit yoki limfositar kolit), stomatit. Gepatobiliar tizim tomonidan juda kam hollarda: gepatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, jigar faoliyati ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan tez-tez: gematomalar; tez-tez emas: toshma, qichishish, terida qon quyilishlari (purpura); juda kam hollarda: bullyoz dermatit (toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema), angionevrotik shish, dorilar tomonidan induksiyalangan yuqori sezuvchanlik sindromi, eozinofiliyali va tizimli simptomlar bo‘lgan dori toshmasi (DRESS-sindrom), eritematoz yoki eksfoliativ toshma, eshakemi, ekzema, qizil yassi temiratki. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan juda kam hollarda: mushaklar va bo‘g‘imlarga qon quyilishlari (gemartrozlar), artrit, artralgiya, mialgiya. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas: gematuriya; juda kam hollarda: glomerulonefrit, qonda kreatinin darajasini oshishi. Umumiy buzilishlar va mahalliy reaksiyalar tez-tez: qon tomirlar punksiya qilingan joydan qon ketishi; juda kam hollarda: qaltirashlar. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tez-tez emas: qon ketish vaqtini uzayishi, neytrofillar va trombositlar sonini kamayishi. Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Klopidogrel yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir patologik qon ketishi (masalan, peptik yaradan qon ketishi yoki bosh miyaga qon quyilishi). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Peroral antikoagulyantlar Klopidogrel va peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (qon ketishi jadalligi kuchayishi mumkin). IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlari IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Asetilsalisil kislotasi Asetilsalisil kislotasi klopidogrelning ADF-induksiyalangan trombositlar agregasiyasiga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini o‘zgartirmaydi, biroq klopidogrel kollagen-induksiyalangan trombositlar agregasiyasiga asetilsalisil kislotasining ta‘sirini potensiyalaydi. Asetilsalisil kislotasini 500 mg dozada 1 kun davomida 2 marta va klopidogrelni bir vaqtda qabul qilish klopidogrelni qabul qilish bilan bog‘liq qon ketish vaqtini sezilarli oshishini keltirib chiqarmagan. Klopidogrel va asetilsalisil kislotasi o‘rtasida farmakodinamik o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Geparin Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llanganida geparinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmagan va uning antikoagulyant ta‘siri o‘zgarmagan. Geparinni bir vaqtda qo‘llash klopidogrelning trombositlar agregasiyasiga ingibisiya qiluvchi ta‘sirini o‘zgartirmaydi. Klopidogrel va geparin o‘rtasida farmakodinamik o‘zaro ta‘sir bo‘lishi mumkin bo‘lib, bu qon ketishi xavfi oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi. Trombolitik vositalar Klopidogrel, fibrinspesifik yoki nospesifik trombolitiklar va geparinni birgalikda qo‘llash xavfsizligi o‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarda o‘rganilgan. Klinik ahamiyatli qon ketishlar tez-tezligi trombolitiklar va geparinni asetilsalisil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanilganda kuzatilgandagiga o‘xshash bo‘lgan. Shu sababli klopidogrel va boshqa trombolitiklar birga qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya etish lozim. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) NYAQP (shu jumladan SOG-2 ingibitorlari) va klopidogrel bilan bir vaqtda davolashni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. CYP2C19 izofermenti ingibitorlari Klopidogrelni omeprazol, ezomeprazol, fluvoksamin, fluoksetin, moklobemid, vorikonazol, flukonazol, tiklopidin, siprofloksasin, simetidin, karbamazepin, okskarbazepin va xloramfenikol kabi CYP2C19 izofermenti ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim. Proton pompasi ingibitorlari Klopidogrelni pantoprazol bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Boshqa dori vositalari Klopidogrelni atenolol va/yoki nifedipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, klinik ahamiyatga ega farmakodinamik o‘zaro ta‘sir qayd etilmagan. Klopidogrelning farmakodinamik faolligi fenobarbital yoki estrogenlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida sezilarli o‘zgarmagan. Digoksin va teofillinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari, ularni klopidogrel bilan bir vaqtda qo‘llanganida o‘zgarmagan. Antasid vositalar klopidogrelni so‘rilishini o‘zgartirmagan. Fenitoin va tolbutamidni klopidogrel bilan birga qo‘llanishi xavfsiz hisoblanadi. Klinik tadqiqotlarda diuretiklar, beta-blokatorlar, APF ingibitorlari, kalsiy antagonistlari, gipolipidemik vositalar, koronar vazodilatatorlar, gipoglikemik vositalar, gormon o‘rnini bosuvchi davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan klinik ahamiyatli nojo‘ya o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Qon ketishlari va gematologik nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish xavfini e‘tiborga olib, klopidogrel bilan davolash vaqtida kutilishi mumkin bo‘lgan qon ketishining klinik simptomlari paydo bo‘lganida, darhol qon tahlilini o‘tkazish zarur. Boshqa antiagregantlar ishlatilganda bo‘lgani kabi, klopidogrelni shikastlanishlar, jarrohlik aralashuvlaridan keyin yoki boshqa patologik holatlar natijasida qon ketishi xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda, shuningdek asetilsalisil kislotasi, NYAQV, geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlari va trombolitiklarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrel bilan davolash vaqtida, ayniqsa birinchi haftalarda va/yoki invaziv kardiologik muolajalar yoki jarrohlik aralashuvlaridan keyin, qon ketishi belgilarini (shu jumladan yashirin belgilarni) istisno etish maqsadida, pasientlar ustidan sinchkovlik bilan shifokor nazoratini olib borish lozim. Rejali jarrohlik aralashuvlarida, antitrombositar samara nomaqbul bo‘lganida klopidogrelni qabul qilishni jarrohlik operasiyasidan 7 kun oldin to‘xtatish lozim. Klopidogrel qon ketish vaqtini uzaytirishi munosabati bilan uni qon ketishlarga (ayniqsa me‘da-ichakdan qon ketishlar va ko‘z ichiga qon quyilishlarga) moyil bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Klopidogrelni (monoterapiya sifatida yoki asetilsalisil kislotasi bilan kombinasiyada) qo‘llash fonida yuzaga keladigan qon ketishini to‘xtatish ko‘p vaqtni talab etishi tufayli, pasientlar o‘zgacha qon ketishining har bir holati to‘g‘risida shifokorga axborot berishlari kerakligi haqida pasientlarni xabardor qilish lozim. Pasientlar, agar ularda jarrohlik aralashuvi o‘tkaziladigan bo‘lsa, shuningdek yangi dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokorni (jumladan stomatologni) klopidogrel qabul qilinganligi haqida xabardor qilishlari kerak. Klinik tajriba cheklanganligi tufayli, klopidogrelni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Gemorragik diatez rivojlanishi xavfini hisobga olgan holda jigar faoliyati o‘rta darajada buzilgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Dilyutiks™ preparati tarkibida laktoza saqlaydi. Galaktozani kam uchraydigan tug‘ma o‘zlashtira olmaydigan, Lapp laktaza tanqisligi bo‘lgan yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. Dilyutiks™ preparatining har bir tabletkasi 0,000167 mmol dan kam (ya‘ni 0,0038 mg dan kam) natriy saqlaydi; natriyning bunday miqdorida biror-bir maxsus ko‘rsatma talab etilmaydi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi Homiladorlikda (V toifasida) Klopidogrelni homiladorlik davrida klinik qo‘llanilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘qligini nazarda tutib, uni bu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida Farmakokinetik/toksikologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, klopidogrel va uning metabolitlari ona suti bilan chiqariladi. Shuning uchun klopidogrel bilan davolashga zarurat bo‘lganida emizishni to‘xtatish lozim. Transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Preparatni qabul qilish transport vositalarini boshqarish va boshqa potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Klopidogrelning dozasini oshirib yuborilishi qon ketish vaqtini uzayishi va gemorragik asoratlarni rivojlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Maxsus antidot yo‘q. Uzaygan qon ketish vaqtiga tuzatish kiritish maqsadida trombositar massani quyish tavsiya etiladi. Chiqarilish shakli Dilyutiks™ 75 mg tabletkalari, plyonka qobiq bilan qoplangan 14 tabletka blisterda. 2 blister (plyonka qobiq bilan qoplangan 28 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan komplektda karton qutiga joylangan. Saqlash sharoitlari 25°S dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida, original o‘ramida saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz beriladi. Ulashish: