SENAMAKS tabletkalari N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
Sennozidi A i V
Производитель:
Herbal Pharm, OOO
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
A06AB06
Инструкция SENAMAKS tabletkalari N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
SENAMAKS tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SENAMAKS SENAMAXUM Preparatning savdo nomi: Senamaks Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): A va V sennozidlari (kalsiy tuzlari ko‘rinishida). Dori shakli: Tabletkalar Tarkibi: Xar bir tableka quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kalsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg. Yordamchi moddalar: sut qandi – 0.0778 g, makkajo‘xori kraxmali – 0.274 g, vanilin – 0.0006 g, magniy stearati – 0.003 g, nipagin – 0.0006 g, stearin kislatasi – 0.004 g. Ta‘rifi: Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi silindr shaklli tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositasi. ATX kodi: A06AB06 Farmakologik xususiyatlari Preparat qabul qilingandan so‘ng 8-10 soatdan keyin ichni keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning bu samarasi, yo‘g‘on ichakning reseptorlariga ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lib, u ichak peristaltikasini kuchayishiga olib keladi. Chambar ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakning me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, o‘rganib qolishni chaqirmaydi, ovqatni hazm bo‘lishiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Farmakokinetikasi Preparatning ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakdan chiqariladi, bir qismi esa bevosita yo‘g‘on ichakda bakteriyalar ta‘sirida ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi. Qo‘llanilishi Turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlar, shu jumladan gipotoniya va yo‘g‘on ichakning peristaltikasini susayishi bilan bog‘liq qabziyatlar. Gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlarida, ich kelishini kuzatib turish kerak. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, kechqurun ovqatdan keyin 1 tabletkadan. Samarasi bo‘lmaganida bir necha kundan so‘ng bir martalik dozani 1,5 tabletkagacha oshirish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Qorinda sanchiqsimon og‘riqlar, ich ketishi, meteorizm. Bunday holatlarda dozani kamaytirish yoki preparatani bekor qilish kerak. Uzoq vaqt qo‘llanganida, ayniqsa katta dozalarda elektrolitlarni yo‘qotish (asosan kaliy) albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va mushaklararo chigillarning zararlanishi kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Spastik kolit, appendisit, ichakning o‘tkazmasligi, noaniq genezli qorin og‘riqlari, suv va elektrolit almashinuvini buzilishi, qisilgan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, peritonit, me‘da-ichak yo‘llaridan va bachadondan qon ketishi, sistit. Maxsus ko‘rsatmalar Jigar va buyraklarning kasalliklarida, homiladorlik va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Ba‘zida preparat qabul qilinganida siydikning rangi o‘zgarishi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin. Chiqarilish shakli Tabletkalar 0,14 g dan №10 kontur-uyali o‘ramlarda. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: