FUZAR tabletkalari 150mg N1

Обновлено: 21.07.2022

FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Категория:

    Zamburuglarga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Flukonazol

  • Производитель:

    Scott-Edil Pharmacia Limited

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    J02AC01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция FUZAR tabletkalari 150mg N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Dozirovkasi

    Tabletkalarni ichga, chaynamasdan, suv yoki boshqa suyuqliklar bilan qabul qilinadi. Kandidemiyada, disseminatsiyalangan kandidoz va boshqa invaziv kandidozli infektsiyalarda doza odatda birinchi sutkada 400 mg ni, so'ngra esa - 200 mg ni tashkil qiladi. Klinik samaradorligi yetarli bo'lmaganida, preparatning dozasi sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolashning davomiyligi klinik samaradorlikka bog'liq. Orofaringeal kandidozda preparat odatda sutkada 1 marta 50-100 mg dan buyuriladi; davolashning davomiyligi 7-14 kun. Immunitetni yaqqol pasayishi bo'lgan bemorlarda zarurati bo'lganida davolash yanada uzoqroq, davom etishi mumkin. Tish protezlarini taqish bilan bog'liq; bo'lgan og'iz bo'shlig'ining atrofik kandidozida, flukonazol odatda 150 mg dan sutkada 1 marta 14 kun davomida, protezga ishlov berish uchun maxalliy antiseptik vositalari bilan birga buyuriladi. Kandidozni boshka soxalarda joylashgani (genital kandidozidan tashqari), masalan ezofagitda, noinvaziv bronx-o'pka shikastlanishida, kandiduriyada, teri va shilliq qavatlarining kandidozida va boshqalarda davolashning davomiyligi 14-30 kun bo'lganida, samarali doza odatda sutkada 50-100 mg ni tashkil qiladi. OITS bo'lgan bemorlarda birlamchi davolashning to'liq kursi tugaganidan keyin, orofaringeal kandidozning qaytalanishlarini oldini olish uchun preparat 150 mg dan xaftada 1 marta buyurilishi mumkin. Qin kandidozida flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada qabul qilinadi. Qin kandidozining qaytalanishlari sonini kamaytirish uchun preparatni 150 mg dozada bir oyda 1 marta qo'llash mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi; u 4 dan 12 oygacha o'zgarib turadi. Ayrim bemorlarga ko'prok qo'llash talab qilinishi mumkin. Candida chaqirgan balanitda flukonazol ichga 150 mg dozada bir marta buyuriladi. Kandidozni oldini olish uchun flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi zamburug'li infektsiyannng rivojlanish darajasiga qarab, sutkada 1 marta 50-400 mg ni tashkil qiladi. Yoyilgan infektsiyaning yuqori havfi bo'lganida, masalan kutilayotgan yaqqol yoki uzoq muddat neytropeniyasi bo'lgan bemorlarda, tavsiya qiladigan doza sutkada 1 marta 400 mg ni tashkil qiladi. Flukonazol kutilayotgan neytropeniyani paydo bo'lishdan bir necha kun oldin buyuriladi. Neytrofillarning soni 1000/mm3 dan ko'proqqa oshganidan keyin davolash yana 7 sutka davomida davom ettiriladi. Teri mikozlarida, oyoq panjasi, chov soxasi mikozlari, teri kandidozlarida tavsiya qilinadigan doza xaftada 1 marta 150 mg ni yoki sutkada 1 marta 50 mg ni tashkil qiladi. Davolashning davomiyligi odatdagi xollarda 2-4 xaftani tashkil qiladi, birok oyoq panjasining mikozlarida yanada uzoqroq (6 xaftagacha) davolash talab qilinishi mumkin. Kepaklanuvchi temiratkida tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta - 300 mg ni tashkil qiladi. Ayrim bemorlarga xaftada 300 mg uchinchi doza talab qilinishi mumkin, ayni paytda, qator xollarda 300-400 mg ni bir marta qabul qilish yetarli bo'ladi. Davolashning muqobil tartibi 2-4 xafta davomida 50 mg dan kuniga 1 marta qo'llashdir. Onixomikozda tavsiya qilinadigan doza haftada 1 marta 150 mg ni tashkil qiladi. Davolashni infektsiyalangan tirnoq almashgunicha (infektsiyalanmagan tirnoq usgunicha) davom ettirish lozim. Qo'l va oyoq panjalarining barmoqlarida tirnoqlarni qayta o'sishi uchun normada muvofik ravishda 3-6 oy va 6-12 oy talab qilinadi. Chuqur endemik mikozlarda preparatni sutkada 200-400 mg dozada 2 yil davomida qo'llash talab qilinishi mumkin. Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va u koktsidiomikozda 11-24 oyni; parakoktsidiomikozda 2-17 oyni; sporotrixozda 1-16 oyni va gistoplazmozda 3-17 oyni tashkil qilishi mumkin. Bolalarda kattalardagiga o'xshash infektsiyalardagi kabi, davolashning davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog'lik. Bolalarda preparatni kattalardagidan ortiq sutkalik dozada qo'llash mumkin emas. Flukonazol xar kuni sutkada 1 marta qo'llanadi. Shilliq, qavatlarining kandidozida flukonazolning tavsiya qilinadigan dozasi sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Birinchi kuni tezrok doimiy muvozanat kontsentratsiyasiga erishish maqsadida 6 mg/kg zarb dozami buyurish mumkin. Yoyilgan kandidozni yoki kritpokokkli infektsiyani davolash uchun tavsiya qilinadigan doza kasallikning og'irligiga qarab, sutkada 6-12 mg/kg ni tashkil qiladi. Immuniteti pasaygan bolalarda, infektsiyani rivojlanish xavfi sitotoksik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida rivojlanuvchi neytropeniya bilan bog'lik bo'lgan zamburug'li infektsiyalarni oldiii olish uchun, preparat kuchaygan neytropeniyaning yaqqolligi va davomiyligini shakllanishiga qarab, sutkada 3-12 mg/kg dan buyuriladi. Buyraklar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bolalarda preparatning sutkalik dozasi buyrak yetishmovchiligining og'irlik darajasiga muvofik (kattalardagi proportsional bog'liqlik bilan bir xil) kamaytirilishi kerak. Keksa yoshli patsiyentlarda buyraklar funktsiyasini buzilishlari bo'lmaganida preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya qilish lozim. Buyraklar funktsiyasini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda bir marta qabul kilinganida preparatning dozasi o'zgartirish talab qilinmaydi. Preparat ko'p marta qo'llanganida kreatinin klirensi (KK) minutiga 50 ml dan ortiq bo'lganida, preparat o'rtacha dozada qo'llanadi. KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo'lganida dastlab 50 mg dan 400 mg gacha bo'lgan zarb dozasi buyurish kerak, so'ngra tavsiya qilinadigan dozaning 50% ni tashkil qiluvchi doza qo'llanadi. Muntazam dializda bo'lgan bemorlarda preparatning bir dozasi gemodializning xar bir seansidan keyin qo'llanadi. Kattalarga kriptokokkli meningitda va boshqa sohalarda joylashgai kriptokokkli infektsiyalarda birinchi kuni odatda 400 mg buyuriladi, so'ngra esa davolash sutkada 1 marta 200-400 mg dozada davom ettiriladi. Kriptokokkli infektsiyalarda davolashning davomiyligi mikologik tekshirishlarda tasdiqlangan klinik samaraga bog'lik; kriptokokkli meningitda davolash odatda kamida 6-8 xafta davom ettiriladi. OITS bo'lgan bemorlarda kriptokokkli meningitning qaytalanishlarini oldini olish uchun birlamchi davolashning to'liq kursi tugaganidan keyin, flukonazol bilan davolashni sutkada 200 mg dozada uzoq vaqt davomida davom ettirish mumkin.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Flukonazol varfarin bilan qo'llanganida protrombin vaqtini 12% ga oshishi aniqlangan. Shuning uchun preparatni kumarin antikoagulyantlari bilan birga olayotgan bemorlarda protrombin nazorat qilish tavsiya etiladi. Flukonazol peroral gipoglikemik vositalar - sulьfonilmochevina xosilalari (xlorpropanid, glibenklamid, glipizid, tolbutamid) ning yarim chiqarilish davrini (T1/2) oshiradi. Flukonazol va peroral gipoglikemik vositalarni birga buyurishga yo'l qo'yiladi, ammo bunda gipoglikemiyani rivojlanishi mumkinligini xisobga olish kerak. Flukonazol va fenitoinni bir vaqtda qo'llash fenitoinning plazmadagi kontsentratsiyasini klinik axamiyatli darajagacha oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu preparatlarni birga qo'llashning zarurati tug'ilganida, fenitoinning qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyasini ta'minlash maqsadida, uning dozasiga tuzatish kiritish yo'li bilan kontsentratsiyasini monitoring qilish kerak. Flukonazol va rifampitsinni bir vaqtda qo'llash “kontsentratsiya - vaqt” egri chizig'i osti maydoni (AUC) ni 25% ga pasayishiga va flukonazolning plazmadan yarim chiqarilish davrini (T1/2) 20% ga qisqarishiga olib keladi. Shuning uchun bir vaqtda rifampitsin olayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish tavsiya qilinadi. Flukonazolni olayotgan patsiyentlarning qonida siklosporinning kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya qilinadi, chunki flukonazol va siklosporin buyragi ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda qo'llanganida, flukonazolni sutkada 200 mg dozada qabul qilish sekin siklosporinning plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi. Teofillinni yuqori dozalarda olayotgan yoki teofillin intoksikatsiyasini rivojlanish extimoli bo'lgan bemorlar, teofillinning dozasini oshirib yuborilishini erta aniqlash maqsadida kuzatuv ostida bo'lishlari kerak, chunki flukonazolni bir vaqtda qabul qilish plazmada teofillinning klirensini o'rtacha tezligini kamayishiga olib keladi. Flukonazol va terfenadin yoki sizaprid bir vaqtda qo'llanganida yurak tomonidan noxush reaktsiyalar, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasining paroksizmi (piruet turidagi aritmiyalar) hollari ta'riflangan. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo'llanganida, oxirgisining zardobdagi darajasini oshishi bilan kechuvchi o'zaro ta'siri to'g'risida xabarlar bor. Flukonazol va rifabutin bir vaqtda qo'llanganda uveit hollari ta'riflangan. Flukonazol va zidovudinnnng kombinatsiyasini olayotgan bemorlarda zidovudinning kontsentratsiyasini oshishi kuzatiladi, bu oxirgisini uning metabolitiga aylanishini pasayishi bilan chaqirilgan. Flukonazol midozolam bilan bir vaqtda qo'llanganida psixomotor samaralarning havfi oshadi, takrolimus bilan - nefrotoksiklik havfi oshadi.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    terfenadin yoki astemizol (flukonazolni sutkada 400 mg va undan ortiq dozada doimiy qabul qilish fonida) yoki QT intervalini uzaytiruvchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; preparatga yoki tuzilishi bo'yicha azol birikmalariga yaqin vositalarga yuqori sezuvchanlik; 1 yoshgacha bo'lgan bolalar; xomiladorlik, laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, potentsial gepatotoksik dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, alkogolizm, ko'p sonli xavf omillari bo'lgan patsiyentlardagi proaritmogen xolatlar (yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiyalarni chaqiruvchi dori vositalarni bir vaqtda qabul qilish).

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    Quruq, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saklansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

  • Maxsus shartlar

    Flukonazolni qo'llash kam xollarda, asosan jiddiy yondosh kasalliklari bo'lgan bemorlarda jigarning toksik o'zgarishlari bilan kechgan, shu jumladan o'lim bilan yakunlangan. Flukonazol bilan bog'liq gepatotoksik samaralar bo'lgan xollarda, ularni umumiy sutkalik dozasiga, davolashning davomiyligiga, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog'liqligi aniqlanmagan. Flukonazolning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchi bo'lgan; uning belgilari davolash to'xtatilganidan keyin yo'qolgan. Jigarning flukonazol bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan shikastlanishining klinik belgilari paydo bo'lganida, preparatni bekor qilish lozim. OITS bo'lgan bemorlar ko'pchilik preparatlar qo'llanganida og'ir teri reaktsiyalarining rivojlanishiga ko'prok moyil bo'ladilar. Yuza joylashgan zamburug'li infektsiyalari bo'lgan bemorlarda toshma rivojlangan xollarda va u flukonazol bilan aniq bog'liq deb baxolanganda, preparatni bekor qilish lozim. Invaziv/tizimli zamburug'li infektsiyalari bo'lgan bemorlarda toshma paydo bo'lganida, sinchiklab kuzatish va bullez o'zgarishlar yoki ko'p shaklli eritema paydo bo'lganida flukonazolni bekor qilish kerak. Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda preparat bir marta qo'llanganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Qayta qo'llanganida kreatinin klirensiga (KK) qarab belgilanadi. Agarda KK minutiga 50 ml dan ortiq bo'lsa, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi; KK minutiga 11 dan 20 ml gacha bo'lganda odatdagi dozaning 33% 72 soat interval bilan qabul qilinadi; KK minutiga 21 dan 40 ml gacha bo'lganda odatdagi dozaning yarmi 48 soat interval bilan qabul qilinadi. Muntazam dializda bo'lgan bemorlarda xar bir dializ seansidan so'ng preparatning bir dozasi qabul qilinadi. Flukonazol sizaprid, rifabutin yoki R 450 sitoxrom tizimi tomonidan metabolizm ga uchraydigan boshqa preparatlar bilan vaqtda kabul kilinganida extiyotkorlikka rioya kilish kerak. Davolashni klinik-gematologik remissiya paydo bo'lgunicha davom ettirish kerak, chunki uni barvaqt to'xtatilishi qaytalanishlarga olib kelishi mumkun. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Qo'llanilmaydi.

  • Nojo'ya samaralari

    Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta'mni o'zgarishi, qusish, ko'ngil aynishi, diareya, meteorizm, abdominal og'riqlar, kam hollarda - jigar funktsiyasini buzilishi (sariqlik, gepatit, gepatonekroz, giperbilirubinemiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi) bo'lishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, kam xollarda, tirishishlar. Qon yaratish a'zolari tomonidan: kam hollarda - leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: QT intervali davomiyligini oshishi: yurak qorinchalarni xilpillashi. Allergik reaktsiyalar: terida toshma, kam hollarda - havfli ekssudativ eritema (Stivens- Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaktsiyalar. Boshqalar: kam hollarda - buyraklar funktsiyasini buzilishi, alopetsiya, giperxolesterinemiya, gipertriglitseridemiya, gipokaliyemiya.

  • Farmakokinetikasi

    Fuzar triazol birikmalari sinfiga mansub zamburug'larga qarshi vosita, zamburug'larning xujayralarida sterollarning sintezini selektiv ingibitoridir. Fuzar opportunistik mikozlar, shu jumladan Candida spp. chaqirgan (shu jumladan yoyilgan kandidoz); Cryptococcus neoformans (shu jumladan kalla suyagi ichidagi infektsiyalar); Microsporum spp. va Tychophyton spp chaqirgan infektsiyalarni davolashda samaralidir. Fuzar faolligi shuningdek endemik mikozlarda, xususan Blastomyces dermatitides, Coccidioides immitis (shu jumladan kalla suyagi ichidagi infektsiyalar) va Histoplasma capsulatum chaqirgan infektsiyalarda xam ko'rsatilgan. Fuzar sitoxrom R450 ga bog'lik zamburug' fermentlariga yuqori spetsifik ta'sir qiladi.

  • Farmakodinamikasi

    Ichga qabul qilinganidan keyin flukonazol yaxshi so'riladi, uning biokiraolishligi 90%. Ichga, och qoringa 150 mg qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyasi (Smax) vena ichiga (v/i) 2,5-3,5 mg/l dozada yuborilgandagi plazmadagi miqdorining 90% ni tashkil qiladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish, qabul qilingan preparatning so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Plazmadagi kontsentratsiyasi qabul qilinganidan keyin 0,5-1,5 soat o'tgach cho'qqisiga erishadi, flukonazolning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiyasi dozaga to'g'ri proportsional bog'liq. Muvozanat kontsentratsiyasining (Css) 90% darajasiga davolashning (sutkada 1 marta qabul qilinganida) 4-5 kunida erishiladi. Odatdagi sutkalik dozadan 2 marta yuqori zarb dozani (birinchi kuni) yuborish ikkinchi kunga kelib, 90% ga muvofiq keluvchi muvozanat kontsentratsiyasi (Css) darajasiga erishish imkonini beradi. Bo'lishi mumkin bo'lgan taqsimlanish xajmi (Vd) organizmdagi suvning umumiy miqdoriga yaqinlashadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi - 11-12% ni tashkil qiladi. Fuzar organizmning barcha biologik suyuqliklariga yaxshi kiradi. Preparatning so'lak va balg'amdagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi darajasiga o'xshash. Zamburug'li meningiti bo'lgan bemorlarda Fuzarning orqa miya suyuqligidagi miqdori uning plazmadagi darajasining 80% ni tashkil qiladi. Shox pardada, epidermisda, dermada va ter suyuqligida zardobdagidan yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% siydik bilan o'zgarmagan xolda chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proportsionaldir. Periferik qonda flukonazolning metabolitlari aniqlanmagan.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    8,2 g preparat qabul qilinganida gallyutsinatsiyalar va paranoidal xatti-xarakatlar paydo bo'lgan xollar ta'riflangan. Bemor shifoxonaga yotqizilgan va uning xolati 48 soat ichida me'yorlashgan. Doza oshirib yuborilganida me'dani yuvish, jadallashtirilgan diurezni ta'minlash va simptomatik davolashni o'tkazish kerak. 3 soatlik gemodializ seansidan so'ng preparatning plazmadagi kontsentratsiyasi 50% ga kamayadi.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?