ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30

Обновлено: 21.07.2022

ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30
  • Категория:

    Dori vositalari

  • Страна производитель:

    Germaniya

  • Активное вещество:

    Folievaya kislota, Askorbinovaya kislota, vitamin B1, vitamin B12, vitamin B2, vitamin B6, vitamin A (v vide palmitata), jeleza, kalsiy, Kalsiya pantotenat, Magniy, Med, nikotinamid(Vitamin RR ili V3), fosfor, xolekalsiferol (vitamin D3), Sink, biotin, Vitamin Ye, Marganes

  • Производитель:

    Bayer Consumer Care AG

  • Количество в упаковке:

    30

  • Код ATX:

    A11A

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30

  • Qadoqda soni

    30

  • Umumiy ma'lumot

    ELEVIT PRONATAL tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ELEVIT® PRONATAL Ilova–varaqa (pasientlar uchun)   Savdo nomi Elevit Pronatal   Dori shakli Qobiq bilan qoplangan tabletkalar   Ta‘rifi Kulrang-sariq rangli, bir tomonida riskasi bo‘lgan uzunchoq tabletkalar.   Tarkibi 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi Ta‘sir etuvchi  moddalar: Vitaminlar: A vitamini (palmitat)                                                                             3600 XB D3 vitamini (xolekalsiferol)                                                                500 XB Ye vitamini (alfa-tokoferil asetati)                                                    15 mg S vitamini (kalsiy askorbat digidrati)                                              100 mg Folat kislotasi (V9 vitamini)                                                                 0,8 mg V1 vitamini (tiamin nitrati)                                                                   1,6 mg V2 vitamini (riboflavin)                                                                                      1,8 mg V6 vitamini (piridoksin gidroxloridi).                                                2,6 mg V12 vitamini(sianokobalamin)                                                                              4 mkg Nikotinamid (RR vitamin )                                                                       19 mg Biotin                                                                                                            200 mkg Kalsiy pantotenati (V5 vitamini)                                                         10 mg Mineral moddalar va mikroelementlar: Kalsiy (suvsiz kalsiy gidrofosfati, kalsiy pantotenati, kalsiy askorbat digidrati)                              125 mg Magniy (engil magniy oksidi, magniy gidrofosfat trigidrati, magniy stearati)                               100 mg Fosfor (suvsiz kalsiy gidrofosfati, magniy gidrofosfat trigidrati)                                                              125 mg Temir (temir fumarati)                                                                              60 mg Rux (rux sulfat monogidrati)                                                                  7,5 mg Mis (suvsiz mis sulfati )                                                                        1 mg Marganes (marganes sulfat monogidrati, temir fumarati)                                                                                            1 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mannitol (Ye421), makrogol 400, gliserol distearati (Ye472), jelatin (Ye441), mikrokristal sellyuloza (Ye460), etilsellyuloza, natriy kraxmala glikolyati, magniy stearati (Ye572) , povidon K90, povidon K30. Qobig‘i: gipromelloza, etilsellyulozaning suvli dispersiyasi, makrogol 6000, talk (Ye553b), titan dioksidi (Ye171), temir II oksidi (Ye172).   Farmakoterapevtik guruhi Polivitamin–mineral kompleksi. ATC kodi: A11AA03 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Elevit Pronatal homiladorlikni rejalashtirish, homiladorlik va laktasiya davrida  qo‘llaniladigan vitaminlar, minerallar va mikroelementlar kompleksidan iborat. Bu komponentlarning dozalari homilador va emizikli ayollarning ovqatlanish rasioni uchun tavsiya qilingan dozalarga to‘g‘ri keladi. Elevit Pronatal homiladorlikni normal kechishi uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyojning o‘rnini qoplaydi. Vitaminlar va minerallar homilani to‘g‘ri rivojlanishi va o‘sishi uchun, metabolizmni normal kechishi (lipidlar, nuklein kislotalari va proteinlarning shakllanishi; aminokislotalar, kollagen va neyromediatorlarning sintezi) uchun zarurdir. Preparatning farmakologik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bog‘liq. A vitamini turli moddalarning (oqsillar, lipidlar, mukopolisaxaridlar) sintezida ishtirok etadi va terining, shilliq qavatlarning, shuningdek ko‘rish a‘zolarining normal faoliyati ko‘rsatishiga yordam beradi. V1 vitamini va nerv tizimining normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam berib; yurak faoliyatini normallashishida ishtirok etadi. V2 vitamini to‘qimalarning, shu jumladan teri xujayralarining regenerasiya jarayonlariga, yordam beradi. V6 vitamini suyaklarni, tishlarni, milkni strukturasi va funksiyasini quvvatlab turishga yordam beradi, eritropoezga ta‘sir ko‘rsatadi, nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishga yordam beradi. V12 vitamini eritropoezda ishtirok etadi, nerv tizimini normal faoliyat ko‘rsatishga yordam beradi. V guruhi vitaminlari organizmda turli modda almashinuvini yo‘lga soluvchi turli fermentlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi, boshqaradi, homilador ayollardagi toksikozda ko‘ngil aynishi va qusish xurujlarini pasayishiga yordam beradi. S vitamini qator biologik faol moddalarning oksidlanishida, biriktiruvchi to‘qimani almashinuvida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida va to‘qimalarning regenerasiyasida ishtirok etadi, steroid gormonlarni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini normallashtiradi. S vitamini organizmning infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi, yallig‘lanish reaksiyalarini pasaytiradi. D3 vitamini homilador ayolning organizmida kalsiy va fosforning muvozanatini saqlab turishida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmovchiligida bolalarda raxit, kattalarda suyak to‘qimasida kalsiy miqdorini kamayishi (osteoporoz) yuz beradi. Ye vitamini – tabiiy antioksidan bo‘lib, qonning yuqori ivuvchanligini bartaraf etadi va periferik qon aylanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Oqsillar va gemoglobin sintezida, xujayralarning o‘sish jarayonida, skelet mushaklari, yurak va qon tomirlarning, jinsiy bezlarning faoliyatida ishtirok etadi. Homiladorlikning ilk bosqichida Ye vitamini yetishmovchiligi bola tashlashning sababi bo‘lishi mumkin. Biotin moddalar almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, oqsilni o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Kalsiy pantotenati yog‘lar, oqsillar va uglevodlarning metabolizmi jarayonida ishtirok etadi. Folat kislotasi aminokislotalarning metabolizmida, purin va pirimidin asoslari sintezida ishtirok etadi. Folat kislotasining tanqisligi DNK biosintezini kamayishiga va xujayra replikasiyasini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida qon yaratish jarayonlari va homiladorlik vaqtida homilada nerv nayining rivojlanishi buzilishi mumkin. Nikotinamid oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida ishtirok etadi, vodorod va fosfatning tashib o‘tkazilishini ta‘minlaydi. Kalsiy suyak to‘qimasining shakllanishida, qon ivishida, nerv impulslarini o‘tkazilishida, skelet va silliq mushaklarni qisqarishida, yurakni normal faoliyat ko‘rsatishida ishtirok etadi. U shuningdek temirni so‘rilishiga yordam beradi. Magniy mushak va suyak to‘qimasini shakllanishida qatnashadi, shuningdek oqsil sintezida ishtirok etadi. Temir gemoglobin molekulasining bir qismi bo‘lib, organizmda kislorodni tashilishida ishtirok etadi va homilador ayollarda, ayniqsa homiladorlikning II va III uch oyliklarida anemiyani rivojlanishini oldini oladi. Marganes suyaklarning to‘g‘ri mineralizasiyasida ishtirok etadi. Mis eritrositlarning noral funksiyasini va temir almashinuvi uchun zarurdir. Rux homila skeletini normal shakllanishi va to‘qimalar regenerasiyasi uchun zarur bo‘lib, ayrim gormonlar, shu jumladan insulinning tarkibiga kiradi, ona qornidagi qator anomaliyalarni yuz berishi ehtimolini pasaytiradi. Fosfor nerv tizimi faoliyatini normallashtiradi, organizmning energetik tizimida asosiy komponent hisoblanadi. Suyak to‘qimasini o‘sishi va rivojlanishini rag‘batlantiradi, qon yaratilishini faollashtiradi. Farmakokinetikasi Ta‘sir etuvchi moddalarning farmakokinetik xususiyatlari adabiyotlarda keng ta‘riflangan. Ushbu preparatning ta‘sir etuvchi moddalari – vitaminlar, minerallar va mikroelementlar – inson organizmida keng tarqalgan almashtirib bo‘lmaydigan ozuqa elementlari hisoblanadi. Plazmada va to‘qimalarda ozuqa elementlarining tarkibi gomeostatik tarzda boshqariladi va sutkalik o‘zgarishlar, ovqatlanish holati, bo‘y, homiladorlik va laktasiya kabi turli omillarga bog‘liq bo‘ladi.   Qo‘llanilishi Homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik vaqtida, emizish davrida muvozanatlanmagan va/yoki to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda vitamin va minerallarga ehtiyojni oshib ketishi sababli, vitamin va minerallar  etishmovchiligini oldini olish va davolashda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Ayollarga homiladorlikdan oldin (rejalashtirilganida, homila paydo bo‘lishidan bir oy oldin), homiladorlik davrida, tug‘ruqdan keyin va emizish davrida ichga, sutkada 1 tabletkadan ovqat bilan, butunligicha va bir stakan (250 ml) suv bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi. Ertalabki ko‘ngil aynishida preparatni kunduzi yoki kechqurun qabul qilish tavsiya qilinadi. Bolalar va o‘smirlar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan homilador bo‘lgan yoki homiladorlikni rejalashtirgan yoki emizayotgan qizlar-o‘smirlar: sutkada 1 tabletkadan buyuriladi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar: Buyrak funksiyasini buzilishigan bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar Elevit Pronatalni ehtiyotkorlik bilan va shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash lozim. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin kam hollarda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar bo‘lishi mumkin: epigastral sohasida diskomfort, qabziyat, meteorizm, qusish, diareya, ko‘ngil aynishi. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: eshakemi, yuzni shishi, hansirash, terini ta‘sirlanishi, terida toshmalar, pufakchali toshma, anafilaktik shok. Bunday vaziyatlarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish lozim. Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin (preparatda V2 vitaminining mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan va klinik ahamiyatga ega bo‘lmagan holat). Preparat temir saqlaydi, bu ahlatni qora rangga bo‘yalishiga olib kelishi mumkin. Ushbu samara zararsiz va klinik ahamiyatga ega emas. S vitamini glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligi hollarida gemolitik anemiya chaqirishi mumkin. Kam hollarda giperkalsiuriya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik bo‘lishi mumkin. Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, A va/yoki D vitaminining gipervitaminozi, A vitamini yoki sintetik izomerlari – izotretinoin va etretinat bilan yondosh davolash (beta-karotin A vitaminini qo‘shimcha tushishining manbai sifatida qaraladi), giperfosfatimiya, gipermagniemiya, giperkalsiemiya, kalsiyni siydik bilan chiqarilishini kuchayishi, buyrak funksiyasini buzilishi, temir va misning metabolizmini buzilishida qo‘llash mumkin emas.   Dozani oshirib yuborilishi Elevit Pronatalni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilinganida vitaminlar va minerallarning dozasini oshirib yuborilishidan dalolat beruvchi ma‘lumotlar yo‘q. Dozani oshirib yuborilishining ko‘pchilik hollari vitamin saqlovchi preparatlarning katta dozalarini bir vaqtda qabul qilish oqibatida yuz beradi. O‘tkir va dozani oshirib uzoq vaqt yuborilishi A va D gipervitaminozlariga, giperkalsiemiyaga, temir va misning toksikligiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishining simptomlari: bosh og‘rig‘i, ongning chalkashishi, MIY buzilishlari – qabziyat, diareya, ko‘ngil aynishi va qusish. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.   Ehtiyotkorlik choralari Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin. Ayrim komponentlarining, ayniqsa A vitamini, D vitamini, temir va misning juda yuqori dozalari, sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Folat kislotasi, V12 vitamini va temirning yuqori dozalari anemiyaning ayrim shakllarini niqoblashi mumkin. Boshqa vitamin saqlovchi preparatlarni qabul qiluvchi pasientlar, Elevit Pronatalni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari lozim. Preparat laktoza saqlaydi, buni galaktozani o‘zlashtiraolmaslikda, laktoza yetishmovchiligida yoki glyukoza-galaktozani so‘rilishini buzilishida hisobga olish lozim. Preparat yod saqlamaydi. Yodning qo‘shimcha manbaining zarurligi shifokor bilan kelishilgan bo‘lishi. Laktasiya davrida qabul qilinayotgan vitaminlar va minerallar ona suti bilan chiqariladi, agar bola boshqa vitamin-mineral majmualarni qabul qilayotgan bo‘lsa, buni hisobga olish kerak. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Preparat temir saqlaydi, shuning uchun ichakda tetrasiklinlar guruhi antibiotiklarini so‘rilishini kechiktiradi va bu antibiotik hamda temirning zardobdagi konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Agar bu preparatlarni bir vaqtda buyurish zarur bo‘lsa,  unda pasientlar tetrasiklinni, preparatni qo‘llashdan ikki soat oldin yoki keyin qabul qilishlari kerak. Antasidlar va temir saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash temirning so‘rilishini pasaytirishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilish orasida uch soatlik intervalga amal qilish kerak. Kalsiy, magniy, mis yoki rux saqlovchi preparatlar antibiotiklar va viruslarga qarshi preparatlarni so‘rilishini yomonlashtirishi va buning natijasi sifatida, ularning tizimli konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Ikkala preparatni qabul qilayotgan pasientlar, ularni qabul qilishni vaqt jihatidan 1-2 soatga vaqtga cheklashlari kerak. Ye vitaminini saqlovchi preparatlar, antikoagulyantlar yoki trombositlarning agregasiyasiga ta‘sir qiluvchi dorilarni qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatilish kerak. Parafin moyi kabi surgi moddalar bilan bir vaqtda qo‘llash, me‘da-ichak yo‘llarida D vitaminini so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Folat kislotasining yuqori dozalari karbamazepin, fenitoin, primidon va barbituratlar kabi tutqanoqqa qarshi/tirishishga qarshi vositalarni samarasini kamaytirish qobiliyatiga ega. Tiazidli diuretiklar bilan birgalikda qo‘llash giperkalsiemiyaning ehtimolini oshiradi, chunki tiazidli diuretiklar siydik bilan kalsiyni chiqarilishini kamaytiradi. Ayrim dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llashda ularning terapevtik ta‘sirini kamayishi kuzatilishi mumkin: levodopa, bifosfonatlar, ftorxinolonlar, penisillamin, tiroksin, angishvonagul preparatlari. Bu preparatni shovul (shpinat va rovochdagi) va fitin kislotalarining (butun dukkaklilar), ular kalsiyning so‘rilishini bostirishi mumkin, yuqori darajasini saqlovchi ovqat qabul qilinganidan keyin ikki soat davomida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Homiladorlik va laktasiya To‘plangan tajriba homiladorlikning birinchi uch oyligi davomida A vitaminini sutkada 10000 XB dan ortiq dozalarda qabul qilish, homilani rivojlanishining tug‘ma nuqsonlarni chaqirishi mumkin deb taxmin qilishga asos bo‘la oladi. Elevit Pronatalning 1 tabletkasi 3600 XB yoki 1080 mkg A vitamini saqlaydi. A va D vitaminining manba‘lari bo‘lgan mahsulotlar (masalan, jigar va uning mahsulotlari A vitaminiga juda boydir) va ushbu vitaminlarni ko‘p saqlovchi sharbatlarni hisobga olish lozim. D vitaminini surunkali dozani oshirib yuborilishi homila uchun zararli bo‘lishi mumkin. D vitaminini va kalsiy ko‘krak suti bilan chiqariladi. Emizikli bolaga ularning ta‘sirini istisno etib bo‘lmaydi, agar bola har qanday boshqa ovqat qo‘shimchalarini qabul qilayotgan bo‘lsa, buni e‘tiborga olish lozim. Emizikli ayollar uchun Tibbiyot Instituti (AQSH) D vitaminini xavfsiz bo‘lgan yetarli miqdori sutkada 2000 XB (500 mkg) ekanligini aniqladi. Elevit Pronatal bir tabletkada 500 XB (12,5 mkg) D vitaminini saqlaydi. Transport yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Ta‘sir qilmaydi. Caqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda.   Yaroqlilik muddati 2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.   O‘rami 10 tabletkadan blisterda. 3 yoki 10 blister ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan. Berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?