PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60

Обновлено: 21.07.2022

PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Vengriya

  • Активное вещество:

    Kaliya asparaginat, Magniya asparaginat

  • Производитель:

    Гедеон Рихтер ОАО

  • Количество в упаковке:

    60

  • Код ATX:

    A12CC30

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60

  • Qadoqda soni

    60

  • Umumiy ma'lumot

    PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA (MUTAXASSISLAR UCHUN)   PREPARATNING NOMI PANANGIN, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar PANANGIN   SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI Qobiq bilan qoplangan bir tabletka 158 mg kaliy asparaginati (½ N2O kaliy asparaginati shaklida) va 140 mg magniy asparaginati (4 N2O magniy asparaginati shaklida) saqlaydi. Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxati 6.1 bo‘limda keltirilgan. DORI SHAKLI Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Oq yoki deyarli oq rangli, disk shaklidagi, ikki yoqlama qavariq, biroz yaltiroq va sezilarsiz darajada notekis yuzali, deyarli hidsiz plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. KLINIK XUSUSIYATLARI 4.1 Qo‘llanilishi Preparat yurakning surunkali kasalliklarida (yurak yetishmovchiligida, infarktdan keyingi davrda), yurak ritmini buzilishlarida, eng avvalo yurak qorinchalari aritmiyalarida qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi. Angishvonagul preparatlari bilan majmuada qo‘shimcha davolash uchun qo‘llanadi. Magniy va kaliyning qo‘shimcha manbai sifatida ham qo‘llanadi. 4.2 Qo‘llash usuli va dozalari Odatdagi sutkalik doza 1-2 tabletkadan sutkada 3 martani tashkil qiladi. Sutkalik dozani 3 tabletkadan sutkada 3 martaga oshirish mumkin. Me‘da shirasi preparatning samaradorligini pasaytirish xususiyatiga ega, shuning uchun tabletkalarni ovqatdan so‘ng qabul qilish tavsiya qilinadi. 4.3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga yoki har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, Addison kasalligi, III darajali atrioventrikulyar blokada, kardiogen shok (AB<90 mm. sim. ust.) da qo‘llash mumkin emas. 4.4 Maxsus ko‘rsatmalar va preparatni qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari Preparatni giperkaliemiya bilan kechuvchi kasalliklari bo‘lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Bu toifa pasientlarda qon zardobida elektrolitlar konsentrasiyasini muntazam tekshirish tavsiya qilinadi. 4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari Ichga qabul qilinadigan tetrasiklinlar, temir tuzlari va natriy ftoridi preparatni me‘da­ichak yo‘llaridan so‘rilishini tormozlaydi. Preparatni yuqorida eslatib o‘tilgan dori vositalari bilan majmuada qo‘llaganda qabul qilish orasida kamida 3 soatlik interval bo‘lishi kerak. Preparatni kaliyni tejovchi diuretiklar va/yoki AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda buyurish giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. 4.6 Homiladorlik va laktasiya Preparat bu toifa pasientlarda qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha uning qandaydir zararli ta‘siri to‘g‘risida xabar berilmagan. 4.7 Preparatni transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. 4.8 Nojo‘ya reaksiyalari Me‘da­ichak yo‘llari tomonidan: Preparatning katta dozalari qo‘llanganda, ich kelishini tezlashishi kuzatilishi mumkin. 4.9 Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Doza oshirib yuborilganda giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlarini yuz berish xavfi oshadi. Doza oshirib yuborilgan hollarda preparat bilan davolashni to‘xtatish va simptomatik davolashni o‘tkazish (vena ichiga kalsiy xloridini minutiga 100 mg dozada yuborish, zarurat bo‘lganida gemodializni buyurish) kerak. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI 5.1 Farmakodinamik xususiyatlari Farmakoterapevtik guruhi: Magniy asosidagi vositalar ATX kodi: A12SS30 Kaliy va magniy ionlari muhim hujayra ichidagi kationlar sifatida qator fermentlarni faoliyat ko‘rsatishi, makromolekulalarni hujayra ichi tuzilmalari bilan bog‘lanishi uchun, shuningdek mushak qisqarishining molekulyar mexanizmi uchun xam zarurdir. Kaliy, kalsiy, natriy va magniy ionlarining xujayra ichidagi va tashqarisidagi konsentrasiyalarining nisbati miokardning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Aspartat – kaliy va magniy ionlarining tashuvchisi bo‘lgan endogen moddadir; hujayralarga yuqori affinitetga ega. Shu bilan birga uning tuzlari kuchsiz dissosiasiyaga uchraydi. Buning oqibatida ionlar hujayra ichidagi bo‘shliqqa kompleks birikmalar ko‘rinishida kiradi. Magniy va natriy asparaginati miokardning metabolizmini yaxshilaydi. Kaliy va magniyni organizmdagi yetishmovchiligi arterial gipertenziyani, koronar qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishini, yurak ritmini buzilishlarini, miokard patologiyasini rivojlanish havfini oshiradi. 5.2 Farmakokinetik xususiyatlari Ma‘lumotlar yo‘q. 5.3 Klinika oldi tadqiqotlarning natijalari Ma‘lumotlar yo‘q. FARMASEVTIK XUSUSIYATLARI 6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati Tabletka yadrosi: suvsiz kolloid kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, povidon, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, Plyonka qobig‘i: makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), eugidrat Ye 100, talk.   6.2 Nomutanosiblik Ma‘lumotlar yo‘q.   6.3 Yaroqlilik muddati 5 yil. O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.   6.4 Maxsus saqlash sharoitlari +15oS dan +30oS gacha haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin. O‘rami 50 plyonka qobiq bilan qoplangan  tabletka burma polietilen taglik bilan ta‘minlangan, kafolatli yopiluvchi qopqoqcha bilan yopilgan polipropilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Berish tartibi Shifokor reseptisiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?