DIFOSFOSIN inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Asab tizimi uchun
Страна производитель:
Italiya
Активное вещество:
Sitikolin
Производитель:
Magis Farmaceutici S.r.l., Италия произведено: Mitim S.r.l.
Количество в упаковке:
5
Код ATX:
N06BX06
Инструкция DIFOSFOSIN inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Qadoqda soni
5
Umumiy ma'lumot
DIFOSFOSIN inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DIFOSFOSIN DIFOSFOCIN Preparatning savdo nomi: Difosfosin Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sitikolin Dori shakli: 500 mg/4 ml, 1000 mg/4 ml in‘eksiya uchun eritma Tarkibi: 4 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 522,5 mg natriy sitikolin (natriy sitidinfosfatxolin) (500 mg sitikolinga ekvivalent) yoki 1045,0 mg natriy sitikolin (natriy sitidinfosfatxolin) (1000 mg sitikolinga ekvivalent), yordamchi moddalar: 1 M natriy gidroksidi eritmasi, in‘eksiya uchun suv 4 ml gacha. Ta‘rifi: rangsiz tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: psixostimulyatorlar va boshqa nootrop vositalar. ATX kodi: N06BX06 Farmakologik hususiyatlari Farmakodinamikasi Bosh miya metabolizmini yaxshilovchi vositadir. Difosfosinning faol moddasi sitikolin xolinning manbai bo‘lib, neyron membranalarining struktura fosfolipidlarini sintezini rag‘batlantiradi, bu membranalarning faoliyatini yaxshilanishiga, shu jumladan ion almashinuvchi nasoslar va neyroreseptorlarning faoliyatiga yordam beradi. Membranaga barqarorlashtiruvchi ta‘siri tufayli sitikolin shishga qarshi hususiyatlarga ega va bosh miya shishini kichraytiradi. Sitikolin bosh miya jarohati yoki miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi kabi patologik jarayonlardan keyingi serebral disfunksiya simptomlarining yaqqolligini susaytiradi. Insultning o‘tkir davrida to‘qimalarning shikastlanish hajmini kamaytiradi, xolinergik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Serebral qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miyaning retikulyar formasiyasining strukturasini faollashtiradi, ongni tiklaydi. Sitikolin amneziya darajasini pasaytiradi, kognitiv, sensitiv va harakat buzilishlarida holatni yaxshilaydi, shuningdek bosh miya gipoksiya va ishemiyasida kuzatiladigan simptomlarning yaqqolligini, shu jumladan hotirani pasayishini, emosional o‘zgaruvchanlikni, o‘zo‘ziga hizmat ko‘rsatish borasida oddiy harakatlarni bajarish qobiliyatini buzilishini susaytiradi. Parkinson kasalligini va Parkinson sindromini davolashda Sitikolinning samaradorligi isbotlangan, bu simptomlarni yaxshilanishi bilan aniqlanadi. Farmakokinetikasi Sitikolin organizmda saqlanuvchi tabiiy birikma bo‘lganligi sababli, ekzogen va endogen sitikolinning miqdorini aniqlash murakkabligi bois klassik farmakokinetik tadqiqotlarni o‘tkazishning imkoni yo‘q. Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda S14 nishonlangan sitikolin ichga buyurilganda uning deyarli to‘liq so‘rilishi kuzatilgan. Doza buyurilganidan keyin 5 kun davomida buyurilgan dozaning 1% dan kam qismi axlat bilan chiqariladi. Chiqarilishi juda sekin, asosan nafas a‘zolari va siydik orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi ishemik insultning o‘tkir davrida ishemik va gemorragik insultni tiklanish davri; boshmiya jarohati, o‘tkir va tiklanish davrida; Parkinson kasalligini, Parkinson sindromini va arteriosklerotik parkinsonizmda; bosh miyaning degenerativ va tomir kasalliklaridagi kognitiv buzilishlarda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga Difosfosinni yuborgandan keyin dastlabki 24 soatda erishiladi. Vena ichiga asta sekin (5 minut davomida) yoki tomchilab (infuziya tezligi minutiga 4060 tomchi) yuboriladi. Davolashni preparatni vena ichiga dastlabki 2 haftada 5001000 mg dan (bemorning holatiga qarab) sutkada 2 marta buyurishdan boshlanadi. Keyin 4 hafta davomida mushak ichiga 5001000 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 2000 mg ni tashkil qiladi. Mushak ichiga qo‘llaganda preparatni aynan bir xil joyga qaytadan yubormaslik kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Juda kam hollarda allergik reaksiyalar (toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok); uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ta‘sirlanish, haroratni ko‘tarilishi; tremor, falaj qo‘loyoqlarda uvishish; ko‘ngil aynishi, ishtahani pasayishi, jigar fermentlarining faolligini o‘zgarishi; arterial bosimni vaqtinchalik pasayishi, bradikardiya yoki taxikardiya bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda; parasimpatik nevr tizimining yuqori tonus holatida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Difosfosin levodopaning samarasini kuchaytiradi. Preparatni meklofenoksat saqlovchi dori vositalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Preparat qon to‘xtatuvchi vositalar, shuningdek bosh miya ichki bosimini pasaytiruvchi preparatlar va perfuzion suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llanilishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Homiladorlik va laktasiya davri Preparatni homiladorlik davrida faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lsagina qo‘llash mumkin. Sitikolin ona suti bilan ajralishi haqida ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, laktasiya davrida ayollar emizishni to‘xtatishlari kerak. Transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi Ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Preparatning toksikligi pastligi sababli, xatto terapevtik dozalar oshirilganida ham dozani oshirib yuborish hollari aniqlanmagan. Chiqarilish shakli 4 ml dan rangsiz neytral shisha ampulalarda (I tip gidrolitik). 5 ampuladan (500 mg) polistrol kontur uyali o‘ramga joylangan. 3 ampuladan (1000 mg) polistrol kontur uyali o‘ramga joylangan. 1 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: