GEKSIKON D 0,008 DLYA DETEY suppozitorii N10

Обновлено: 21.07.2022

GEKSIKON D 0,008 DLYA DETEY suppozitorii N10
  • Категория:

    Ginekologik

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Xlorgeksidin

  • Производитель:

    Нижфарм, АО

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    G01AX Противомикробные препараты и антисептики другие

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция GEKSIKON D 0,008 DLYA DETEY suppozitorii N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    GEKSIKON D 0,008 DLYA DETEY suppozitorii N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA GEKSIKON® NEXICON®   Preparatning savdo nomi: Geksikon® Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): xlorgeksidin Dori shakli: qin shamchalari Tarkibi: Bir shamcha saqlaydi: faol modda: xlorgeksidin biglyukonati – 16 mg (xlorgeksidin biglyukonati eritma sifatida ishlatiladi (20%li konsentrasiya)); yordamchi moddalar: shamchalar uchun asos – 3,10 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda – makrogol-1500 (polietilenoksid 1500) 92-98%, makrogol-400 (polietilenoksid 400) 8-2%. Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli shamchalar. Yuzasini marmarligiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik vosita. ATX kodi: G01AX   Farmakologik xususiyatlari Geksikon® – mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol: shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, hamda bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon® laktobasillalarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini saqlaydi (garchi biroz pasaygan bo‘lsada).   Farmakokinetikasi Qin ichiga qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.   Qo‘llanilishi Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar). Akusherlik-ginekologiyada infeksion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyasiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish. Bakterial vaginoz, kolpitlarni (shu jumladan nospesifik, aralash, trixomonad), infeksion genezli bachadon bo‘yni eroziyalarni davolash. Qo‘llash usuli va dozalari Qin ichiga. Qo‘llash oldidan shamcha kontur o‘ramdan ozod qilinadi. Davolash uchun: 1 shamchadan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida. Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalarni oldini olish uchun: 1 shamchadan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat bekor qilingandan keyin o‘tkinchi allergik reaksiyalar, qichishish bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Geksikon® anion guruhini (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) saqlovchi detergentlar va sovunlar bilan, agarda ular qin ichiga kiritilsa, to‘g‘ri kelmaydi. Tashqi jinsiy a‘zolarni tozalash Geksikon® qin shamchalarining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta‘sir qilmaydi, chunki preparat qin ichiga qo‘llanadi.   Chiqarilish shakli Geksikon® qin shamchalari, 1 yoki 5 shamcha kontur uyali o‘ramga joylanadi. Bir shamchali bir kontur uyali o‘ram ikki barmoqqa kiygizuvchisi bilan, bir yoki ikki 5 shamchali kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.   Yaroqlilik muddati 2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.   Saqlash sharoiti 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?