NOOTROSIN kapsulalar 400mg/25mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Asab tizimi uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
Sinnarizin, Pirasetam
Производитель:
Radiks, ЧНПП
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
N06BX03
Инструкция NOOTROSIN kapsulalar 400mg/25mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
NOOTROSIN kapsulalar 400mg/25mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA NOOTROSIN NOOTROCINUM Preparatning savdo nomi: Nootrosin Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Pirasetam va sinnarizin. Chiqarilish shakli: Qattiq jelatin kapsulalar 400/25 ml, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. Tarkibi: Faol moddalar: pirasetam – 400 mg va sinnarizin – 25 mg. Yordamchi moddalar: laktoza, kremniy dioksidi, kartoshka kraxmali, magniy stearati yoki kalsiy stearati. Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita. Farmakologik xususiyatlari Nootrosin – yaqqol gipoksiyaga qarshi va tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega, miyada qon aylanishini va miya metabolizmini yaxshilovchi ta‘sirga ega majmuaviy (pirasetam+sinnarizin) nootrop preparat. Pirasetam miyaning almashinuv jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatuvchi nootrop moddalar sinfiga kiradi. U miya to‘qimasida ATF konsentrasiyasini oshiradi, ribonuklein kislotasi va fosfalipidlarning biosintezini kuchaytiradi, glikolitik jarayonlar va glyukoza utilizasiyasini rag‘batlantiradi. Pirasetam bosh miyaning integrativ faoliyatini yaxshilaydi, xotiraning konsolidasiyasiga yordam beradi, serebral gipoksiyaning turli shakllarida himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, o‘rganish jarayonini yengillashtiradi. Pirasetam ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Organizmga yuborilganida turli a‘zolar va to‘qimalarga, shu jumladan miya to‘qimasiga ham kiradi. Metabolizmga deyarli uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi. U kam zaharli (hayvonlardagi o‘tkir tajribalarda vena ichiga yuborilganida o‘lim dozasi 10 g/kg dan ortiq). Pirasetam nevrologiya, psixiatriya va narkologiya amaliyotida qo‘llanadi. Nevrologiya amaliyotida pirasetam asosan bosh miyaning qon tomir kasalliklarida (ateroskleroz, gipertoniya kasalligi, tomirli parkinsonizm) qo‘llanadi, surunkali serebral tomir yetishmovchiligining ko‘rinishlari bilan birga kechuvchi xotira, diqqat, nutq buzilishlari, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i bilan ifodalangan; bosh miya jarohatlari va intoksikasiyalaridan keyingi miyada qon aylanishini buzilishlari va komatoz va subkomatoz holatlarda, hamda bu holatlardan keyingi tiklanish terapiyasi davrida, bemorlarning harakat va ruxiy faolligini oshirish maqsadida qo‘llanadi. Pirasetam shuningdek intellektual-mnestik faoliyatni susayishi va emosional-iroda sohasini buzilishlari bilan birga kechuvchi nerv tizimi kasalliklari bo‘lgan bolalarda qo‘llanadi. Psixiatriya amaliyotida pirasetam klinik ko‘rinishida adinamiya belgilari, astenik va senesto-ipoxondrik buzilishlari ustun bo‘lgan turli genezli nevrotik va astenoadinamik depressiv holatlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llanadi. Ideator tormozlanish, shuningdek shizofreniyadagi sustapatik nuqsonli holatlarni davolashda, turli etiologiyali psixoorganik sindromlarda, senil va atrofik jarayonlarda, «organik sifatsiz zamin»da kechuvchi ruhiy kasalliklarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Bundan tashqari, pirasetam antidepressantlarga rezistent bo‘lgan depressiv holatlarni davolashda yordamchi vosita sifatida, shuningdek neyroleptiklar va boshqa psixotrop vositalarni yomon o‘zlashtirilishida, ular chaqirgan somato-vegetativ, nevrologik va ruxiy asoratlarni bartaraf qilish yoki oldini olish maqsadida qo‘llanadi. Yordamchi vosita sifatida pirasetam tutqanoqda qo‘llanilishi mumkin. Narkologiya amaliyotida u alkogolizm va narkomaniyadagi abstinent, pre- va delirioz holatlarni yo‘q qilish vositasi sifatida, shuningdek alkogol, morfin, barbituratlar va fenamin va hokazolar bilan o‘tkir zaharlanish hollarida qo‘llanadi. Bundan tashqari, pirasetam ruxiy faoliyatning turg‘un buzilishlari ko‘rinishlari bilan bo‘lgan (asteniya, intellektual-mnestik buzilishlar va hokazolar) surunkali alkogolizmni davolashda qo‘llanadi. Sinnarizin miya, periferik va koronar qon aylanishini va mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, qonning oshgan qovushqoqligini kamaytiradi va to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, eritrositlarning deformasiyalanish xususiyatini oshiradi. U qon tomirlariga bevosita spazmolitik ta‘sir ham ko‘rsatadi, biogen tomirlarni toraytiruvchi moddalarga (adrenalin, noradrenalin) ularni reaksiyasini kamaytiradi, qon tomirlariga SO2 ta‘sirini potensiyalaydi. Tizimli arterial bosimga, yurak qisqarishlari soniga, yurak qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga sinnarizin deyarli ta‘sir qilmaydi. Sinnarizin o‘rtacha antigistamin faollikka ega, vestibulyar apparat qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi (nistagmni bostiradi). Sinnarizinning farmakologik xususiyatlari ko‘proq darajada uni membranalarning kalsiy kanallarini bloklash qobiliyati bilan bog‘liq. U kalsiy ionlarining xujayraga kirishini ingibirlaydi va plazmolemmalar deposida ularning miqdorini kamaytiradi. Sinnarizin yaxshi so‘riladi. Ichga qabul qilinganida qon plazmasida uning cho‘qqi konsentrasiyasi 1-3 soatdan so‘ng kuzatiladi; yarim chiqarilish davri taxminan 4 soat. U faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlarining uchdan biri siydik bilan, 2/3 qismi esa axlat bilan chiqariladi, Sinnarizin miya va periferik qon aylanishining buzilishlarida; vestibulyar buzilishlarda qo‘llanadi. Gistaminga qarshi faolligi bo‘lishiga qaramasdan, samaraliroq preparatlar bo‘lganligi uchun, maxsus gistaminga qarshi vosita sifatida ishlatilmaydi. Serebrovaskulyar vosita sifatida tomirlarning spazmi, ateroskleroz, o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari, insult bilan bog‘liq bo‘lgan miyada qon aylanishini buzilishlarida buyuriladi. Preparat serebroastenik ko‘rinishlarni, bosh og‘rig‘ini, quloqlardagi shovqinni kamaytiradi, umumiy holatni yaxshilaydi. Sinnarizin migrenda, Mener kasalligida buyuriladi. Sinnarizin shuningdek obliterirlovchi endarteritda, trombangiitda, Reyno kasalligida, almashinib turadigan cho‘loqlikda, akrosianozda va boshqa periferik qon aylanishining buzilishlarida, periferik qon tomirlar spazmini kamaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Pirasetam va sinnarizin qo‘shilganida ikkala komponent o‘zaro bir-birining ta‘sirini, zaharliligini oshirmasdan potensiyalaydi, chunki majmuaning zaharliligi alohida komponentlarning zaharligidan oshmaydi. Preparatni markaziy nerv tizimiga bo‘lgan ta‘sirida sedativ samarasi ustunlik qiladi. Preparatning terapevtik samarasi 1-6 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi. Qo‘llanishi Preparat quyidagilarda qo‘llanadi: kelib chiqishi turlicha bo‘lgan psixoorganik sindrom (shu jumladan miya tomirlarining o‘tkir va surunkali kasalliklari, miya jarohatlaridan keyin, nerv tizimining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida); bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, nistagm, ko‘ngil aynishi va qusish bilan birga kechuvchi labirintopatiya; Mener sindromi; kinetozlarni oldini olish; migrenni oldini olish va davolash; nim o‘tkir bosqichdagi va surunkali bosqichga o‘tish jarayonidagi miya infarkti; ensefalopatiya bilan kechuvchi surunkali gipertenziya; travmatik ensefalopatiya; psixogen kelib chiqishga ega bo‘lgan astenik sindrom (xavotirlik, emosional diskomfort, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xotira, diqqatni buzilishi, emosional labillik); intellektual rivojlanishini qoloqligi bo‘lgan bolalarni xotirasini va o‘rganish qobiliyatini yaxshilash uchun qo‘llanadi. Nootrosinni, ayniqsa shifokor pirasetam va sinnarizinni bir vaqtda buyurgan hollarda qo‘llash qulay – ikki kapsula o‘rniga faqat bitta qabul qilish kerak. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalarga kasallikning og‘irligiga qarab, preparat 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida buyuriladi. 5 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga kattalarning dozasini yarmi buyuriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Nootrosinni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas: jigar faoliyatini buzilishi; buyraklar faoliyatining buzilishi; parkinsonizm; homiladorlik; laktasiya; preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Nojo‘ya ta‘sirlari Dermatologik reaksiyalar: alohida hollarda – toshma, qichishish, fotosensibilizasiya. Bosh aylanishi, qaltirash, asabiylik, qo‘zg‘alish (shu jumladan yakka hollarda seksual), qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, uyquni buzilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari. Maxsus ko‘rsatmalar Nootrosin tarkibida sinnarizin bo‘lganligi sababli, preparat sportchilarda doping-sinama o‘tkazilganida musbat reaksiya chaqirishi mumkin. Pirasetam bilan monoterapiya bemorda zo‘riqish va uyqusizlik chaqirgan hollarda, Nootrosin tanlov preparatidir. Krotikal miokloniyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda davolashni keskin bekor qilishdan saqlanish kerak (xurujlarning qayta boshlanishini xavfi). Ruxiy buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishi ko‘proq xarakterli ekanligini ko‘zda tutish kerak. Koronar yetishmovchilikning zo‘rayishi ko‘proq og‘ir bemorlarda paydo bo‘ladi; bunday hollarda dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak. Avtomobilni haydash va texnika bilan ishlash imkoniyatiga ta‘siri Transport vositalarini boshqarishda va texnika bilan ishlashda, Nootrosinni terapevtik dozalarda qabul qilish mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saklansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Nootrosin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda sedativ preparatlar, uchsiklik antidepressantlar, nootrop va gipotenziv vositalar, hamda etanolning ta‘sirini kuchayishi mumkin. Bir vaqtda qo‘llanilganda vazodilatatorlar Nootrosinning ta‘sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa uni kamaytiradi. Keksa va qari yoshdagi pasientlarda Nootrosin antianginal preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Nitrogliseringa ehtiyojni kamaytiradi. Dozani oshirib yuborilishi Nootrosin dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Saqlash sharoiti Quruq , yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bilan. Ulashish: