GIPOVIN tabletkalari 300mg N6

Обновлено: 21.07.2022

GIPOVIN tabletkalari 300mg N6
  • Категория:

    Viruslarga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Xitoy

  • Активное вещество:

    Valasiklovir

  • Производитель:

    Livzon (Group) Pharmaceutical Factory

  • Количество в упаковке:

    6

  • Код ATX:

    J05AB11

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция GIPOVIN tabletkalari 300mg N6

  • Qadoqda soni

    6

  • Umumiy ma'lumot

    GIPOVIN tabletkalari 300mg N6 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA GIPOVIN® GIPOVIN   Preparatning savdo nomi: Gipovin Ta‘sir etuvchi modda (XPN): valasiklovir gidroxloridi Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 300 mg valasiklovir gidroxloridi; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, 95% li spirt, natriy karboksimetilkraxmal, magniy stearati, oq kukunsimon qoplama. Ta‘rifi: dumaloq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, yadrosi oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita. ATX kodi: J05AB11 Farmakologik xususiyatlari Valasiklovir gidroxloridi asiklovirning olddorisi bo‘lib hisoblanadi. Farmakodinamikasi Ushbu dori preparati asiklovirning olddorisi bo‘lib, u peroral qo‘llanilgandan keyin tez so‘riladi va asiklovirga aylanib, viruslarga qarshi faollik namoyon qiladi. Gerpesga qarshi tanlab ta‘sir ko‘rsatish faolligi Herpex simplex va Varicella zoster virusining timidinkinazasiga (TK) yaqinligi bilan bog‘liq. Virus timidinkinazasi ta‘siri ostida nukleotid analogi bo‘lgan asiklovirmonofosfatga aylanadi. Keyinchalik monofosfat odam xujayrasidagi guanilatkinaza ta‘siri ostida difosfatga va hujayralardagi ko‘pgina fermentlari ta‘siri ostida trifosfatga aylanadi. Biokimyoviy sinamalarda asiklovir trifosfati gerpes virusi DNK ni takroran replikasiyasini 3 usul bilan bloklaydi: 1) virus DNK-polimerazasini raqobatli ingibisiya qilish hisobiga 2) virus DNK zanjiriga kirish va o‘sishini tormozlash hisobiga 3) virus DNK-polimerazasini faolsizlanishi hisobiga. Asiklovirning VZV ga nisbatan HSV ga yuqori viruslarga qarshi faolligi virus TK ni samaraliroq fosforlanishi tufayli yuz beradi. Valasiklovirning in vivo sharoitdagi viruslarga qarshi faolligi 1- va 2-tip Herpes simplex ga nisbatan asiklovirning viruslarga qarshi faolligidan sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Valasiklovir bilan davolash ko‘rsatkichi 42,91% dan yuqorini va asiklovir bilan esa – 30,13% ni tashkil qiladi. Preparat o‘rab oluvchi gerpes virusiga nisbatan samarali. Farmakokinetikasi Peroral qabul qilingandan keyin valasiklovir gidroxloridi me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va deyarli to‘liq asiklovirga aylanadi. Plazmadagi maksimal cho‘qqiga erishish vaqti 0,88 ~ 1,75 soatni tashkil qiladi. Peroral biokiraolishligi 67 ± 13% ni tashkil qiladi, bu asiklovirga nisbatan 3-5 marta kam. Preparat qabul qilingandan keyin me‘dada, ichgichka ichakda, buyraklarda, jigarda, limfatik tugunlarda va terida eng yuqori konsentrasiya va bosh miya to‘qimasida eng past konsentrasiya bilan organizm to‘qimalarida keng taqsimlanadi. Preparat to‘liq asiklovirga aylanadi, organizmdan uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi, bunda asiklovir 46% -59%, 8 – gidroksi-9 – 25% ~ 30%, 9 – gidroksi metoksi-guanin 11%-12% ni tashkil qiladi. Asiklovirning prototipi – bir fazali chiqarilishga ega preparatdir, qondan yarim chiqarilish davri (t1/ 2β) 2,86 ±0,39 soatni tashkil qiladi. Qo‘llanilishi Varicella Zoster chaqirgan o‘rab oluvchi gerpes va suvchechak; Herpes Simplex (1 va 2 tur) chaqirgan birlamchi ham, ikkilamchi ham teri va shilliq qavatlarning infeksiyalari, shu jumladan genital gerpesda qo‘llanadi. Preparatni qo‘llash qancha ertaroq boshlansa, davolash samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Qo‘llash usuli va dozalari Bir tabletkadan (300 mg) kuniga ikki marta ovqatdan oldin peroral qabul qilinadi. O‘rab oluvchi gerpesni davolaganda davolash davomiyligi – 10 kun. Genital gerpesni davolaganda davolash davomiyligi – 7 kun. Nojo‘ya ta‘sirlari Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, bo‘g‘imlarda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, ishtahani yo‘qolishi, chanqoqlik, proteinuriya va qondagi mochevinada azot darajasini biroz oshishi, ayrim hollarda teri qichishishi, husnbuzar toshma, uyqusizlik, ayrim hollarda uzoq vaqt qo‘llaganda hayz siklini buzilishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Valasiklovir yoki asiklovirga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Nefrotoksik preparatlar (masalan Zidovudin) bilan bir vaqtda qabul qilinganda buyrak funksiyasini buzilishi xavfi oshadi. Probenesid bilan bir vaqtda qo‘llaganda asiklovirning o‘rtacha yarim chiqarilish davri oshadi va klirensi pasayadi. Maxsus ko‘rsatmalar Gansiklovirga allergiyasi bo‘lgan pasientlarda ham valasiklovir gidroxloridiga allergiya namoyon bo‘lishi mumkin. Organizm suvsizlanganda yoki jigar va buyrak disfunksiyasida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga kreatinin klirensiga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak. Immuntanqisligi kuchli namoyon bo‘lgan pasientlarni valasiklovir bilan uzoq vaqt yoki takroran davolash gerpes va o‘rab oluvchi gerpes virusining preparatga chidamliligini chaqirishi mumkin. Agar preparatni qo‘llagandan keyin shikastlanish joylarida yaxshilanish kuzatilmasa, gerpesni ushbu preparatga sezgirligini tekshirish kerak. Bachadon bo‘yni raki bo‘lgan pasientlar genital gerpesga moyilroq bo‘lganliklari tufayli, kasallikni erta aniqlash uchun ular bir yilda kamida bir marta ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida suyuqlikni yetarli miqdorda iste‘mol qilish kerak. Gemodializ asiklovirning plazmadagi konsentrasiyasini 60% gacha kamaytirishi mumkin, shuning uchun gemodializdan keyin pasientga qo‘shimcha doza buyurilishi kerak. Genital gerpesda takroriy qisqa kurslar bilan davolash samarali hisoblanadi. Davolash uzoq muddatli bo‘lmasligi kerak, 6 oydan oshmasligi kerak. Gerpesning latent virusi infeksiyasini davolashda preparat samarasiz, chunki virusni to‘liq bartaraf etmaydi. Homiladorlik va laktasiya davri Valasiklovir gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak sutida to‘planadi. Shuning uchun preparatni homiladorlik davrida faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Emizish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan va faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash kerak. Bolalar Preparatni bolalarda qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Keksa pasientlar Valasiklovir gidroxloridining yarim chiqarilish davrini uzayishi mumkinligi tufayli, keksa yoshdagi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Dori vositasining avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Xabar berilmagan. Chiqarilish shakli 6 tabletkadan kontur uyali o‘ramda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan markirovkalangan karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 10-30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?