IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yurak-qon tomir vositalari
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Meldoniy
Производитель:
ФармФирма "Сотекс",ЗАО
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
C01ЕВ
Инструкция IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
IDRINOL 0,1/ML eritma 5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA IDRINOL IDRINOL Preparatning savdo nomi: IDRINOL Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy Dori shakli: vena ichiga, mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma Tarkibi: Bir ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: adsorbsiyalangan namsiz meldoniy digidrati – 500 mg (suvsiz meldoniyga qayta hisoblaganda – 401,5 mg); yordachsi modda: in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: tiniq rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vositalar. ATX kodi: S01YeV Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Meldoniy – odam organizmining har bir hujayrasida mavjud bo‘lgan gamma- buterobetainning struktur analogi. Meldoniy gamma-buterobetaingidroksigenazani susaytiradi, karnitinning sintezini va hujayralarning qobig‘i orqali uzun zanjirli yog‘ kislotalarini tashilishini pasaytiradi, hujayralarda oksidlanmagan yog‘ kislotalarining faollashgan shakllarini – asilkarnitin hosilalari va asilkoenzim A ning to‘planishiga to‘sqinlik qiladi. Ishemiya sharoitlarida hujayralarga kislorodni yetkazilishi jarayonlarining muvozanatini va uning iste‘mol qilinishini tiklaydi, adenozintrifosfat kislotasi (ATF) ni tashilishini izdan chiqishini oldini oladi. Shu bilan bir vaqtda glikolizni faollashtiradi, u kislorodni qo‘shimcha sarf etilishisiz ro‘y beradi. Karnitinning konsentrasiyasini pasayishi natijasida, qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan gamma-buterobetain jadal sintezlanadi. Ta‘sir mexanizmi uning farmakologik samaralarining ko‘p tomonlama ekanligini belgilaydi: ish qobiliyatini oshishi, aqliy va jismoniy zo‘riqish simptomlarini kamayishi, to‘qima va gumoral immunitetni faollashishi, kardioprotektor ta‘siri. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida nekroz zonasini hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, reabilitasion davrni qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini yaxshilaydi, jismoniy yuklamaga tolerantlikni oshiradi, stenokardiya xurujlari sonini pasaytiradi. Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida, ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi. Ko‘z tubining qon tomirlari patologiyasida samarador. Surunkali alkogolizmi bo‘lgan bemorlarda abstinensiya davrida nerv tizimining funksional buzilishlarini bartaraf qiladi. Farmakokinetikasi Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga yuborilganidan keyin o‘sha zahoti erishiladi. Organizmda ikkita asosiy metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, ular buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi. Qo‘llanishi yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti) kompleks davolash tarkibida, surunkali yurak yetishmovchiligi, disgormonal kardiomiopatiya; bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishini (ishemik insult) majmuaviy davolash tarkibida; ish qobiliyatini pasayishi, jismoniy zo‘riqish (shu jumladan sportchilardagi); surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromi (maxsus davolash bilan majmuada); gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishi, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik) da qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat qo‘zg‘atuvchi samarasi rivojlanishi mumkinligi tufayli, preparatni kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi. IDRINOL vena ichiga (v/i), mushak ichiga (m/i) va parabulbar qo‘llaniladi. Yuborish yo‘li, dozasi va davolash kursining davomiyligi ko‘rsatmalar, og‘ir holatlar va xokazolarga qarab, individual ravishda belgilanadi. Yurak-qon tomir kasalliklari Kompleks davolash tarkibida – yurak ishemik kasalligida (miokard infarktida) kuniga 500-1000 mg dan v/i oqim bilan bir vaqtning o‘zida yoki uni ikki marta yuborishga bo‘lib yuboriladi; – yurakning ishemik kasalligi (barqaror stenokardiya); surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiyalarda sutkada 500-1000 mg dan v/i oqim bilan birvarakayiga yoki uni ikki yuborishga bo‘lib yuboriladi, yoki sutkada 1-2 marta 500 mg dan m/i, davolash kursi, keyinchalik meldoniyni ichga qabul qilishga o‘tishi bilan 10-14 kunni tashkil etadi. Maksimal davolash kursi 4-6 xaftani tashkil etadi. Bosh miyada qon aylanishini buzilishlari Bosh miyada qon aylanishi buzilishini o‘tkir bosqichda 10 kun davomida sutkada 500 mg dan 1 marta v/i ga majmuaviy davolash tarkibida, keyinchalik meldoniyni ichga qabul qilishga o‘tishi bilan 500-1000 mg dan qabul qilinadi. Maksimal davolash kursi 4-6 xaftani tashkil qiladi. Bosh miyada qon aylanishini surunkali yetishmovchiligida (dissirkulyator ensefalopatiya) 10 kun davomida sutkada 1 marta 500 mg dan m/i yoki v/i, keyin 500 mg dan meldoninyni ichga qabul qilishga o‘tish bilan qo‘llanadi. Maksimal davolash kursi 4-6 xaftani tashkil qiladi. Oftalmopatologiya (gemoftalm va ko‘zning to‘r pardasiga turli etiologiyali qon quyilishlari, to‘r pardaning markaziy venasi va uning shoxlarining trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalar (diabetik, gipertonik)) Preparat 10 kun davomida 50 mg dan (0,5 ml vena ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma 100 mg/ml) parabulbar, shu jumladan kompleks davolash tarkibida ham yuboriladi. Aqliy va jismoniy yuklamalar Sutkada 1 marta 500 mg dan m/i va v/i yuboriladi. Davolash kursi – 10-14 kunni tashkil etadi. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 xaftadan keyin takrorlanadi. Surunkali alkogolizm Sutkada 2 marta 500 mg dan m/i va v/i. Davolash kursi – 7-10 kunni tashkil qiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – psixomotor qo‘zg‘alish. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik buzilishlar. Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishi, toshma, teri qoplamalarining giperemiyasi, angionevrotik shish; juda kam hollarda – eozinofiliya. Boshqalar: juda kam hollarda – umumiy holsizlik. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; bosh miya ichki qon bosimini oshishi (venoz oqib chiqishni buzilishi va bosh miya ichki o‘smalardagi); 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. Yurak glikozidlarining ta‘sirini kuchaytiradi. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitrogliserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar IDRINOL o‘tkir koronar sindromida birinchi qator preparati bo‘lib hisoblanmaydi. Xomiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikda preparatni qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga mumkin bo‘lgan noxush ta‘sirdan saqlanish uchun homiladorlikda preparatni buyurish mumkin emas. Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma‘lum. IDRINOL preparatini laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak. Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta‘siri IDRINOL preparatining psixomotor reaksiyalar tezligiga noxush ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi va umumiy xolsizlik bilan birga kechuvchi arterial bosimni pasayishi. Davolash: simptomatik. Chiqarilish shakli Vena ichiga, mushak ichiga va parabulbar yuborish uchun eritma 100 mg/ml. 5 ml dan rangli sindirisht xalqasi yoki rangli nuqtasi va o‘yiqcha va/yoki qo‘shimcha rangli ajratuvchi xalqasi yoki boshqa kodi bo‘lgan rangsiz shisha ampulalarda. 5ampuladan polivitnilxlorid plyonkali va alyumin folgali yoki polimer plyonkali, yoki folgasiz va plyonkasiz kontur uyali o‘ramda 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida Saqlash sharoiti 25˚S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda. Muzlatilmasin. . Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: