INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Immunomodulyatorlar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Interferon alfa2b
Производитель:
Гос. НИИ ОЧБ ФМБА ФГУП, произведено Алтайвитамины, ЗАО
Количество в упаковке:
1
Код ATX:
L03AB05
Инструкция INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1
Qadoqda soni
1
Umumiy ma'lumot
INTERFERAL aerozol 10ml 100000me N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA INTERFERAL® INTERFERAL® Preparatning savdo nomi: Interferal® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): interferon alfa-2b Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun aerozol Tarkibi: Preparatning bir balloni (10 ml) quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100000 XB odam rekombinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: natriy gidrofosfat dodekagidrati – 0,018 g, natriy digidrofosfat digidrati – 0,013 g, natriy xloridi – 0,08 g, dinatriy edetati – 0,0067 g, dekstran (o‘rtacha molekulyar massasi 50000-70000) – 0,00017 g, polisorbat-80 – 0,0005 g, alfa-tokoferol asetati – 0,00005 g, benzalkoniy xloridi – 0,0001 g, benzoy kislotasi – 0,005 g, 95% li etanol – 0,05 ml, tozalangan suv – 9,81 ml, propellent azot – 0,1 dan 0,2 g gacha. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyasiya qiluvchi vosita ATX kodi: L03AB05 Farmakologik xususiyatlari Interferal® preparatining faol moddasi genetik apparatiga odam leykositar interferon alfa-2b geni kiritilgan Escherichia coli BL 21 (DE3) [pAYC-ET-(hIFN-α2b)-1fcI] shtammlaridan sintezlangan odam rekombinant interferon alfa-2b dan iborat. Barcha interferonlar kabi Interferal® viruslarga qarshi, o‘smalarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi faollikka ega. Respirator yo‘llarining shilliq qavatlari orqali tizimli qon aylanishiga kiradi, organizmda parchalanadi, qisman o‘zgarmagan ko‘rinishda, asosan buyraklar orqali chiqariladi. Virusli infeksiyalarni davolash uchun mahalliy qo‘llash yalig‘lanish o‘chog‘ida interferonning yuqori konsentrasiyasini ta‘minlaydi. Farmakokinetikasi Ma‘lumotlar yo‘q. Qo‘llanilishi Interferal® kattalarda gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli kasalliklarni (O‘RVK) oldini olish va davolashda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ballonni qo‘llashdan oldin himoya qalpoqchasi yechiladi, purkovchi uchlik taqiladi, erkin uchini umumiy burun yo‘llariga navbatma-navbat kiritiladi va purkovchi uchlik qisqa (1 sekunddan kamroq) bosiladi, bunda preparatning bir martalik dozasi taxminan 2000-3000 XB ni tashkil etadi. Gripp va O‘RVK ni davolash uchun Interferal® mahalliy qo‘llash uchun aerozol 100000 XB preparati kasallikning birinchi ikki kuni kuniga 7 marta, har 2 soatda (sutkalik doza – 20000 XB gacha), so‘ngra kuniga 3 marta (sutkalik dozasi – 10000 XB gacha) besh kun davomida yuboriladi. Kasallik simptomlari 5 kundan ortiq saqlanib qolgan hollarda shifokor bilan maslahatlashish kerak. Interferonoterapiya an‘anaviy simptomatik davolash fonida olib boriladi. O‘RVK va grippni oldini olish maqsadidi: bemor bilan kontaktda bo‘lganda va sovuq qotganda preparat bir martalik dozada kuniga 2 marta 5-7 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida profilaktik kurslar takrorlanadi: kasallikni mavsumiy ko‘payishida preparat har 1-2 kunda ertalab yuboriladi. Har bir yuborilgandan keyin preparatni burun bo‘shlig‘ida teng taqsimlanishi uchun bir necha minut davomida burun qanotlarini barmoq bilan uqalash tavsiya etiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Mahalliy allergik reaksiyalar – yengil achishish, burunda qichishish, aksirish bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqda shifokorga xabar bering. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, allergik kasalliklarning og‘ir shakllari, autoimmun kasalliklar, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Intranazal qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (burun shilliq qavatini qo‘shimcha qurishiga olib keladi). Maxsus ko‘rsatmalar Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Interferal® ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi xolatlari qayd etilmagan. Chiqarilish shakli Mahalliy qo‘llash uchun aerozol, 100000 XB (10 ml) uzluksiz ta‘sirli klapanli himoya polimer qoplamli, purkagichli va himoya qalpoqchali alyumin yoki shisha aerozol ballonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti Preparat 2 dan 8oS gacha haroratda saqlanadi va tashiladi. Ballon ochilmasin, ichidagisi bosim ostida joylashgan. Tushib ketish, zarb va bevosita quyosh nurlaridan saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: