DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml

Обновлено: 21.07.2022

DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Gollandiya / Rossiya

  • Активное вещество:

    laktuloza 

  • Производитель:

    Эбботт Биолоджикалз Б.В./Верофарм АО

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    A06AD11

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml

  • Umumiy ma'lumot

    DYUFALAK sirop 500ml 0,667/ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DYUFALAK® DUPHALAC® Qayd etish raqami:  B-250-95 №24597 Preparatning savdo nomi:  Dyufalak® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza Dori  shakli: sirop Tarkibi: 1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol modda: laktuloza 667 mg; yordamchi moddalar: tozalangan suv 1 ml gacha Ta‘rifi: rangsizdan jigarrang tusli, och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq qovushqoq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: osmotik surgi vositasi ATX kodi: A06AD11.   Farmakologik xususiyatlari Yo‘g‘on ichak florasining ta‘siri ostida, laktuloza quyi molekulyar organik kislotalargacha parchalanadi. Kislotalar yo‘g‘on ichakda rNni kamaytirishga yordam beradi va osmotik ta‘siri ostida ichak ichidagisining xajmini oshishiga olib keladi. Bu yo‘g‘on ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi va axlat massasining konsistensiyasini me‘yorlashtiradi, bu qabziyatni bartaraf etish va yo‘g‘on ichakning fiziologak ritmini tiklashga yordam beradi. Jigar ensefalopatiyasida (JE) laktulozani ta‘siri asidofil bakteriyalarning (masalan laktobakteriyalar) miqdorini oshishi, yo‘g‘on ichak tarkibining nordonlashuvi hisobiga ammiakni ion shaklga transformasiyasi, past rN va osmotik samara tufayli yo‘g‘on ichakni bo‘shashi, shuningdek oqsil sintezi uchun bakteriyalar tomonidan ishlatilishi kuchayishi yo‘li bilan azotli birikmalarning bakterial metabolizmini o‘zgarishi natijasida proteoltitik bakteriyalarning o‘sishining bostirilishi bilan izohlanadi. Ayni paytda jigar ensefalopatiyasining barcha psixonevrologik simtomlari faqat giperammoniemiya natijasida yuz bermasligini tushunish juda muhimdir. Biroq ammiak boshqa azotli moddalarni shakllanishi uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi. Laktuloza, prebiotik vositasi kabi, organizm uchun foydali bo‘lgan bifido va laktobakteriyalarni o‘sishiga yordam beradi,  ayni paytda klostridiy va ichak tayoqchasi kabi potensial patogen bakteriyalarning o‘sishi esa bostirilishi mumkin. Bu ichak florasining yanada yaxshi muvozanati shakllanishiga yordam beradi. Farmakokinetikasi Laktuloza ichga qabul qilingandan keyin yomon so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarmagan holda tushadi, bu yerda ichak florasi tomonidan metabolizmga uchraydi. 25-50 g yoki 40-75 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi; yuqoriroq dozalarda qisman o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin. Qo‘llanilishi Qabziyat: yo‘g‘on ichakni bo‘shalishini fiziologik ritmini boshqarish; Ahlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish (gemorroy, yo‘g‘on ichakda va anal yorig‘i sohasidagi operasiyalardan keyingi holatlar); Jigar ensefalopatiyasi: jigar komasi yoki prekomasini davolash va oldini olish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Laktuloza eritmasini suyultirilgan holda ham, suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin. Dozalash pasientning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi. Qabul qilingan bir martalik dozani og‘izda tutib turmasdan, darhol yutish kerak. Kuniga bir dozani qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, uni aynan bir vaqtda, masalan nonushta vaqtida qabul qilish kerak. Surgi vositalari bilan davolanish vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1,5-2 litr, bu 6-8 stakanga to‘g‘ri keladi) qabul qilish tavsiya etiladi. Flakondagi preparatni dozalash uchun o‘lchov stakani ishlatilishi mumkin. 15 ml dan paketchadagi preparatni ishlatish uchun, paketcha chetini olib tashlash lozim va ichidagisini darhol qabul qilish kerak. Qabziyatni davolashda va axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish  uchun dozalash: Laktulozani sutkalik dozasini bir marta o‘lchov stakanchadan foydalanib yoki ikkiga bo‘lib qo‘llash mumkin. Bir necha kundan so‘ng boshlang‘ich doza davolanishga bo‘lgan javobga qarab, bir maromda tushlab turuvchi dozagacha to‘g‘rilash mumkin. Ba‘zida davolash samarasi namoyon bo‘lishi uchun uchun bir necha kun (2-3 kun) kerak bo‘lishi mumkin. Pasientning yoshi             Boshlang‘ich sutkalik doza   Bir maromda ushlab turuvchi doza Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar                 15-45 ml (1-3 paketchalar)    15-30 ml (1-2 paketchalar) 7-14 yoshli bolalar             15 ml  (1 paketcha)                 10-15 ml (1 paketcha) 1-6 yoshli bolalar               5-10 ml                                  5-10 ml 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar   5 ml gacha                               5 ml gacha Agar bir maromda ushlab turuvchi doza 15 ml dan kam bo‘lsa, flakondagi preparatni ishlatish lozim. Chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni aniq dozalash uchun flakondagi preparatni ishlatish lozim. Jigar komasi va prekomasini davolashda dozalash (faqat kattalarda): Ichga qabul qilish uchun: Boshlang‘ich doza: 20-30 g yoki 30-45 ml (2-3 paketcha) dan kuniga 3-4 marta buyuriladi. So‘ngra shaxsiy tanlangan bir maromda ushlab turuvchi dozaga shunday o‘tiladiki, bunda yumshoq ich kelishi maksimal kuniga 2-3 marta bo‘lishi kerak. Rektal yuborish uchun: Shoshilinch holatlarda (komaning rivojlanishi xavfi yoki koma) Dyufalak® tutib turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak/700 ml suv). Huqna 30-60 minut davomida ushlab turiladi, muolaja dori vositasi ichga yuborilishi mumkin bo‘lmagan holatgacha har 4-6 soatda takrorlanadi. Bolalarda qo‘llanilishi Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan bolalarda (0-18 yosh) preparatning xavfisizligi va samarasi aniqlanmagan. Ma‘lumotlar yo‘q. Keksa yoshli pasientlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi. Dozalash bo‘yicha biron-bir maxsus tavsiyalar mavjud emas, chunki laktulozaning tizimli ta‘siri ahamiyatsiz hisobalandi. Nojo‘ya ta‘sirlari Laktulozani qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm bo‘lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o‘tib ketadi. Tavsiya etilgan dozalar oshirilganda, qorin sohasida og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin, bu dozani kamaytirishni talab qiladi. Yuqori  dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llash hollarida (odatda jigar ensefalopatiyasini davolashda), pasientlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.   Nohush samaralarning umumiy ro‘yhati Klinik tadqiqotlarda plasebo-nazorat o‘tkazish jarayonida laktuloza bilan davolashni qabul qilayotgan pasientlarda ko‘rsatilgan tez-tezlikda quyidagi nojo‘ya samaralar xaqida xabar berilgan: [juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas ( ≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000)]. A‘zo tizimlarining sinfi (MedDRA  faoliyatining normativ-xuquqi uchun tibbiy lug‘ati) Tez-tezligi   Juda tez-tez Tez-tez Tez-tez  emas Kam hollarda MIY tomonidan buzilishlar Diareya Meteorizm, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish.     Laborator va asboblar tadqiqotlarining natijajalariga ta‘siri     Diareya oqi-batidagi elektrolit muvozanatini buzilishi   Bolalar Preparatni bolalarda qo‘llanganida kattalardagi kabi xavfsizlikning o‘xshash profili kuzatiladi.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning har qanday faol komponentiga yoki faol bo‘lmagan komponentlariga yuqori sezuvchanlik. galaktozemiya, ichak tutilishi, ichakperforasiyasi yoki ichak perforasiyasining xavfida qo‘llash mumkin emas.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Darhol shifokorga murojaat qilish lozim, agar: davolashni boshlashdan oldin, qorinda sababsiz bo‘lgan og‘riqlar bo‘lsa; preparatni qabul qilgandan keyin, bir necha kun davomida terapevtik samara yetarli bo‘lmasa. Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Odatda qabziyatni davolash uchun qo‘llaniladigan dozani, qandli diabeti bilan kasallangan pasientlarda to‘g‘rilash talab etilmaydi. Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda odatda preparatning yuqori dozalari buyuriladi, bu qandli diabeti bo‘lgan pasientlar uchun hisobga olinishi lozim. Dozani tanlamasdan preparatni uzoq muddat va noto‘g‘ri qabul qilish diareya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Dyufalak® laktoza, galaktoza va fruktozaning juda oz miqdorini  saqlashini hisobga olish lozim, shuning uchun galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ushbu dori preparatini buyurish mumkin emas. Tutib turuvchi xuqna holida yuborilganida, kuchli tozalash samarasi tufayli, axlatni tutib turolmaslik, ixtiyorsiz ich kelishi, to‘shaklarni ifloslanishi, shuningdek nordon axlat tufayli perianal sohani shikastlanishi kuzatiladi. Pasientni suyuqlik yo‘qotishining o‘rnini to‘ldirilishini e‘tiborlik bilan kuzatib turish lozim. Bolalarda qo‘llanilishi Bolalarni davolashda surgi vositalari istisno hollarda va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim. Davolanish vaqtida bo‘shalish refleksini buzilishlari ro‘y berishi mumkinligini hisobga olish dozim. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Homilaga yoki emizikli bolaga ta‘siri taxmin qilinmaydi, chunki homilador yoki emizikli ayolga laktulozaning tizimli ta‘siri juda kam. Dyufalak® ni homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin. Fertillik Fertillikka preparatning qandaydir ta‘sirining ehtimoli yo‘q, chunki laktulozaning tizimli ta‘siri ahamiyatsizdir. Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Dyufalak®preparatini qo‘llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki juda oz ta‘sir qiladi. . Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilinganida qorinda og‘riq va diareya ro‘y berishi mumkin. Davolash: dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, diareya yoki qusish oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash kerak. Chiqarilish shakli 667 mg/ml sirop. 200 ml, 500 ml yoki 1000 ml dan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen, birinchi marta ochish nazoratiga ega, buraladigan polipropilen qopqoqli flakonlarda. Qopqoq ustiga o‘lchov stakanchasi bo‘lib xizmat qiluvchi plastik qopqoqcha (polipropilendan) kiydiriladi. Flakonga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlagan yorliq yopishtiriladi. 15 ml dan bir martalik polietilen va alyuminiy folga paketchalarda. 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.   Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?