ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
Germaniya
Активное вещество:
Simetikon
Производитель:
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Количество в упаковке:
25
Код ATX:
А03АХ13
Инструкция ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Qadoqda soni
25
Umumiy ma'lumot
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT ESPUMIZAN® KAPSULALAR yumshoq kapsulalar, 40 mg Simetikon Preparatni qabul qilishdan oldin ilova-varaqaning xammasini diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi. Ushbu preparatni berilgan ilova-varaqada bayon etilgan ko‘rsatmalarga qat‘iy rioya qilgan holda, yoki davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni yana o‘qib chiqish kerak bo‘lib qolishi mumkin. Agarda Sizda savol tug‘ilsa yoki Sizga qo‘shimcha ma‘lumot kerak bo‘lsa, dorixona xodimiga murojaat qiling. Har-qanday nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlari – shu jumladan, ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmaganlariga ham tegishlidir. 4-bo‘limga qarang. Agar yaxshilanish bo‘lmasa yoki ahvolingiz yomonlashsa shifokorga murojaat qiling Ushbu ilova-varaqaning mazmuni: Espumizan® kapsulalari preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak Espumizan® kapsulalari preparatini qanday qabul qilish kerak Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari Espumizan® kapsulalarini qanday saqlash kerak O‘ram tarkibi va boshqa ma‘lumotlar ESPUMIZAN® KAPSULALARI O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI Espumizan® kapsulalari preparatida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni bartaraf qiluvchi va diagnostik tekshiruvlar uchun yordamchi vosita bo‘lgan ta‘sir qiluvchi modda simetikon saqlanadi. Ta‘sir qiluvchi modda – simetikon – ovqat bo‘tqasida va ovqat xazm qilish yo‘llari shilliqda bo‘lgan gaz pufaklarini parchalanishiga olib keladi. Bunda ajralib chiqqan gazlar keyin ichak devoridan so‘rilishi va ichak peristaltikasi ta‘siri ostida chiqarilishi mumkin. Qo‘llash sohasi Ko‘p gaz hosil bo‘lishi, masalan qorinni dam bo‘lishi (meteorizm), yoki gazlarni ko‘p to‘planishi, to‘lib ketish hissi bilan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar bo‘lganida simptomatik davolash uchun Qorin bo‘shlig‘i sohasida masalan, rentgenografiya tekshirish va sonografiya (UTT) kabi diagnostik tekshirishlarga tayyorlash uchun. Espumizan® kapsulalari preparati 6 yoshdan katta bolalar, o‘smirlar va kattalarni davolash uchun qo‘llaniladi. Ko‘p gaz hosil bo‘lishini oshishi bilan bog‘liq shikoyatlar, me‘da-ichak tomonidan funksional buzilishlarning belgisi bo‘lishi mumkin va bosim va to‘lish hissi, barvaqt to‘yish hissi, kekirish, qorinda quldirash, qorinni dam bo‘lishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Agar Siz o‘zingizni yaxshiroq his qilmasangiz yoki yomonlashishni his qilsangiz, davolovchi shifokorga murojaat qiling. Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak Espumizan® kapsulalarini quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas: Agarda Sizda simetikonga, sariq “quyosh botishi” FCF (Ye 110), metilparagidroksibenzoat (Ye218) yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa: Ogohlantirish va ehtiyotkorlik choralari Espumizan® kapsulalari preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Korin bo‘shlig‘idan shikoyatlar paydo bo‘lganida yoki davomli xarakterga ega bo‘lganida, Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. U shikoyatlarning sababini va davolashni talab etuvchi kasallik borligini aniqlashi mumkin. Espumizan® kapsulalari preparati va boshqa dori preparatlarini qabul qilish Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas. Homiladorlik va emizish davri Simetikonning ta‘sir mexanizmi va me‘da-ichak yo‘llaridan organizmga kam so‘rilishi tufayli homiladorlik davridagi va emizish davrida preparatni qo‘llash chaqirgan salbiy ta‘sirlardan xavotirlanmaslik mumkin. Espumizan® kapsulalarini homiladorlar qo‘llash bo‘yicha klinik ma‘lumotlar mavjud emas. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri. Espumizan® kapsulalari transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Espumizan® kapsulalarini qanday qabul qilish kerak Ushbu preparatni qat‘iy ushbu ilova-varaqada bayon qilingan yo‘riqnoma bo‘yicha yoki shifokor yoki dorixona xodimi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Agar ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Dozalash: Tavsiya etiladigan doza: Ko‘p gaz hosil bo‘lishi, masalan qorinni dam bo‘lishi (meteorizm) yoki gazlarni ko‘p to‘planishi, to‘lish hissi chaqirgan me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar bo‘lganida davolash uchun: Yoshi Dozasi Qabullar soni 6 yoshdan oshgan bolalar, o‘smirlar va kattalar 2 kapsula (80 mg simetikonga mos keladi) Sutkada 3 martadan 4 martagacha Qorin bo‘shlig‘i sohasida masalan, rentgenografiya tekshirish va sonografiya (UTT) kabi diagnostik tekshirishlarga tayyorlash uchun. Tekshirish o‘tkazilishidan 1 sutka oldin Tekshirish o‘tkaziladigan kun ertalab 2 kapsuladan sutkada 3 marta (umumiy doza 240 mg simetikonga mos keladi) 2 kapsula (80 mg simetikonga mos keladi) Bolalarda qo‘llanilishi Chaqaloqlar va 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Sotuvda boshqa dori shakllari mavjud. Qo‘llash usullari Espumizan® kapsulalarini ovqat vaqtida va ovqatdan keyin qabul qiling, shuningdek agarda zarurati bo‘lsa uyqudan oldin qabul qiling. Izoh: Espumizan® kapsulalarini jarrohlik muolajalaridan keyin ham qabul qilish mumkin. Espumizan® kapsulalarini shikoyatlar bartaraf qilingunicha qabul qiling. Zarurati bo‘lganida Espumizan® kapsulalarini uzoqroq vaqt davomida qo‘llash mumkin. Shuningdek 2-bo‘lim“Ogohlantirish va alohida ehtiyotkorlik choralari” ni o‘qing. Agarda Sizga Espumizan® kapsulalari bilan davolash samarasi juda kuchli yoki juda kuchsiz bo‘lib tuyulsa, shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Agarda Siz Espumizan® kapsulalari preparatini keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz Espumizan® kapsulalari preparatining dozasi oshirib yuborilganda amalda zaharlanish mumkin emas. Xatto Espumizan® kapsulalarining katta miqdori ham muammolar paydo bo‘lishsiz o‘zlashtiriladi. Espumizan® kapsulalari preparatining ta‘sir qiluvchi moddasi simetikon me‘da-ichak yo‘llaridagi ko‘piklarni faqat fizik yo‘l bilan buzadi. Ichak orqali o‘tganda simetikon organizmdan so‘rilmaydi va kimyoviy yoki biologik o‘zgarishlarga uchramaydi. Agarda Siz Espumizan® kapsulalarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz O‘tkazib yuborilgan dozani har qanday vaqtda qabul qilish mumkin Agar Sizda mahsulotni ishlatish bo‘yicha navbatdagi savol paydo bo‘lsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari Hozirgi vaqtgacha Espumizan® kapsulalarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmagan. Sariq “quyosh botishi” (E110) allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Metilparagidroksibenzoati (Ye218) yuqori sezuvchanlik, shu jumladan sekin ta‘sirli reaksiyalarni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabarlar Qanday bo‘lmasin nojo‘ya ta‘sirlari paydo bo‘lganda shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya ta‘sirlariga – shu jumladan, ushbu ilova-varaqada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralariga ham tegishlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlari xaqida bevosita O‘zbekistondagi “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining vakolatxonasiga, Toshkent sh., 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12 (biznes-markaz) manziliga xabar berishingiz mumkin. Siz nojo‘ya ta‘sirlari xaqida xabar berib, ushbu dori preparatining xavfsizligi xaqida ko‘proq ma‘lumot yig‘ishga yordam berishingiz mumkin. Espumizan® kapsulalarini qanday saqlash kerak Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 36 oy. Ushbu preparatni blisterda yoki yig‘ma karton qutida “Goden do:” so‘zidan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi. 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin! Preparatni utilizasiya qilishda uni oqava suvlarga va maishiy ahlatga tushishidan saqlanish kerak. Sizga boshqa kerak bo‘lmagan preparatni utilizasiya qilish bo‘yicha dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar Espumizan® kapsulalari preparatida nima saqlanadi: Ta‘sir qiluvchi modda simetikon hisoblanadi. Espumizan® preparatining har bir yumshoq kapsulasida 40 mg simetikon saqlanadi. Boshqa komponentlari: metilparagidroksibenzoat (MGB), jelatin, gliserin (85%), sariq “quyosh botishi” FCF (E 110), xinolin sarig‘i (Ye 104). Espumizan® kapsulalari preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi: Espumizan® kapsulalari preparati deyarli dumaloq, yumshoq, 5 mm nominal dimetrli, chok va silliq yuzaga ega sariq jelatin kapsulalardir. Kapsulaning ichidagisi quyuq, rangsiz suyuqlik bo‘lib, biroz loyqa bo‘lishi mumkin. Espumizan® kapsulalari preparati quyidagi o‘ramlarda chiqariladi: 25 yumshoq kapsulalar 50 yumshoq kapsulalar 100 yumshoq kapsulalar Sotuvda o‘ramlarining hamma o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin. Berish tartibi Ushbu dori vositasi reseptsiz beriladi. Ulashish: