KUKURUZI STOLBIKI S RILSAMI sire 30g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Страна производитель:
Узбекистан
Активное вещество:
Kukuruznix stolbikov s rilsami
Производитель:
ZAMONA RANO
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
A05AX
Инструкция KUKURUZI STOLBIKI S RILSAMI sire 30g
Umumiy ma'lumot
KUKURUZI STOLBIKI S RILSAMI sire 30g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA KUKURUZЫ STOLBIKI S RЫLSAMI STYLI CUM STIGMATIS ZEAE MAYDIS Savdo nomi: Kukuruzы stolbiki s rыlsami. Poaceae oilasiga mansub oddiy makkajo‘xorining (Zea mays L.), yetilish vaqtida yig‘ilgan onalik gulining ustunchasi va og‘izchasi. Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi Tarkibida: sitosterol, stigmasterol, yog‘li moylar, efir moylari, saponinlar, achchiq glikozidli modda, S, K vitaminlari, kamedga o‘xshash va boshqa moddalarni saqlaydi. Farmakoterapevtik guruhi: Safro xaydovchi vositalar. Farmakologik xususiyatlari Preparat safroni ishlab chiqarilishini oshishini, uning qovushqoqligi va nisbiy zichligini kamayishini, bilirubin miqdorini pasayishini, qonda protrombinni oshishini, uni ivishini tezlashishini chaqiradi. Qo‘llanilishi Preparat xolesistitlarda, xolangitlarda, safroni ajralib chiqarilishini sekinlashtirishda, gepatitlarda, safro xaydovchi va siydik xaydovchi vositasi sifatida, shuningdek K vitamini preparatlari bilan bir qatorda qonni to‘xtatuvchi vosita sifatida (asosan gipoprotrombinemiyada) qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, qaynatma ko‘rinishida ichish uchun qo‘llaniladi. Qaynatmani tayyorlash uchun 10 g maydalangan makkajo‘xori gullarining ustunchasi va og‘izchasi yoki xom ashyosi bo‘lgan 10 ta filtr-paket 1/2 stakan (300 ml) stakan sovuq suv quyiladi va 30 minut uncha baland bo‘lmagan olovda, qopqog‘i yopilgan sirlangan idishda qaynatiladi, sovutiladi va dokadan o‘tkazilib, qolgan xom ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi va dokasiz siqiladi). Tayyorlangan qaynatmani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. Xar 3-4 soatda 1-3 qoshiqdan qabul qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Aniqlanmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Maxsus qo‘rsatmalar Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Chiqarilish shakli Qutilar va paketlar; qutilarga joylashtirilgan paketlarda 25 g, 30 g, 40 g, 50 g, 100 g dan qutilarda №20 yoki 25 ta 1 g li filtr paketlar. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqliliq muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: