MAALOKS suspenziya 15ml N30

Обновлено: 21.07.2022

MAALOKS suspenziya 15ml N30
  • Категория:

    Oshqozon kasalliklari uchun dorilar

  • Страна производитель:

    Frantsiya

  • Активное вещество:

    Algeldrat, gidroksid magniya

  • Производитель:

    Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Pharmatis

  • Количество в упаковке:

    30

  • Код ATX:

    A02AX

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MAALOKS suspenziya 15ml N30

  • Qadoqda soni

    30

  • Umumiy ma'lumot

    MAALOKS suspenziya 15ml N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MAALOKS® MAALOX® Preparatning savdo nomi: Maaloks® Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): algeldrat + magniy gidroksidi Dori shakli: ichga qabul qilish uchun suspenziya Tarkibi: 100 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: magniy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 4,00 g; alyuminiy gidroksidi (gel ko‘rinishida) – 3,50 g; yordamchi moddalar: 10% xlorid kislotasi, limon kislotasi monogidrati, qalampir yalpiz efir moyi, mannitol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy saxarinati, 70% li sorbitol, 30% li vodorod peroksidi, tozalangan suv. Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq, yalpiz hidli sutni eslatuvchi suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolash uchun vosita (antasid). ATX kodi: A02AX.   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidi me‘da shirasining erkin xlorid kislotasini, uning ikkilamchi gipersekresiyasini chaqirmay neytrallaydi. Bundan tashqari, Maaloks® preparati qabul qilinganida me‘da shirasining rN ni oshishi, me‘da shirasidagi pepsinning faolligini pasayishiga olib keladi. Preparat shuningdek adsorbsiyalovchi va o‘rab oluvchi ta‘sirga ega, ular tufayli qizilo‘ngach va me‘daning shilliq qavatiga shikastlovchi omillarning ta‘siri kamayadi. Farmakokinetikasi Magniy gidroksidi va alyuminiy gidroksidi mahalliy ta‘sirga ega antasidlar hisoblanadi. Kam so‘rilishi tufayli tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.   Qo‘llanilishi Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi. O‘tkir gastroduodenit, zo‘rayish bosqichidagi normal yoki yuqori sekretor faoliyatli surunkali gastroduodenit. Diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi, reflyuks-ezofagit. Diskomfort, gastralgiya, jig‘ildon qaynashi (alkogol, kofe, nikotinni xaddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish, dorilarni qabul qilish, parhezdagi buzilishlari keyingi) kabi dispeptik holatlar. Parhezdagi buzilishlar, spirtli ichimliklar, kofe, nikotin va hokazolarni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilishdan keyingi diskomfort yoki epigastriyada og‘riq, jig‘ildon qaynashi, nordon kekirishda qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Ichga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak. Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar: 15 ml (1 osh qoshiq) dan sutkada 3-4 marta ovqatdan keyin va kechasiga buyuriladi. Doza sutkada 6 osh qoshiqdan oshmasligi lozim. Reflyuks-ezofagitda preparat ovqatdan keyin qisqa vaqtdan so‘ng qabul qilinadi. Davolash kursi 2-3 oydan oshmasligi kerak. Epizodik qo‘llanganida (masalan, parhezdagi xatoliklardan keyingi diskomfortda) 15 ml dan bir marta qabul qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilinganida nojo‘ya samaralari kam uchraydi. Nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanishining uchrash tez-tezligini belgilash uchun quyidagi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining tasnifi qo‘llaniladi: kam tarqalgan: ≥0,1% va <1%; tarqalish tez-tezligi noma‘lum (keltirilgan ma‘lumotlarga ko‘ra uchrash tez-tezligini baholash imkoniyati yo‘q). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Uchrash tez-tezligi noma‘lum: qichishish, eshakemi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiya kabi gipersezuvchanlik reaksiyalari. Me‘da-ichak yo‘llari tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qabziyat, diareya. Moddalar almashinuvini va oziqlanishni buzilishlari Uchrash tez-tezligi noma‘lum: gipermagniemiya, giperalyuminemiya, gipofosfatemiya (uzoq muddat qo‘llanganida yoki yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lsa), bu esa o‘z o‘rnida suyak to‘qimasining rezorbsiyasiga, giperkalsiuriya va osteomalyasiyaga olib kelishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Og‘ir buyrak yetishmovchiligi; Preparatning faol moddalariga va boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik (preparatning tarkibida sorbitol borligi tufayli). 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar. Gipofosfatemiya. Ehtiyotkorlik bilan Alyuminiy gidroksidi qabziyatni rivojlanishiga olib kelishi mumkin, magniy tuzlarining dozasini oshirib yuborish ichak peristaltikasini susayishiga olib kelishi mumkin; yuqori xavfli guruh bemorlarda (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar, keksa yoshli bemorlar) preparatni yuqori dozalarda qabul qilish ichaklar obstruksiyasi va ichak tutilishini keltirib chiqarishi mumkin. Alyuminiy gidroksidi me‘da-ichak yo‘llarida yomon so‘riladi, shuning uchun buyrak faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda kamdan-kam hollarda tizimli ta‘sir etadi. Uzoq muddat davolash, preparatni haddan tashqari katta dozalarda qo‘llash yoki normal dozalarda ovqatda fosfatlarning miqdori past bo‘lgan holatlar bilan birga qo‘llash (fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi), bu esa suyak to‘qimasini rezorbsiyasini va osteomalyasiya xavfini rivojlantiruvchi giperkalsiyuriyani kuchaytirishi mumkin. Fosfat yetishmovchiligini rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni davolashda yoki preparatni uzoq muddat davomida qo‘llashni albatta tibbiy kuzatuv ostida o‘tkazish kerak. Buyrak yetishmovchiligida uzoq vaqt qabul qilinganida magniy va alyuminiyning plazmadagi konsentrasiyalari oshishi mumkin. Bu pasientlarda preparat yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida ensefalopatiya, demensiya, mikrositar anemiyasi yoki dializ orqali chaqirilgan osteomalyasiyani chuqurlashishi rivojlanishi mumkin. Gemodializdagi porfiriyasi bo‘lgan pasientlarda; homiladorlik va emizish davrida («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi» ga qarang). Alsgeymer kasalligida.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Xinidin bilan Xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida xinidinning zardobdagi konsentrasiyalarini oshishi va xinidinning dozasi oshirib yuborilishi mumkin. N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, propranolol, atenolol, sefdinir, sefpodoksim, metoprolol, xloroxin, prostasiklin, diflunisal, digoksin, bisfosfonatlar, etambutol, izoniazid, ftorxinolon, natriy ftoridi, glyukokortikosteroidlar (prednizolon va deksametazon uchun ta‘riflangan), indometasin, ketokonazol, linkozamidlar, fenotiazin neyroleptiklari, penisillamin, rozuvastatin, temir tuzlari, levotiroksin Maaloks® bilan bir vaqtda qabul qilinganida yuqorida keltirilgan preparatlarning me‘da-ichak yo‘llarida so‘rilishi pasayadi. Maaloks® preparati va bu preparatlarni qabul qilish orasidagi 2 soatlik interval va Maaloks® preparati bilan ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi 4 soatlik interval bo‘lganida ko‘pchilik hollarda ushbu noxush o‘zaro ta‘sirga yo‘l qo‘yilmaslik mumkin. Polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan Maaloks® preparatini polistirolsulfonat (kayeksalat) bilan bir vaqtda qabul qilinganida kaliyni qatron bilan bog‘lanish ta‘sirini susayish ehtimoli borligi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda metabolik alkaloz rivojlanishi (alyuminiy gidroksid va magniy gidroksid uchun) hamda ichak obstruksiyasi (alyuminiy gidroksid uchun) rivojlanishini oldini olish maqsadida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish lozim. Sitratlar bilan Alyuminiy gidroksidi sitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida alyuminiyning plazmadagi konsentrasiyalari, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda oshishi mumkin.   Maxsus ko‘rsatmalar Maaloks® preparati va boshqa preparatlarni qo‘llash orasidagi 2 soatlik intervalga va Maaloks® preparati va ftorxinolonlarni qabul qilish orasidagi intervalga rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” qarang). Buyrak faoliyatini buzilishlarida Maaloks® preparatini uzoq vaqt buyurishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Alyuminiy gidroksidi ovqatda fosfatlarning miqdori kam bo‘lganida organizmda fosfat yetishmovchiligini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun alyuminiy gidroxloridi qo‘llanganida fosfatlarni ovqat bilan yetarli miqdorda tushishini ta‘minlash kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Hayvonlarda alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidida teratogen samarani borligiga oid aniq ko‘rsatmalar olinmagan. Maaloks® preparati homiladorlik vaqtida ishlatilganida hozirgi vaqtda xech qanday spesifik teratogen samaralari aniqlanmagan, biroq, klinik tajribaning yetarli emasligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida faqat, agarda ona uchun uni qo‘llashdan olinadigan potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Yo‘riqnoma asosida qo‘llanilganda alyuminiy gidroksid va magniy tuzlarining majmuasini onada so‘rilishi chegaralangan, shunga ko‘ra Maaloks® preparatini qabul qilish vaqtida emizishni to‘xtatish talab qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari Alyuminiy gidroksidi va magniy tuzlarining majmuasining o‘tkir dozasini oshirib yuborish holatlarida diareya, qorindagi og‘riq va qusish kabi simptomlari kuzatiladi. Yuqori xavf guruhidagi bemorlarda preparatni yuqori dozalarini qo‘llash ichak obstruksiyasini yoki ichak tutilishini rivojlantirishi yoki chuqurlashtirishi mumkin (“Ehtiyotkorlik bilan” bo‘limiga qarang). Davolash Alyuminiy va magniy siydik orqali chiqariladi. O‘tkir dozani oshirib yuborish holatlari yo‘qotilgan suyuqlikni o‘rnini to‘ldirish va jadallashgan diurez yordamida davolanadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun gemodializ va peritoneal dializ o‘tkazish zaruriyati bor. Chiqarilish shakli Ichga qabul qilish uchun suspenziya. 250 ml dan preparat alyuminiy qopqoqchali to‘q shisha flakonda. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga qog‘oz qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 25◦S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?