BELOSALIK 15,0 maz
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Xorvatiya
Активное вещество:
Salisilovaya kislota, Betametazon
Производитель:
Белупо, лекарства и косметика д.д
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D07AC01
Инструкция BELOSALIK 15,0 maz
Umumiy ma'lumot
BELOSALIK 15,0 maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar BELOSALIK® BELOSALIC® dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA Qayd etish raqami: PREPARATNING PATENTLANGAN SAVDO NOMI: BELOSALIK® DORI SHAKLI: sirtga qo‘llash uchun surtma. TARKIBI: Sirtga qo‘llash uchun 1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: betametazon (dipropionati shaklida) – 0,640 mg, bu 0,500 mg betametazonga to‘g‘ri keladi, salisil kislotasi – 30 mg; yordamchi moddalar: mineral moyi, vazelin. TA‘RIFI Oq, yarimtiniq, gomogen surtma. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikoid + keratolitik vosita. ATX kodi [D07XC01] FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI BELOSALIK® yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi, antiproliferativ, keratolitik va mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Betametazon yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiproliferativ va qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Teri yuzasiga qo‘yilganda betametazon yallig‘lanish o‘chog‘ida ob‘ektiv simptomlar (eritema, shish, lixenifikasiya) va sub‘ektiv tuyg‘ular (qichishish, ta‘sirlanish, og‘riq) yaqqolligini kamaytirib, tez va kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Salisil kislotasi keratolitik ta‘siri xisobiga shikastlanish sohasini tangachalardan tozalaydi, betametazonni teriga singishiga yordam beradi, bakterial va zamburug‘li infeksiya rivojlanishini oldini oladi. QO‘LLANILISHI BELOSALIK® giperkeratoz va kepaklanish bilan birga kechuvchi, tashqi kortikosteroid davolashga sezgir nimo‘tkir va surunkali dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi. Psoriaz, ekzema (disgidrotik, seboreyali, tilotik), neyrodermatit, qizil yassi temiratki, surunkali diskoid qizil yugirik, ixtioz va terini ixtioz shikastlanishi va boshqalarda qo‘llanadi. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR Betametazon, salisil kislotasi yoki preparatning har qanday komponentlaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Teri tuberkulyozi, sifilisning teri ko‘rinishlari, suvchechak, terining virusli infeksiyalari, postvaksinal teri reaksiyalari, ochiq jarohatlar, trofik yaralar, rozasea, oddiy xusnbuzar, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. EHTIYOTKORLIK BILAN Jigar yetishmovchiligi, bolalar, uzoq muddatli davolash, ayniqsa okklyuzion bog‘lovlarni ishlatish bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. HOMILADORLIK VA LAKTASIYA DAVRI BELOSALIK® preparatini homiladorlarda mahalliy qo‘llashga, ona uchun taxmin qilingan foyda homila uchun xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina yo‘l qo‘yiladi. Bunday hollarda preparatni qo‘llash qisqa muddatli va teri qoplamasining katta bo‘lmagan sohalari bilan cheklangan bo‘lishi kerak. BELOSALIK® preparatini emizish davrida qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin, lekin bunda preparatni emizish oldidan sut bezi terisiga qo‘yish mumkin emas. Pediatriyada ishlatilishi Bolalarda BELOSALIK® preparatini qo‘llash ehtiyotkorlikning qat‘iy choralariga rioya qilingan holda qisqa muddatli bo‘lishi kerak, chunki bolalarda teri qoplamalari maydonini tana massasiga nisbatan yuqoriligi va epidermisni yetarlicha yetilmaganligi tufayli, faol komponentlarni proporsional katta miqdorda tizimli so‘rilishining xavfi mavjud. Preparatni bolalarda bog‘lov ostida va, ayniqsa plastifikasiya qilingan tagliklar ostida qo‘llash mumkin emas, bu noxush ko‘rinishlar rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. QO‘LLASH USULI VA DOZALARI BELOSALIK® preparati sirtga qo‘llash uchun surtma shaklida silliq terida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. BELOSALIK® surtmasi kuniga ikki marta qo‘llanadi. Surtmaning katta bo‘lmagan miqdori yengil ishqalanib, teri yuzasida birtekis taqsimlanadi. Yengil hollarda bir marta ishlatish yetarli bo‘ladi. Davolash kursi, odatda, 3-4 haftani tashkil qiladi. Davomliroq davolash kursining zarurati bo‘lganda, preparatni kamroq, masalan, kunora ishlatish tavsiya etiladi. Surunkali kasalliklarni davolashda, kasallikni qaytalanishidan saqlanish uchun barcha simptomlar yo‘qolganidan keyin shifokorning kuzatuvi ostida davolashni yana ma‘lum vaqt davom ettirish kerak. Yil davomida davolashni bir necha marta takrorlash mumkin. NOJO‘YA TA‘SIRI Nojo‘ya ko‘rinishlari, odatda, kuchsiz ifodalangan xarakterga ega. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi (qichishish, achishish yoki qizarish) rivojlanishi mumkin. Kam hollarda, boshqa glyukokortikoidlarni qo‘llashdagi kabi, ankesimon o‘zgarishlar, gipopigmentasiya, striyalar, terini atrofiyasi, gipertrixoz, teleangioektiaziyalar, terining ikkilamchi infeksiyalari rivojlanishi mumkin. Davomli uzluksiz va terining katta sohalarida qo‘llashda betametazonni mahalliy qo‘llash, buyrak usti bezlari po‘stlog‘i funksiyani bostirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya ko‘rinishlar chaqirishi mumkin. O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi yoki nojo‘ya ko‘rinishlar paydo bo‘lgan holda davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish kerak. DOZANI OSHIRIB YUBORILISH Betametazon va salisil kislotasi majmuasini davomli uzluksiz ishlatishda, ayniqsa bolalarda, terining katta yuzalarida, butunligi buzilgan teriga qo‘yilganda yoki okklyuzion bog‘lov ostida ishlatilganida, faol komponentlarning so‘rilishini kuchayishi va tizimli samaralarini (ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, giperkortisizm, Kushing sindromi) namoyon bo‘lishi istisno qilinmaydi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish va simptomatik davolash tavsiya etiladi. BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI Boshqa dori vositalari bilan klinik ishonchli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Akneni davolash uchun kosmetik va dermatologik vositalar, etanol saqlovchi vositalar yoki yaqqol qurutuvchi samarali tibbiy sovun va shunga o‘xshashlarini bir vaqtda ishlatish, ayrim xollarda terining ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin. MAXSUS KO‘RSATMALAR BELOSALIK® surtmasi teri va/yoki boshning sochli qismida sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak. Rozasea turi bo‘yicha dermatit, perioral dermatit, terining atrofiyasi va akne rivojlanishi mumkinligi tufayli, yuz terisida surtmani uzoq muddat qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni anogenital sohasida qo‘llashdan saqlanish kerak. Zarurati bo‘lgan hollardan tashqari, preparatni okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Terida zamburug‘li yoki bakterial mikroflora rivojlanganida, qo‘shimcha antibakterial yoki zamburug‘larga qarshi vositalarni qo‘llash kerak. TRANSPORT VOSITALARI VA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI BELOSALIK® preparatini transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas. CHIQARILISH SHAKLI Sirtga qo‘llash uchun surtma. 10 g, 15 g, 20 g, 30 g va 40 g dan preparat alyumin tubalarda. Tubaning teshigi membrana bilan himoyalangan. Tuba kesgich va teshuvchi polietilan qopqoq bilan bekitilgan. 10 g, 20 g va 40 g dan 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 15 g va 30 g 1 yoki 2 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. SAQLASH SHAROITI 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin! YAROQLILIK MUDDATI 4 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin! DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI Reseptsiz beriladi. Ulashish: