PROMETEY infuziya uchun eritma 100ml
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Страна производитель:
Xitoy
Активное вещество:
Lsisteina gidroxlorid, Glisin, Monoammoniya glisirrizinat
Производитель:
Shijiazhuang No.4 Pharmaceutical Co., Ltd
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
A05BA01
Инструкция PROMETEY infuziya uchun eritma 100ml
Maxsus shartlar
Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat etish lozim. Davolash vaqtida arterial bosimini, qon zardobida kaliy va natriy kontsentratsiyasini muntazam o'lchash lozim. Yuqori qon bosimida suv va natriyni, tutib turishda gipokalemiya va shunga o'xshashlarda qo'llashni to'xtating yoki preparat dozasini kamaytiring. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas). Bolalarda qo'llanilishi Samaralari va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas. Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Preparat transport vositalarini boshqarish va boshqa turdagi yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab etuvchi boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.
Farmakodinamikasi
Eritmani (80 mg glitsirrizin) vena ichiga in'ektsiya qilingandan keyin qonda glitsirrizinni kontsentratsiyasi 10 soat chegarasida kamayadi. Keyin asta-sekin pasayib boradi. Preparatni yuborilgandan keyin 6 soatdanso'ng. Enoksolon aniqlanadi, 24 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishiladi va preparat yuborilgandan keyin 48 soatdan so'ng deyarli to'liq yo'qoladi. Preparat asosan siydik bilan chiqariladi. Preparatni vena ichiga yuborilgandan keyin siydikda glitsirrizinni miqdori kamayadi va 27 soatdan keyin qo'llanilgan dozani 1,2% ni tashkil etadi. Glitsirrizin kislotasi preparat yuborilgandan keyin 6 soatdan so'ng siydikda aniqlanadi va 22-27 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishiladi.