RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5

Обновлено: 21.07.2022

RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5
  • Категория:

    Og'riq qoldiruvchi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Parasetamol, Fenilefrin, Askorbinovaya kislota

  • Производитель:

    Agio Pharmaceutical Limited

  • Количество в упаковке:

    5

  • Код ATX:

    N02BE51

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5

  • Qadoqda soni

    5

  • Umumiy ma'lumot

    RINIL XOTMIKS poroshok so vkusom apelsina 5g N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA RINIL RINIL Preparatning savdo nomi: Rinil Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, xlorfeniramin maleat, fenilefrin gidroxloridi, kofein. Dori shakli: tabletkalar Tarkibi: Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mg parasetamol, 2 mg xlorfeniramin maleat, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 30 mg kofein; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, jelatin, metil paraben, propil paraben, magniy stearati, tozalangan talk, mikrokristall sellyuloza, sariq shafaq bo‘yovchisi, tozalangan suv. Ta‘rifi: to‘q sariqdan to och sariq ranggacha bo‘lgan, yuzasida to‘q sariq nuqtali, bir tomonida sindirish chiziqchasi va boshqa tomoni silliq, qobiqsiz tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita. ATX kodi: N02BE51. Farmakologik xususiyatlari Majmuaviy preparat. Parasetamol haroratni tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, xlorfeniramin allergiyaga qarshi va shish qaytaruvchi ta‘sirga ega. Qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, burun shilliq qavati giperemiyasi va shishini yo‘qotadi, nafasni yengillashtirib allergik rinit simptomlarini yo‘qotadi. Fenilefrin qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, natijada burunni bitishi yo‘qoladi va burundan suyuqlik ajralishi kamayadi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sirga ega, bu charchoqlik va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.   Qo‘llanilishi Tumov, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar: 2 tabletkadan kuniga 1-4 marta. 6-12 yoshli bolalar: 1 tabletkadan kuniga 1-4 marta.   Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat tavsiya etilgan dozada qabul qilinganida, nojo‘ya ta‘sirlari kam kuzatiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilgan hollarda, ular allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; Rinil tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik, laktasiya davri; bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan quyidagilarda: glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiqburchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, Jilber sindromida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezining kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada qo‘llanadi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Parasetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar simptomatik ta‘sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo‘llash qorincha aritmiyasini rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.   Maxsus ko‘rsatmalar Davolanish davrida alkogol qabul qilishdan saqlanish lozim. Diqqatni jamlash, tezkor harakat va ruxiy reaksiyani talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Rinil 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Rinilni boshqa parasetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishi odatda parasetamol bilan bog‘liq. Teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; «jigar» transaminazalari faolligi oshishi; protrombin indeksi oshishi mumkin. Dozani oshib ketishini belgilarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: keyingi faollashtirilgan ko‘mirni buyurish bilan me‘dani yuvish; simptomatik terapiya. Chiqarilish shakli 4 tabletka blisterda, 5 blister karton qutida. 10 tabletka blisterda, 1 blister karton qutida. 4 tabletka blisterlarda, 1 blister konvertda, 25 konvert karton qutida.   Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?