BRONXIREM tabletkalari 30mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Shamollash va gripp uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
Ambroksola gidroxlorid
Производитель:
Remedy Group СП ООО
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
R05CB06
Инструкция BRONXIREM tabletkalari 30mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
BRONXIREM tabletkalari 30mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BRONXIREM BRONSHIREM Preparatning savdo nomi: Bronxirem Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ambroksol gidroxloridi Chiqarilish shakli: Sirop, 40 ml, 50 ml, 80 ml, 90 ml, 100 ml va 125 ml dan flakonlarda. Tarkibi 5 mg sirop saqlaydi: faol modda: ambroksol gidroxloridi – 15 mg. yordamchi moddalar: propilenglikol, etil spirti, qand, nipagin, nipazol, qulupnay hidli ovqat aromatik essensiyasi, tozalangan suv. Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar. Farmakologik xususiyatlari Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega mukolitik perparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi. Balg‘amning qovushqoqligini pasayishi balg‘amdagi mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi natijasida yuz beradi. Mukopolisaxaridlarning depolimerizasiyasi, eng avvalo ularning molekulasidagi disulfid bog‘larni uzilishi bilan bog‘liq. Ambroksol xilpillovchi epiteliyning harakat faolligini kuchaytiradi, mukosiliar trasportni oshiradi, balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me‘yorlashtiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalarni ajralib chiqishini kuchaytirib, balg‘amning qovushqoqligini pasaytiradi. Nafas yo‘llaridan balg‘amni chiqarilishini yengillashtiradi. Ambroksol alveolalarda surfaktant sintezi va sekresiyasini oshirish yo‘li bilan o‘pkalarni prenatal rivojlanishini rag‘batlantiradi. Surfaktantning sintezi nafas tizimining surunkali kasalliklari natijasida pasayadi. Bundan tashqari, sirt faolligiga ega fosfolipidlar va yallig‘lanish oqsillari orasida hosil bo‘ladigan bog‘lar tufayli surfaktantning xususiyatlari o‘zgaradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi. Ambroksolning ta‘siri 30 minut davomida namoyon bo‘ladi va 6-12 soat davomida saqlanib turadi. Farmakokinetikasi Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol me‘da-ichak yo‘llaridan amalda to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 0,3-0,5 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Preparatning kumulyasiyasi aniqlanmagan. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. To‘qimalarga tez kiradi va eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Jigarda kon‘yugasiya yo‘li bilan farmakologik nofaol metabolitlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 7-12 soat. Buyraklar orqali preparatning taxminan 90% chiqariladi. Qo‘llanilishi Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklarini (o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, balg‘amning ajralib chiqishi buzilgan bronxial astma, bronxoektatik kasallik, shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘i yallig‘lanishida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun) mukolitik davolashda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparatni ovqatdan keyin ichga qabul qilish lozim. Davolash vaqtida ko‘p miqdorda suyuqlik (sharbat, choy, suv) iste‘mol qilish kerak, chunki u preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi. Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmaganida quyida keltirilgan dozalash tavsiya qilinadi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 2 marta; 2 dan 5 yoshgacha 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta; 5 dan 12 yoshgacha 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 2-3 marta buyuriladi; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga birinchi 2-3 kunlari 10 ml (2 choy qoshiq) dan kuniga 2 marta, so‘ngra xuddi shunday yoki 5 ml (1 choy qoshiq) dan kuniga 3 marta buyurib davom ettiriladi. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va uni davolovchi shifokor belgilaydi. Shifokorning tavsiyasisiz preparatni 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, diareya, qabziyat. Nafas tizimi tomonidan: rinoreya, nafas yo‘llarining shilliq qavatini quruqligi. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish, alohida hollarda allergik kontakt dermatit, juda kam hollarda – anafilaktik turdagi o‘tkir og‘ir reaksiyalari (anafilaktik shok). Boshqalar: holsizlik, siyishni qiyinlashishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; homiladorlik (I uch oyligi) davri; laktasiya davri; me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi; yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga kirishiga yordam beradi. Tug‘ruq faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib. Preparat yo‘talga qarshi preparatlar bilan majmuaviy qo‘llanganida yo‘tal refleksini bostirishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarni qabul qilish faqat davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak. Kardionoselektiv β-adrenoblokatorlarni qo‘llanishi, bronxospazm tufayli balg‘amni ajralib chiqishini yomonlashtirishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Bronxlarning motorikasi buzilgan va sekret miqdori oshgan hollarda (masalan, xavfli kipriksimon epiteliy sindromida), bronxlarda shilliqni to‘planib qolish xavfi tufayli, siropni faqat davolovchi shifokor maslahatidan so‘ng va shifokor nazorati ostida qabul qilish mumkin. Buyraklar yoki jigar faoliyatini og‘ir buzilishida preparatni qabul qilish orasidagi intervalni oshirish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga siropni buyurilganda 1 o‘lchov qoshig‘i (5 ml) 1,75 g sorbitol saqlashini, bu esa 0,15 NB muvofiq kelishini hisobga olish kerak. Siropni emizish vaqtida va homiladorlikning birinchi III uch oyligida qabul qilish mumkin emas. Homiladorlikning II va III oyliklarida ambroksolni faqat davolovchi shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish mumkin. Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Allergik reaksiyalarni birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni bekor qilish kerak. Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilinishi o‘tkazib yuborilgan xollarda, keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirmaslik kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganida zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba‘zida: qisqa muddatli bezovtalik, ich ketishi doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, ko‘p so‘lak ajralishi kuzatilishi mumkin Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasi bo‘yicha me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yukori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: