SERTOFEN gel 60g 1,25%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Bo'gimlar va mushaklardagi og'riqlar uchun dorilar
Страна производитель:
Turkiya
Активное вещество:
Deksketoprofen
Производитель:
Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
M02AA27
Инструкция SERTOFEN gel 60g 1,25%
Dori shakli
60 г гель алюмин тубада. 1 алюмин туба қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.
Dozirovkasi
Сертофен гель сиртга қўлланади. Қўлланадиган препаратнинг миқдори яллиғланиш жараёни ва оғриқ синдромининг яққоллигига боғлиқ. Катталар ва 6 ёшдан ошган болаларга Сертофен гели суткада 2-3 марта қўлланади. Суткалик дозаси 7,5 г дан ошмаслиги керак, бу тахминан 14 см гель тасмасига тўғри келади. Гель шикастланмаган терига қўйилади ва бутунлай сўрилиб кетгунича суртилади. Препаратни окклюзион боғловларнинг остига қўйишга рухсат этилмайди. Сертофен гель суртилганидан сўнг қўлларни ювиш керак. Шифокорнинг маслаҳатисиз препаратни 7 кундан ортиқ қўллаш мумкин эмас.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Сертофен гелини сўрилиши жуда паст бўлганлиги сабабли, бошқа препаратлар билан ўзаро таъсир қилишини баҳолаш қийин.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
• декскетопрофен, ацетилсалицил кислотаси ёки бошқа НЯҚП га, ёки препаратнинг таркибига кирувчи биронта ёрдамчи моддаларга юқори сезувчанлик; • анамнезида шундай таъсир механизмига эга бўлган воситалар (ацетилсалицил кислотаси ва бошқа НЯҚП) ни қўллаш билан боғлиқ бўлган, астма ҳуружлари, бронхоспазм, ўткир ринит, уртикариялар ёки ангионевротик шиш кузатилган бўлса; • тери қопламларининг бутунлигини бузилишида қўллаш мумкин эмас.
Maxsus saqlash sharoitlari
25оС дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин. Яроқлилик муддати 3 йил.
Maxsus shartlar
Сертофен гелни фақат шикастланмаган терига суртиш лозим, очиқ жароҳатларга тушишидан сақланиш керак. Препаратни терининг йирик соҳаларига узоқ вақт давомида қўллашдан сақланиш керак. Препаратни кўз ва шиллиқ қаватларга тушишига йўл қўймаслик керак. Даволаниш вақтида ва кейинги икки ҳафта давомида бевосита қуёш нурларининг таъсиридан ёки солярийга боришдан сақланиш керак. Препарат суртилгандан кейин тошма пайдо бўлганида даволашни зудлик билан тўхтатиш керак. Қуёш нурларидан ҳимоя қилувчи кремлар, фенофибрат ва кимёвий тузилишида бензофенон сақлаган бошқа препаратлар параллел равишда қўлланганида кесишган реакциялар ривожланиши мумкин. Жигар ва буйрак фаолиятини бузилишларида Сертофен гель эҳтиёткорлик билан буюрилади. Ҳомиладорлик ва лактация даврида қўлланиши Ҳомиладорлик ва лактация даврида декскетопрофеннинг ҳавфсизлиги аниқланмаган. Ҳомиладорлик ва лактация даврида Сертофен гелини қўллаш тавсия этилмайди. Педиатрияда қўлланиши Маълумотлар йўқлиги сабабли, 6 ёшгача бўлган болаларга препаратни қўллаш тавсия этилмайди. Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири Сертофен автомобилни бошқариш ва психомотор реакциялар тезлигини талаб этувчи ишларни бажариш қобилиятига таъсир қилмайди. Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
Nojo'ya samaralari
Ножўя самараларнинг учраш тезлигини қуйида келтирилган кўрсаткичлари қуйидаги тарзда аниқланган: кам ҳолларда (≥1/10000, аммо <1/1000), жуда кам ҳолларда (<1/10000), учраш тезлиги номаълум (мавжуд бўлган маълумотлар бўйича ривожланиш тезлигини аниқлаш имкони бўлмаган. Тери ва тери ости тўқималари томонидан: кам ҳолларда – дерматит (терини қизариши, қичишиши, шиш); учраш тезлиги номаълум – фотосенсибилизация. Иммун тизими томонидан: жуда кам ҳолларда – ўта юқори сезувчанлик реакциялари (эшакеми, бронхоспазм) бўлиши мумкин.
Farmakokinetikasi
Сертофен – ностероид яллиғланишга қарши восита (НЯҚВ) бўлиб, пропион кислотасининг ҳосиласидир. Оғриқ қолдирувчи, яллиғланишга қарши таъсир кўрсатади. Таъсир механизми яллиғланиш, оғриқ ва иситмани патогенезида муҳим рол ўйнайдиган простагландинларнинг биосинтезини камайиши ва циклооксигеназа-1 ва циклооксигеназа-2 ларнинг фаоллигини сусайиши билан боғлиқ.
Farmakodinamikasi
Гель шаклида маҳаллий қўлланганида препарат секин сўрилади ва организмда деярли тўпланмайди. Биокираолишлиги 5% ни ташкил этади, бу препаратни маҳаллий таъсир қилиши ва тизимли самараларини йўқлиги билан ифодаланади. Сертофен гель маҳаллий қўлланганида қон плазмасида декскетопрофен максимал концентрациясига 4 соатдан кейин эришилади. Препарат 24 соатдан кейин организмдан бутунлай чиқарилади. Декскетопрофеннинг 12,5% ли гели қўлланганидан кейин синовиал суюқликда препаратнинг терапевтик даражаси 2,5% ли кетопрофен гели қўлланганидан кейин кузатиладиган даражага эквивалент ёки юқорилиги аниқланган.
Dozani oshirib yuborilishi
Дозани ошириб юборилиш эҳтимоли кам, чунки сиртга қўлланганида декскетопрофеннинг тизимли сўрилиши жуда паст бўлади
Umumiy ma'lumot
SERTOFEN gel 60g 1,25% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SERTOFEN SERTOFEN Preparatning savdo nomi: Sertofen Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksketoprofen Dori shakli: gel Tarkibi: 1 g gel quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 12,5 mg deksketoprofen (deksketoprofen trometamol shaklida); yordamchi moddalar: karbomer gomopolimer, 96% li etanol, lavanda moyi, mentol, natriy gidroksidi, tozalangan suv. Ta‘rifi: lavanda, yalpiz va spirt hidli, kulrang-oq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel. Farmakoterapevtik guruhi: Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari. ATX kodi: M01AE17 Farmakologik hususiyatlari Farmakodinamikasi Sertofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV) bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi yallig‘lanish, og‘riq va isitmani patogenezida muhim rol o‘ynaydigan prostaglandinlarning biosintezini kamayishi va siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi bilan bog‘liq. Farmakokinetikasi Gel shaklida mahalliy qo‘llanganida preparat sekin so‘riladi va organizmda deyarli to‘planmaydi. Biokiraolishligi 5% ni tashkil etadi, bu preparatni mahalliy ta‘sir qilishi va tizimli samaralarini yo‘qligi bilan ifodalanadi. Sertofen gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida deksketoprofen maksimal konsentrasiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat 24 soatdan keyin organizmdan butunlay chiqariladi. Deksketoprofenning 12,5% li geli qo‘llanganidan keyin sinovial suyuqlikda preparatning terapevtik darajasi 2,5% li ketoprofen geli qo‘llanganidan keyin kuzatiladigan darajaga ekvivalent yoki yuqoriligi aniqlangan. Qo‘llanilishi Quyidagi kasalliklar va holatlarda yengil va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromini davolash uchun qo‘llanadi: tayanch-harakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish, yallig‘lanish-degenerativ va metabolik kasalliklarida (shu jumladan, revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz); yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit va boshqalar); yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning posttravmatik yallig‘lanishlarida (paylarni cho‘zilishi, haddan tashqari zo‘riqishi, lat yeyishlar, suyaklarni chiqishlari va boshqalar oqibatida) qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Sertofen gel sirtga qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga bog‘liq. Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga Sertofen geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Sutkalik dozasi 7,5 g dan oshmasligi kerak, bu taxminan 14 sm gel tasmasiga to‘g‘ri keladi. Gel shikastlanmagan teriga qo‘yiladi va butunlay so‘rilib ketgunicha surtiladi. Preparatni okklyuzion bog‘lovlarning ostiga qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Sertofen gel surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak. Shifokorning maslahatisiz preparatni 7 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha rivojlanish tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kam hollarda – dermatit (terini qizarishi, qichishishi, shish); uchrash tezligi noma‘lum – fotosensibilizasiya. Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (eshakemi, bronxospazm) bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar deksketoprofen, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQP ga, yoki preparatning tarkibiga kiruvchi bironta yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; anamnezida shunday ta‘sir mexanizmiga ega bo‘lgan vositalar (asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQP) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan, astma hurujlari, bronxospazm, o‘tkir rinit, urtikariyalar yoki angionevrotik shish kuzatilgan bo‘lsa; teri qoplamlarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sertofen gelini so‘rilishi juda past bo‘lganligi sababli, boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘sir qilishini baholash qiyin. Maxsus ko‘rsatmalar Sertofen gelni faqat shikastlanmagan teriga surtish lozim, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparatni terining yirik sohalariga uzoq vaqt davomida qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Davolanish vaqtida va keyingi ikki hafta davomida bevosita quyosh nurlarining ta‘siridan yoki solyariyga borishdan saqlanish kerak. Preparat surtilgandan keyin toshma paydo bo‘lganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak. Quyosh nurlaridan himoya qiluvchi kremlar, fenofibrat va kimyoviy tuzilishida benzofenon saqlagan boshqa preparatlar parallel ravishda qo‘llanganida kesishgan reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlarida Sertofen gel ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida deksketoprofenning havfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktasiya davrida Sertofen gelini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pediatriyada qo‘llanishi Ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Sertofen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki sirtga qo‘llanganida deksketoprofenning tizimli so‘rilishi juda past bo‘ladi. Chiqarilish shakli 60 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha beriladi. Ulashish: