SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Viruslarga qarshi vositalar
Страна производитель:
Gruziya
Активное вещество:
Valasiklovir
Производитель:
GM Pharmaceuticals Ltd.
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
J05AB11
Инструкция SIKLOVAL tabletkalari 500mg N10
Qadoqda soni
10
Dozirovkasi
Sikloval ichga qabul qilinadi. Preparatni iloji boricha ertaroq buyurish kerak. Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolash uchun kattalarga Sikloval 500 mg dan sutkada 2-marta buyuriladi. Dastlabki ogʻirroq hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 kundan 10 kungacha uzaytirilishi lozim. Kasallikni qaytlanishlarida preparatni prodromal davrda yoki kasallikning ilk smptomlari paydo boʻlishi bilanoq buyurish optimal hisoblanadi va davolashni 3 yoki 5 kun davomida oʻtkazish kerak. Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish uchun kattalarga immunitetning normal koʻrsatkichlarida 500 mg dozada sutkada 1-marta buyuriladi. Juda tez-tez qaytalanishlarda (yiliga 10-marta va undan ortiq) preparatni 500 mg dozada ikki marta qabul qilishga boʻlib (250 mg dan sutkada 2-marta) buyurish samaraliroq boʻlishi mumkin. Kattalarga immun tanqislikda 500 mg dan sutkada 2-marta buyurish tavsiya qilinadi. Sogʻlom jinsiy sherikni genital gerpesni yuqishidan oldini olish uchun immuniteti saqlangan va yiliga kasallikni zoʻrayishlari soni 9 nafargacha boʻlgan patsiyentlarda Siklovalni 500 mg dan sutkada 1-marta buyurish kerak. Labial gerpesni (lab isitmasini) davolash uchun muqobil davo sifatida preparatni 2 g dozada 2-marta 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilinganidan keyin tahminan 12 soatdan soʻng (lekin kamida 6 soatdan keyin) qabul qilish lozim. Bunday dozalash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi lozim. Davolashni lab isitmasining eng birinchi simptomlari (yaʼni chimchilash, qichishish, achishish) paydo boʻlishi bilan boshlash kerak. Oʻrab oluvchi gerpesni davolash uchun kattalarga 7 kun davomida 1 g dan sutkada 3-marta buyuriladi. Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan katta oʻsmirlar uchun tavsiya qiligan doza 2 g dan sutkada 4-martani tashkil etadi. Preparatni transplantatsiya oʻtkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyuriladi. Dozani kreatinin klirensi (KK) ga qarab pasaytirish lozim. Davolash kursi 90 kunni tashkil qiladi, lekin infeksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarda davolash muddati uzaytirilishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibi kreatinin klirensiga va koʻrsatmalarga qarab belgilanadi. Koʻrsatmalar Kreatinin klirensi Siklovalning dozasi Oʻrab oluvchi gerpes minutiga 15-30 ml 1 g dan sutkada 2-marta minutiga 15 ml dan kam 1 g dan sutkada 1-marta Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash minutiga 15 ml dan kam 500 mg dan sutkada 1-marta Labial gerpesni davolash minutiga 31-49 ml 1 g dan sutkada 2-marta minutiga 15-30 ml 500 mg dan sutkada 2-marta minutiga 15 ml dan kam 500 mg dan 1-marta Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish minutiga 15 ml dan kam 250 mg dan sutkada 1-marta Immun tanqislikda: 500 mg dan sutkada 1-marta Genital gerpesni yuqishi kamaytirish uchun minutiga 15 ml dan kam 250 mg dan sutkada 1-marta Gemodializdagi patsiyentlarga preparatni gemodializ seansi tugaganidan keyinoq, darhol kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam boʻlgan bemorlar uchun moʻljallangan dozada buyurish tavsiya qilinadi. Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun Siklovalni quyidagi dozalarda buyurish tavsiya qilinadi. Kreatinin klirensi (ml/min) Siklovalning dozasi ≥75 2 g dan sutkada 4-marta 50 - < 75 1,5 g dan sutkada 4-marta 25 - < 50 1,5 g dan sutkada 3-marta 10 - < 25 1,5 g dan sutkada 2 marta < 10 yoki dializ 1,5 g dan sutkada 1 marta Gemodializdagi patsiyentlarga Siklovalni gemodializ seansi tugaganidan keyin buyurish kerak. Kreatinin klirensini, ayniqsa buyrak faoliyati tez-tez oʻzgarb turadigan davrda tez-tez nazorat qilib turish kerak. Jigar faoliyatini yengil va oʻrtacha darajada buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda, agar ularda buyrak faoliyatini buzilishi boʻlmasa, Siklovalning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Valatsiklovirning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega boʻlgan oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan. Asiklovir buyrak naychalarining faol sekretsiyasi natijasida asosan siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Valatsiklovir qabul qilinganidan keyin simetidin va probenetsid uning buyrak naychalaridagi sekretsiyasini bloklab, atsiklovirning AUC koʻrsatkichini oshiradi va uning buyrak klirensini kamaytiradi. Biroq Valatsiklovirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki atsiklovir keng terapevtik indeksga ega. Asiklovirni mofetil mikofenolati (transplantatsiyada qoʻllaniladigan immunodepressan) bilan bir vaqtda qoʻllanganda, birinchi preparatning va ikkinchining faol boʻlmagan metabolitining AUC koʻrsatkichini oshishi aniqlangan. Valatsiklovirni yuqori dozalarda (sutkada 4 g va undan ortiq) buyrak faoliyatini izdan chiqaruvchi preparatlar (shu jumladan siklosporin, takrolimus) bilan birga qoʻllanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim. Nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini va MNT ni buzilishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Valatsiklovirga, atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; OITV infeksiyasining klinik yaqqol namoyon boʻlgan shakllarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.
Maxsus shartlar
Degidratatsiya (suvsizlanish) xavfi boʻlgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, davolanish davri davomida organizmning adekvat gidratatsiyasini taʼminlash lozim. Valatsiklovir bilan supressiv davolash genital gerpesning yuqish xavfini pasaytiradi, lekin uni toʻliq istisno eta olmaydi va toʻliq sogʻayishga olib kelmaydi. Davolash vaqtida patsiyent jinsiy aloqa qilishda jinsiy sherikning xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim. Immuniteti normal boʻlgan patsiyentlarda atsiklovirga nisbatan kam sezuvchan viruslar juda xam kam uchraydi. Viruslarning past sezuvchanligi xujayralarda timidinkinazaning fenotipik tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi. Kuchsiz yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatni yuqori (sutkada 4 g va undan ortiq) dozalarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori boʻladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak faoliyatini ancha ogʻir buzilishi holatlaridan tashqari holatlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Valatsiklovirni bolalarda klinik qoʻllash tajribasi mavjud emas.
Nojo'ya samaralari
MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, toliqish; bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar; kam hollarda - qoʻzgʻaluvchanlik, tremor, ataksiya, dizartriya, ongni buzilishi, tirishishlar, ensefalopatiya; juda kam hollarda - koma (odatda buyrak faoiyatini buzilishlari yoki boshqa moyillik omillari boʻlgan patsiyentlarda). Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas - dispnoe. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qorinda diskomfort hissi, ogʻriqlar, qusish, diareya, anoreksiya; kam hollarda – jigar funksional testlarini qaytuvchan oʻzgarishlari. Allergik reaksiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaksiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - leykopeniya (asosan immuniteti susaygan bemorlarda kuzatiladi), trombotsitopeniya. Dermatologik reaksiyalar: toshma, fotosezuvchanlik; kam hollarda - qichishish. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishlari; juda kam hollarda – oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakda sanchiq (buyrak faoliyatini buzilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin).
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: atsiklovirning oʻta yuqori dozalari bir necha kun davomida ichga qabul qilinganda koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrishi, ongni chalkashishi rivojlangan. Davolash: toksik taʼsirning belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar qatʼiy nazorat ostida boʻlishlari lozim. Gemodializ atsiklovirni qondan chiqarib yuborilishini ancha sezilarli kuchaytiradi.