ZEKSAT konsentrat 50mg/2ml

Обновлено: 21.07.2022

ZEKSAT konsentrat 50mg/2ml
  • Категория:

    O'smalarga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Metotreksat

  • Производитель:

    Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    L01BA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ZEKSAT konsentrat 50mg/2ml

  • Umumiy ma'lumot

    ZEKSAT konsentrat 50mg/2ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ZEKSAT DORI PREPARATINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA   In‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat 50mg/2ml (25mg/1ml) va 15mg/3ml (5mg/ml) Dori shakli – in‘eksiya uchun eritma TARKIBI Zeksat (ampulalarda) 5 mg/2 ml 1 ml eritmada saqlanadi: Faol modda: metotreksat – 2,5 mg Yordamchi moddalar: natriya xloridi, natriy gidrooksidi, in‘eksiya uchun suv. Zeksat (ampulalar yoki flakonlarda) 50 mg/2 ml 1 ml eritmada saqlanadi: Faol modda: metotreksat – 25 mg Yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy gidrooksidi, in‘eksiya uchun suv. TA‘RIFI 2,5 mg/ml – tiniq, sariq rangli eritma; 25 mg/ml – tiniq, sarg‘ish-jigarrang rangli eritma;   Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita. QO‘LLANILISHI trofoblastik o‘smalar; o‘tkir leykozlar (ayniqsa limfoblastik va mieloblastik); neyrolekemiyalar; noxodjkin limfomalari, shu jumladan limfosarkomalar; sut bezining raki, yassi xujayrali bosh va bo‘yin raki, o‘pka raki, teri raki, bachadon bo‘yni raki, jigar raki, qovuq raki, tuxum va tuxumdonlarning germinogen o‘smasi, jinsiy olat raki, retinoblastoma, medulloblastoma; osteogen sarkoma va yumshoq to‘qimalarning sarkomasi, Yuing sarkomasi; psoriazning og‘ir shakllarida qo‘llanadi. QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR Metotreksat teratogen xususiyatlarga ega va homilaning nobud bo‘lishini chaqirishi mumkin va shuning uchun uni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Metotreksat ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun uni ayollarga emizish davrida buyurish mumkin emas. QO‘LLASH USULI VA DOZALARI Metotreksat ximioterapevtik davolashning ko‘pchilik sxemalari tarkibiga kiradi, shuning uchun uning yuborish yo‘li, tartibi va dozasini tanlashda, har bir shaxsiy holatda, maxsus adabiyotlardagi ma‘lumotlarga asoslanish kerak. Metotreksat in‘eksiyasi mushak ichiga, vena ichiga, arteriya ichiga va intratekal yuborilishi mumkin. Konservantlar saqlaydigan, xususan benzil spirtini saqlaydigan dori shakllarini intratekal yuborish va yuqori dozali davolashda qo‘llash mumkin emas. Metotreksatni yuqori dozalarda qo‘llash juda xavfli bo‘lishi mumkin, shuning uchun yuqori dozali davolash faqat tajribali ximoterapevtlar tomonidan olib borilishi kerak, ular stasionar sharoitlarda kalsiy folinati himoyasi ostida, qon plazmasidagi metotreksat konsentrasiyasini tekshirib borishlari mumkin. Davolash davrida haftasiga bir marta qon manzarasini tekshirib turish lozim. Trofoblastik o‘smalar: 15-30 mg mushak ichiga har kuni 5 kun davomida bir hafta yoki undan ko‘proq muddatli interval bilan (toksiklikning belgilariga bog‘liq). Davolash kurslari odatda 3 dan 5 martagacha qaytariladi. Yirik o‘smalar: 30-40 mg/m2 vena ichiga haftada bir marta. Leykozlar va limfomalar: 200-500 mg/m2 2-4 haftada 1 marta vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. Neyroleykemiya: 12 mg/m2 intratekal 15-30 sekund davomida haftada 1 yoki 2 marta. Bolalarni davolaganda doza bolaning yoshiga qarab belgilanadi: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 6 mg, 1 yoshdagi bolalarga – 8 mg, 2 yoshdagi bolalarga – 10 mg, 3 yosh va undan oshgan bolalarga – 12 mg. Dorini yuborishdan oldin taxminan unga teng bo‘lgan hajmdagi orqa miya suyuqligini olib tashlash kerak. Yuqori dozali davolash: 2 dan 15 g/m2 gacha bo‘lgan 4-6 soatli vena ichiga yuboriladigan infuziya shaklida 1-5 haftali interval bilan, albatta kalsiy folinatini keyingi yuborilishi bilan, u odatda metotreksat infuziyasi boshlanganidan 24 soatdan keyin buyuriladi va har 6 soatda 3-40 mg/m2 (odatda 15 mg/m2) va undan yuqori dozalarda yuboriladi, 48-72 soat davomida kon zardobidagi metotreksat konsentrasiyasiga bog‘liq holda. Revmatoid artrit: boshlang‘ich doza odatda haftada 7,5 mg ni tashkil qiladi va u bir vaqtda yuboriladi yoki 12 soat interval bilan uch qabulga bo‘linadi. Optimal samaraga erishish uchun haftalik doza oshirilishi mumkin, shu bilan birga u 20 mg dan oshmasligi kerak. Optimal klinik samaraga erishilgach, dozani eng past samarali dozasigacha kamaytirishni boshlash kerak. Terapiyaning optimal davomiyligi noma‘lum. Psoriaz: Metotreksat bilan davolash haftada 10 dan 15 mg gacha dozalarda mushak ichiga yoki vena ichiga yuborib o‘tkaziladi. Doza odatda sekin-asta oshirilib boriladi, optimal klinik samaraga erishilgach, doza eng kam samarali dozaga erishilgunicha kamaytirilib boriladi. Zamburug‘simon mikoz: mushak ichiga 50 mg dan haftada bir marta yoki 25 mg dan haftada ikki marta. Dozani kamaytirish yoki preparat yuborilishini bekor qilish bemorning reaksiyasiga va gematologik ko‘rsatkichlarga bog‘liq. NOJO‘YA TA‘SIRI Qon ishlab chiqarish tizimi: Leykopeniya, neytropeniya, limfopeniya (ayniqsa T-limfositlar), trombositopeniya, anemiya. Me‘da-ichak yo‘llari va jigar: Anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, gingivit, glossit, enterit, diareya, me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishi, jigar faoliyatining buzilishi, jigar fibrozi va sirrozi (metotreksat bilan uzoq muddatli uzluksiz yoki har kuni davolanayotgan bemorlarda ularning ehtimoli yuqori). DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI Metotreksat dozasi tasodifan oshirib yuborilganida toksiklikni kamaytirish uchun va qarshi ta‘sir ko‘rsatish uchun Kalsiy folinatidan foydalanish tavsiya etiladi (folin kislotasining kalsiyli tuzi). Kalsiy folinatini yuborishni imkon qadar tez boshlash kerak, birinchi soatlarda metotreksat dozasiga teng yoki ortiqroq dozada boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi; keyingi dozalari qon zardobidagi metotreksat konsentrasiyasiga qarab zarurati bo‘lganida yuboriladi. Metotreksat va/yoki uning metabolitlarini buyrak naychalarida presipitasiyasini oldini olish uchun, organizmini gidratasiyasi va siydikni ishqoriylash o‘tkaziladi. Agar metotreksatning o‘rtacha dozalari noxush ta‘sir ko‘rsatsa, uning ekvivalenti 6-12 mg folin kislotasini mushak ichiga xar 6 soatda (4 ta doza) yuborish mumkin. CHIQARILISH SHAKLI METOTREKSAT in‘eksiya uchun eritma shaklida flakonlarda va ampulalarda. 2,5 mg/ml doza uchun: 2 ml preparat ampulada; 5 ta ampula qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 25 mg/ml doza uchun: 2 ml, 4 ml yoki 20 ml preparat flakonlarda yoki 2 ml dan ampulalarda; 50 ta flakon (2 ml yoki 4 ml) qo‘llash yo‘riqnomasi bilan plastik qutiga joylangan. 5 ampuladan (2 ml) yoki 1 flakondan (2 ml, 4 ml, 20 ml) qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 100 mg/ml doza uchun: 10 ml preparat flakonlarda, 1 flakondan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 50 flakonlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan penoplast qutida (stasionarlar uchun). SAQLASH SHAROITI Quruq, qorong‘i va bolalar ololmaydigan joyda, +150 – +25°S haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 2,5 mg/ml doza uchun – 2 yil 25 mg/ml doza uchun – 2 yil Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatish mumkin emas. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?