BENZILBENZOATA MEDISINSKOGO maz 20%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Parazitlarga qarshi vositalar
Страна производитель:
---
Активное вещество:
Benzilbenzoat
Производитель:
---
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
P03AX01 Бензилбензоат
Инструкция BENZILBENZOATA MEDISINSKOGO maz 20%
Umumiy ma'lumot
BENZILBENZOATA MEDISINSKOGO maz 20% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar BENZILBENZOAT preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA Preparatning savdo nomi Benzilbenzoat. Xalqaro patentlanmagan nomi Benzilbenzoat. Dori shakli sirtga qo‘llash uchun surtma. Tarkibi 1 g surtma saqlaydi: ta‘sir etuvchi modda: benzilbenzoat – 200,0 mg; yordamchi moddalar: trolamin – 50,0 mg, stearin kislotasi 95 – 200,0 mg, makrogol-400 – 50,0 mg, suv – 1,0 g gacha. Ta‘rifi Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos hidli surtma. Havo pufakchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi Qo‘tirga qarshi vosita. ATX kodi: R03AX01 Farmakologik xususiyatlari Sirtga qo‘llash uchun qo‘tirga qarshi vosita. Qo‘tir kanalariga nisbatan zaharli ta‘sir ko‘rsatadi. Lichinkalarni va yetuk qo‘tir kanalarning o‘limini chaqiradi; tuxumlariga ta‘sir qilmaydi. Farmakokinetikasi Epidermisning yuqori qatlamlariga kiradi, tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi. Qo‘llanilishi Qo‘tir. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga. Surtma kechasiga yuvingandan keyin barcha teri qoplamasiga, yuz va boshning sochli qismidan tashqari, qo‘l bilan ishqalab surtiladi, qo‘llar ertalabgacha yuvilmaydi, bir surkashga 30-40 g surtma sarflanadi. To‘rtinchi kuni ishlov berish takrorlanadi, beshinchi kuni ichki kiyim va ko‘rpa-to‘shak jildlarini almashtirish bilan yuvinish buyuriladi. Nojo‘ya ta‘siri Mahalliy reaksiyalar: achishish hissi, terini ta‘sirlanishi, allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi Mahalliy qo‘llanganida benzilbenzoat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmasligi tufayli, preparatning dozasini oshirib yuborish hollari aniqlanmagan. Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri Benzilbenzoat surtmasini boshqa preparatlar bilan farmakologik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan, lekin barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi uni boshqa sirtga ishlatiladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Takroriy zararlanishni oldini olish uchun, zararlanish o‘chog‘idagi bemorlarni, shu jumladan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganlarni ham bir vaqtda davolash lozim. Davolanishdan keyin qichishishni saqlanib qolishi spesifik davolashning qo‘shimcha kursini buyurish uchun sabab bo‘laolmaydi. Qichishish nobud bo‘lgan kanaga va uning hayot faoliyatining mahsulotlarga nisbatan organizmning reaksiyasi bo‘lib, antigistamin preparatlar yoki glyukokortikosteroidli surtmalar buyurilganida o‘tib ketadi. Davolanishdan so‘ng 2 hafta davomida, asoratlar kuzatilganida esa undan ham uzoqroq vaqt shifokor nazorati talab etiladi, Shikastlangan teriga tekkan barcha predmetlarga, zararsizlantirish maqsadida yaxshilab ishlov berish lozim. O‘rin-ko‘rpa jihozlari, ichki kiyim, sochiqni kir yuvish kukuni eritmasida 5-10 minut qaynatish lozim. Ustki kiyimlar ikki tomoni issiq dazmol bilan dazmollanadi. Termik ishlov berib bo‘lmaydigan buyumlar ochiq havoda 3 kun yoyib qo‘yiladi. Poyafzal, o‘yinchoqlar va boshqa predmetlarni 5 kun ishlatish man etiladi va sellofan paketlarga joylashtiriladi. Matraslar, yostiqlar va ko‘rpalarni ham 5 kun ishlatish man etiladi va kamerada dezinfeksiyasiyalanadi. Yumshoq mebelga dezinseksiyalovchi preparatlar bilan ishlov berish mumkin. Kvartira tozalanadi, pollar dezinfeksiyalovchi moddalar qo‘shilgan yuvish vositalari bilan yuviladi. Preparatni ko‘z, burun, og‘izga tushishidan saqlanish kerak. Preparat tushganda quyidagi choralar ko‘riladi: og‘izga tushganida: og‘izni ko‘p miqdordagi suv bilan yoki 2% iliq natriy gidrokarbonati eritmasi («ichimlik sodasi») bilan chayiladi; me‘daga tushganida: me‘da 1%-2% natriy gidrokarbonati eritmasi (ichimlik sodasi), ko‘ydirilgan magneziyaning suvli aralashmasi yoki faollashtirilgan ko‘mir bilan yuviladi; burunga tushganida: suv bilan yaxshilab yuviladi; ko‘zga tushganida: suv va natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi. Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun 20% surtma. 25 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng preparat ishlatilmasin. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz Ulashish: