OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5

Обновлено: 21.07.2022

OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Ondansetron

  • Производитель:

    Dr.Reddy's Laboratories Ltd

  • Количество в упаковке:

    5

  • Код ATX:

    A04AA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5

  • Qadoqda soni

    5

  • Umumiy ma'lumot

    OSETRON inyeksiya uchun eritma 4ml 2mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA OSETRON® OSETRON Preparatning savdo nomi: Osetron® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ondansetron Dori shakllari: qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 4 mg va 8 mg.                                 in‘eksiya uchun eritma ampulalarda, 4 mg/2 ml va 8 mg/4 ml Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda – ondansetron gidroxloridi 4,988 mg yoki 9,976 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, magniy stearati, suvsiz kremniy kolloidi, gipermelloza (15 cps), titan dioksidi, tozalangan talk, propilenglikol, dixlormetan*, izopropil spirti* (*ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi). In‘eksiya uchun 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda – ondansetron gidroxloridi 2,494 mg yordamchi moddalar: limon kislotasi, monogidrati, natriy sitrati, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi Tabletkalar: oq, dumaloq ikkiyoqlama qabariq bir tomonida «Rx» yozuvi va boshqa tomoni tekis yuzali tabletkalar. In‘eksiya uchun eritma: tiniq USP 1 tur 2 va 5 ml qajmli ampulalarga to‘ldirilgan tiniq, rangsiz eritma. Farmakoterapevtik guruhi: qusishga karshi vosita ATX kodi: A04AA01 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Ondansetron – qusishga qarshi vosita, yuqori selektiv va 5NT3 reseptorlarini raqobatli antagonisti (periferik va markaziy nerv tizimida joylashgan serotonin reseptorlarining kichik sinfi). Ximioterapevtik preparatlar va nur bilan davolash me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatining enteroxromafin hujayralaridan serotoninni ajralib chiqishiga sababchi bo‘lishi mumkin, bu qusish refleksini, hamda u bilan birga kechuvchi ko‘ngil aynishi hissini chaqiradi. Osetron® bu refleksda ishtirok etadigan periferik nervlarning 5NT3 reseptorlarni presinaptik membranalarini selektiv bloklaydi. Bundan tashqari, preparat bosh miya o‘zagida joylashgan 5NT3 reseptorlariga ta‘sir qiladi. Shunday qilib, ondansetron ximio- va radio terapiya chaqirgan ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qiladi, bu qanday-bo‘lmasin jiddiy ekstrapiramid samaralarni chaqirmaydi. Farmakokinetikasi Ondansetron ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi va jigardan birinchi o‘tishda metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidagi cho‘qqi konsentrasiyasiga (Smax) peroral qabul qilingandan keyin taxminan 1,5 soat o‘tgach 8 mg ondansteron vena ichiga yuborilganidan keyin 5 minut o‘tgach 80-100 mkg/l ga teng Smax ga erishiladi. Preparatni biokirishaolishligi taxminan 60% ni tashkil qiladi, bir vaqtda ovqat qabul qilinganida biroz oshadi. Og‘iz orqali qabul qilinganida, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganda ondasteronning taqsimlanishi bir xil. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi o‘rtacha va 70-76% ni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning asosiy qismi (85-90%) jigarda sitoxrom R450 ishtirokida indol siklining birikmalarigacha gidroksillanadi, so‘ngra esa glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan kon‘gasiya qiladi. Metabolitlar ahlat va siydik bilan chiqariladi. Preparatning taxminan 10% o‘zgarmagan holda chiqariladi. 8 mg ondansetronni keyingi og‘iz orqali buyurilganda qon plazmasidagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 1,6 soat o‘tgach erishiladi. Umumiy taqsimlanish hajmi 1,9 l/kg ni tashkil qiladi, yarim chiqarilish davri 5 soatgacha oshadi. Ondasteronning farmakokinetik parametrlari ko‘p marta yuborilganida o‘zgarmaydi. Jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda ondasteronni tizimli klirensi keskin kamayadi, buning natijasida uning yarim chiqarilish davri uzayadi          (15-32 soatgacha), og‘iz orqali qabul qilinganidagi biokirishaolishligi tizim oldi metabolizmini kamayishi oqibatida 100% ga yetadi. Qo‘llanilishi Sitostatik ximioterapiya yoki nur bilan davolash, chaqirgan, hamda operasiyadan keyingi davrdagi ko‘ngil aynishi va qusishda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Sitostatik davolashni o‘tkazishdan oldin dozalash tartibi qusish reaksiyasining yaqqollik darajasiga ko‘ra shaxsiy. Osetronning maksimal sutkalik dozasi 32 mg ni tashkil qiladi, jigar funksiyasining o‘rtacha va og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun – 8 mg. In‘eksiya uchun eritma shaklidagi osetronni mushak ichga yoki vena ichiga bir martalik in‘eksiya yoki infuziya orqali yuborish mumkin. Osetronning infuziya uchun eritmasini tayyorlash uchun 0,9% natriy xloridi eritmasi, 5% glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi ishlatiladi. Infuzion yuborish uchun eritma bevosita yuborishdan oldin tayyorlanadi; to‘liq ishlatilgunicha 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt 2-8°S haroratda saqlanadi. Infuziyani o‘tkazish vaqtida yorug‘likdan himoya qilish talab qilinmaydi (me‘yoriy yorug‘likda). Emetogen ximioterapiyasi va nur bilan davolash Kattalarga 8 mg dozada vena ichiga asta-sekin davolashdan bevosita oldin yoki ichga davolashni o‘tkazishdan oldin, keyinchalik ichga 8 mg dan 12 soatlik oraliqda buyuriladi. Kechki yoki muddati uzaygan qusishlarni oldini olish uchun birinchi 24 soatdan keyin 8 mg dozani, keyinchalik ichga sutkada 2 martadan ximioterapiya tugagandan boshlab 5 kungacha davom ettirish kerak. Yuqori emetogen ximioterapiyasi bir martalik 8-32 mg dozada vena ichiga asta-sekin bevosita ximioterapiyani o‘tkazishdan oldin: 8 mg dozadan yuqori dozada yuborilganida osetronni 50-100 ml vena ichiga qo‘yish uchun eritmada (0,9% li natriy xlorid eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi, Ringer eritmasi) suyultirish va infuziyani kamida 15 minut davomida o‘tkazish kerak. 8 mg doza vena ichiga asta-sekin ximioterapiya kursini o‘tkazishdan oldin, so‘ngra vena ichiga 2 marta 8 mg dozada 2-4 soatlik oraliq bilan yoki vena ichiga tomchilab soatiga 1 mg dozada 24 soat davomida. Kechki yoki muddati uzaygan qusishni bartaraf qilish uchun birinchi 24 soatdan keyin osetronni ichiga 8 mg dozada sutkada 2 marta ximioterapiya tugagandan keyin 5 kungacha bo‘lgan muddatda qo‘llash tavsiya qilinadi. Bolalarga bir martalik vena ichiga in‘eksiyalar ko‘rinishida 5 mg/m2 dozada ximioterapiya o‘tkazishdan bevosita oldin, keyinchalik ichga 4 mg dozada in‘eksiyadan 12 soat keyin buyurish mumkin. Qusishni oldini olish uchun keyingi 5 kun davomida osetron® ichga 4 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusish Kattalar: operasiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish uchun osetron® ichga 16 mg dozada anesteziyadan 1 soat oldin buyuriladi. 4 mg ni muqobil asta-sekin vena ichiga yoki anesteziya induksiyasi vaqtida in‘eksiya ko‘rinishida buyurish mumkin. Operasiyadan keyingi rivojlangan ko‘ngil aynish va qusishni bartaraf qilish uchun 4 mg ni bir marta mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuborish tavsiya qilinadi. Bolalar: bolalarda operasiyadan keyingi ko‘ngil aynish va qusishni bartaraf qilish uchun osetronni 0,1 mg/kg dozada (maksimal 4 mg gacha asta-sekin vena ichiga in‘eksiya ko‘rinishida anesteziya induksiyasi vaqtida yoki undan keyin buyurish mumkin. Bolalarda operasiyadan keyingi rivojlangan ko‘ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish uchun, shuningdek osteronni 0,1 mg/kg dozada (maksimal 4 mg gacha) asta-sekin vena ichiga in‘eksiyasi ko‘rinishida buyurish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari bosh og‘rig‘i,bosh aylanishi, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi (noaniqlik, akkomadasiyani buzilishi), MNT susayishi, paresteziyalar, holsizlik, tirishish xurujlari, ekstrapiramid simptomatika, hushni yo‘qotish. qabziyat, diareya, og‘izniqurishi, hichoq tutish, aminotransferazalar darajasini (ACT yoki ALT) tranzitor oshishi, jigar yetishmovchiligi. issiqni va yuzga qonoqib kelishini his qilish gipokalemiya, taxikardiya yoki bradikardiya, gipotenziya, hushni yo‘qotish, kukrakda og‘riqlar (anginoz turi), ritmni buzilishi, II darajali atrioventrikulyar blokadani ham qo‘shib. eshakemi, bronxospazm, angionevrotik shish, anafilaksiya, og‘riq, in‘eksiya joyida qizarish va achishish. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ondansetronga yoki preparatning qanday bo‘lmasin komponentiga yuqori sezuvchanlik homiladorlik, emizish, (davolash vaqtida to‘xtatiladi) bolalar: anesteziya holida 2 yoshgacha, ximioterapiyada – 4 yoshgacha qo‘llash mumkin emas. Dorining o‘zaro ta‘siri Osetron® jigarda sitoxrom R450 ferment tizimi ishtirokida metabolizmga uchraydi – R450 fermenti (CYP2D6 va CYP3A) ingibitorlari: – allopurinol, makrolid antibiotiklar, antidepressantlar – MAO ingibitorlari, xloramfenikol, simetidin, estrogen saqlovchi peroral kontraseptivlar, diltiazem, disulfiram, valproat kislotasi, valproat natriy, flyukonazol, ftorxinolon, izoniazid, ketokonazol, lovastatin, metronidazol, omeprazol, propranaol, xinidin, xinin, verapamil bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Maxsus ko‘rsatmalar 5NT3 reseptorlarini boshqa selektiv antogonistlari ilgari qo‘llangan pasientlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilgan, osetronni qo‘llanganda ham o‘xshash reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Osetron® qabziyatni chaqiradi, ichak o‘tkazmasligi bo‘lgan bemorlarda preparat qo‘llanganidan keyin muntazam kuzatuv talab qilinadi. Jigar va buyraklar funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llanilishi Jigar yetishmovchiligida Osetron® klirensi kamayadi va yarim chiqarilish davri oshadi, bu dozaga tuzatish talab qiladi. Sutkalik dozani 8 mg dan oshirmaslik talab qilinadi. Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparatni bemorlarga buyurishda markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya holatlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni vaqtinchalik buzilishi) rivojlanadi, yuqori diqqat va tezkor reaksiyalarni talab qiladigan ishlarni bajarishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: nojo‘ya samaralarni kuchayishi (manifestasiyasi). Davolash: preparatni bekor qilish va hayotiy muhim funksiyalarni tutib turishga yo‘naltirilgan simptomatik davolash. Maxsus antidoti yo‘q. Chiqarilish shakli va o‘rami Tabletkalar 4 mg va 8 mg dan. Blisterlarga 10 tabletkadan o‘ramlangan. 1 blister karton quti ichiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga joylangan. 5 bunday qutilar 1 tashqi qutiga joylangan. In‘eksiya uchun eritma ampulalarda 4 mg/2 ml va 8 mg/4 ml dan. Blisterlarga 5 ampuladan o‘ramlangan. 1 blister karton quti ichiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga joylangan. 5 bunday qutilar 1 tashqi qutiga joylangan. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, + 25°S gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha.   Ulashish:

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?