ANGAL pastilkalar so vkusom limona N24
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Tomoq hastaliklariga qarshi dorilar
Страна производитель:
Sloveniya
Активное вещество:
Lidokain, Xlorgeksidin
Производитель:
Lek-Sandoz
Количество в упаковке:
24
Код ATX:
R02АA20
Инструкция ANGAL pastilkalar so vkusom limona N24
Qadoqda soni
24
Umumiy ma'lumot
ANGAL pastilkalar so vkusom limona N24 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ILOVA-VARAQASI Preparatni qo‘llashdan oldin qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. U Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi. Ushbu dori reseptsiz beriladi. Shunday bo‘lsada, optimal samaraga erishish uchun yo‘riqnomaga rioya qilish kerak. – Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani saqlab qo‘ying. Keyinroq Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin. – Qo‘shimcha ma‘lumot yoki maslahat olish uchun farmasevtga murojaat qiling. – Simptomlar kuchayganda yoki 3-4 kun davomida yahshilanish kuzatilmasa, davolovchi shifokorga murojaat qilish kerak. – Agar nojo‘ya samaralar og‘irlashsa yoki ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. Mazmuni: Angal® pastilkalari nima va u nima uchun qo‘llanadi. Angal® pastilkalarini qo‘llashdan oldin. Angal® pastilkalarini qanday qo‘llash kerak. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari. Saqlash sharoitlari va yaroqlilik muddati. ANGAL® pastilkalar tomoq yallig‘lanishini davolash uchun qo‘llanadi Tarkibi Bir pastilka 5 mg xlorgeksidin digidroxloridi va 1 mg lidokain gidroxloridi saqlaydi. Yordamchi moddalar: levomentol, suvsiz limon kislotasi, sorbitol, magniy stearati. Pastilkalar qand saqlamaydi. Ta‘rifi Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, bir oz sezilarli dog‘lari bo‘lgan pastilkalar. O‘rami: perforasiya qilingan blisterda 24 pastilkadan (2x12) qutida. 1.ANGAL® PASTILKALARI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI ANGAL® pastilkalari antibakterial va mahalliy og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga ega. Pastilkalarning tarkibidagi xlorgeksidin grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, shuningdek dermatofitlarga va zamburug‘larga ta‘sir ko‘rsatuvchi kation antiseptik hisoblanadi. Xlorgeksidin ayrim lipofil viruslarning (gripp virusi, gerpes virusi, OITS) infektiv xususiyatini tez bloklaydi. Past konsentrasiyalarda bakteriyalarni ko‘payishini to‘xtatadi, yuqori konsentrasiyalarda – ularni nobud qiladi. Ikkinchi faol modda lidokain, amid tipidagi mahalliy anestetik. U mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Pastilkalar quyidagilar uchun qo‘llanadi: og‘iz va halqumning yallig‘langan shilliq qavatini mahalliy davolash uchun; og‘izning shilliq qavatini yallig‘lanishida og‘riqni bartaraf qilish uchun; angina simptomlarini (yutishda og‘riq, ta‘sirlanish) yengillatish uchun qo‘llaniladi. ANGAL® PASTILKALARINI QO‘LLASHDAN OLDIN Preparat qo‘llanilmasin: Ushbu preparatning ta‘sir etuvchi moddalariga (xlorgeksidin, lidokain) yoki har qanday boshqa komponentiga yoki lidokain kabi boshqa maxalliy anestetiklarga allergiyada (o‘ta yuqori sezuvchanlik); 5 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas; Preparat levomentol saqlaganligi tufayli, anamnezda mushak tirishishlar bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas. Quyidagilarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak: agar tana harorati oshgan bo‘lsa va tomoqda kuchli og‘riq bilan kechuvchi yutishda qiyinchilik bo‘lsa. yurak yetishmovchiligida; jigar funksiyasini buzilishida; yurak ritmini buzilishini (aritmiyalar) davolash uchun preparatlar qabul qilinganda; allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Bunga o‘xshash holatlarda preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparat ko‘pincha tish pastasi tarkibiga qiruvchi ayrim moddalar bilan nomutanosib. Shu boisdan tish pastasi va ushbu preparatni qo‘llash orasida kamida 30 minutli davrga amal qilish lozim. Agar 3-4 kun davomida simptomlar kuchaysa yoki holat yaxshilanmasa, shifokorga murojat qilish lozim. Boshqa preparatlar qabul qilish Agar Siz xar qanday dori preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori preparatlarni qabul qilgan bo‘lsangiz, bu xaqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar qiling. Angal preparatini xolinesteraza fermentini susaytiruvchi boshqa preparatlar (neostigmin, distigmin, piridostigmin) va miasteniya gravis (mushak zaifligi bilan namoyon bo‘luvchi autoimmun kasallik) davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin. Angal va yurak ritmini buzilishini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarni bir vaqtda qo‘llanganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Angalni tomoqda yallig‘lanishni kamaytiruvchi boshqa preparatlar (antiseptiklar) bilan, ularning o‘zaro ta‘siri tufayli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Bu holat Angal pastilkalari singari bir hil faol moddalarni saqlovchi preparatlarga (masalan Angal S spreyi) taalluqli emas. Angal pastilkalari va Angal S sprey birga qo‘llanganda sutkalik dozani oshirish mumkin emas. (“Angal® pastilkalarini qanday qo‘llash kerak” bo‘limiga qarang); Homiladorlik va emizish davri Homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak. Shifokor tomonidan buyurilgan holatlardan tashqari, Angal homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Transportni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri O‘rganilmagan. Yordamchi moddalar haqida ma‘lumot Bitta pastilka 1,2 mg sorbitol saqlaydi. Ushbu preparatni diabet bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin. Fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan odamlarda qo‘llash mumkin emas. Ayrim odamlarda sorbitol me‘da-ichak buzilishlarini (diareya) chaqirishi mumkin. ANGAL® PASTILKALARI QANDAY QO‘LLANADI Mahalliy qo‘llash uchun buyuriladi. Bitta pastilka og‘izda sekin shimiladi. Kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlar: kuniga 6 dan – 10 tagacha pastilka buyuriladi. 5 yoshdan katta bolalar: kuniga 3 tadan-5 tagacha pastilka buyuriladi. Kattalar uchun maksimal doza: bir martalik doza 5 mg xlorgeksidin (tana vazni 0,08 mg/kg) va 1 mg lidokainni (tana vazni 0,02 mg/kg) tashkil qiladi, bu 1 pastilkaga to‘g‘ri keladi; sutkalik doza 50 mg xlorgeksidin va 10 mg lidokainni tashkil qiladi, bu 10 pastilkaga to‘g‘ri keladi. Angal pastilkalarini Angal sprey bilan birga qo‘llash mumkin, lekin sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Kattalarda preparatning ikkala shaklini 10 martagacha birga qo‘llash mumkin. Masalan, agar Siz 1 pastilka qabul qilsangiz, shu kun davomida Siz Angal S spreyni 9 marta qo‘llashingiz mumkin. Agar Siz 2 pastilka qabul qilsangiz, shu kun davomida Siz Angal S spreyni 8 marta qo‘llashingiz mumkin va hokazo. Bolalarda pastilkalarni qabul qilish va sprey bilan birga qo‘llash mumkin emas. Preparatni uzoq muddat qo‘llash uchun mo‘ljalanmagan. Preparatni 3-4 kundan ortiq va xaddan tashqari tez-tez qo‘llash mumkin emas. Tomoqni yallig‘lanishi tufayli og‘riqni va ta‘sirchanlikni kamayishigacha preparatni qo‘llash lozim. Simptomlar kuchayganida yoki 3-4 kun davomidan so‘ng holat yaxshilanmasa shifokorga murojaat qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishi Angalning dozasi oshirib yuborilganida zudlik bilan shifokorga yoki farmasevtga murojaat qilish kerak. Ushbu dori preparati og‘iz bo‘shlig‘ida maxalliy qo‘llanganiga va toksik ko‘rinishlar namoyon bo‘lishiga yetarli dozalar saqlab mosligiga qaramay tasodifan yoki ehtiyotsizlik oqibatida ichga qabul qilinganda, dozani oshirib yuborilishi ehtimoli mavjud. Ayniqsa bu bolalarga taalluqlidir. Tizimli intoksikasiya markaziy nerv tizimi va yurak-qon tomir tizimiga ta‘sir ko‘rsatishi oqibatida yuz beradi. Dozani oshirib yuborilishining birinchi belgilari markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ortiqcha dozalar (xar kuni 20 pastilkadan ortiq) qo‘llangandan keyin yutishni buzilishi rivojlanishi mumkin (yutish refleksini nazorati ustidan susayadi). Markaziy nerv tizimiga ta‘siri tufayli quyidagi: bosh og‘rig‘i, gallyusinasiyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alishi, quloqlarni shang‘illashi yoki jaranglashi (tinnitus), terida noxush hislar (masalan, qitiqlovchi yoki sanchiqlar), nutqni buzilishi, eshitishni buzilishi, og‘iz sohasida uvishish, asidoz (tez-tez nafas olish, ongni chalkashishi, charchoq kabi simptomlari) kuzatilishi mumkin. Ko‘z olmasining nazorat qilib bo‘lmaydigan ritmik xarakatlari, mushaklarni tortishishi, psixozlar, konvulsiyalar (tirishishlar), nafasni to‘xtab qolishi, koma, tirishishlar, ong darajasini pasayishi kabi simptomlar rivojlanishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri oqibatida: to‘satdan arterial bosimni pasayishi, yurak ritmini sekinlashishi, yurak ritmini buzilishlari va to‘satdan yurak to‘xtashi yuz berishi mumkin. Shuningdek me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar (qusish, qizilo‘ngach, me‘da va (yoki) o‘n ikki barmoq ichak yaralari, xalqum shishi), quvonchli-qo‘zg‘algan kayfiyat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi, ta‘m sezishni to‘liq yo‘qolishi (bir necha soat davom etuvchi) va jigar fermentlari darajasini oshishi (faqat qon taxlilida aniqlanadi) paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘llashni o‘tkazib yuborilishi Unutilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan savollar paydo bo‘lganida shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. KUZATILISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI Barcha dori preparatlari kabi Angal xam, garchi ular hammada paydo bo‘lmasada nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Ularni paydo bo‘lish tezligi bo‘yicha tasniflanuvchi quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Tez-tez (100 nafar pasientdan 1-10 nafarida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, terida allergik reaksiyalari. Kam hollarda (10000 nafar pasientdan 1-10 nafarida uchraydi): preparat bilan kontaktdan keyingi qichishish bilan kechuvchi toshma, terida qichishuvchi tugunli toshma, til yoki xalqumni shishi, nafasni qiyinlashishi, qorinda og‘riq, diareya, arterial bosimni keskin pasayishi natijasidagi bosh aylanishi kabi simptomlar bilan kechuvchi og‘ir allergik reaksiyalar. Tez-tezligi noma‘lum (bor ma‘lumotlar asosida baxolab bo‘lmaydi): uyquchanlik, orientasiyani buzilishi, ongni chalkashishi (jumladan nutqni chalkashishi), bosh aylanishi, tremor, psixoz, asabiylik, sanchiq, uvishish, tirishishlar, xushdan ketish, koma, quloqlarni shang‘illashi, qo‘zg‘alish (bezovta xarakati bilan kechuvchi og‘ir qo‘zg‘aluvchanlik), quvonchli-qo‘zg‘algan holat (eyforiya), ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, ko‘rish), yutishni qiyinlashishi, ta‘mni sezishni keyingi buzilishlari yoki tilni achishish hissi, og‘iz shilliq qavatini yiringlashi va toshmalar, mushaklarni tortishishi yoki titrashi (tremor), og‘izda sovuq yoki issiqlikni xis qilish, quyosh nurlariga terini yuqori sezuvchanligi (sekinlashgan turi) va (yoki) terida boshqa reaksiyalar, nafasni qiyinlashishi, yuzaki tez-tez nafas olish, uni qiyinlashishi va tezlashishi va terini ko‘karishiga olib kelishi, nafasni to‘satdan to‘xtashi, holsizlikni va quvvat yo‘qolishini his etish, qonda o‘zgarishlar, ular bosh og‘rig‘i, toliqish, nafasni qiyinlashishi va terini ko‘karish tusi bilan namoyon bo‘ladi. Xlorgeksidinni og‘iz bo‘shlig‘ida uzoq vaqt va uzluksiz qo‘llaganda ayrim pasientlarda tishlarni vaqtincha qorayishi paydo bo‘lishi mumkin. Tishlarni bunday qorayishini bartaraf qilish mumkin. Hozirgi vaqtgacha preparat tomoqda mahalliy qo‘llanganda tishlarni qorayishi haqida ma‘lumotlar bo‘lmagan. Agar Sizda quyidagi ko‘rsatilgan xar qanday simptomlarni birontasi paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni zudlik bilan to‘xtating va tezda davolovchi shifokorga yoki yaqindagi tibbiy muassasasiga murojaat qiling, chunki bu juda og‘ir allergik reaksiyalarning simptomlari bo‘lishi mumkin. qo‘l, oyoqlarni, to‘piq bo‘g‘imlarini, yuz, lab, og‘iz yoki tomoq shishi, bu yutinishni yoki nafasni buzilishlarini chaqirishi mumkin; butun tana bo‘yicha toshma; eshakemi; xushdan ketish. Agar Sizda har qanday noxush samaralar og‘irlashsa yoki ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. SAQLASH VA YAROQLILIK MUDDATI Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Pastilkalarni namlikdan saqlash uchun original o‘ramda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati: 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin. Berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: