ROMASHKI SVETKI 1,5 N20
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Stomatologik vositalar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
---
Производитель:
ЗДОРОВЬЕ ФИРМА, ООО
Количество в упаковке:
20
Код ATX:
A01AB11
Инструкция ROMASHKI SVETKI 1,5 N20
Qadoqda soni
20
Umumiy ma'lumot
ROMASHKI SVETKI 1,5 N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQnoma ROMASHKI SVETKI FLORES CHAMOMILLAE Savdo nomi: Romashki svetki. Astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, madaniylashtirilgan va yovvoyi holda o‘suvchi bir yillik dorixona moychechagi o‘tsimon o‘simligi, (Chamomilla recutita (L.) Rauscheri, Matricaria recutita (L.), M. Chamomilla (L.), gullashi boshlanganida yig‘ilgan va quritilgan gullari (gul savatchalari). Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi. Tarkibida: efir moyi (uning asosiy komponenti xamazulen), flavonoidlar (apigenin, kversetin, lyuteolin, kversimeritrin, rutin va boshqalar), kumarinlar (gerniarin, umbelliferon), matrikarin, matrisin, antemis kislotasi, karotin, vitamin S, shilliq, taxir va boshqa moddalar saqlaydi. Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita. Farmakologik xususiyatlari Yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik, allergiyaga qarshi, terlatuvchi, antiseptik va burishtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, regenerasiya jarayonlarini rag‘batlantiradi. Qo‘llanilishi Ichga. Me‘da-ichak yo‘llarining infeksion bo‘lmagan yallig‘lanish va spastik kasalliklari (surunkali spastik kolit, o‘tkir va surunkali gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi va ular bilan birga kechuvchi meteorizmda) qo‘llanadi. Sirtga. Gingivitlar, stomatitlar, otitlar, tonzillitlar, vaginitlar, dermatozlar, trofik yaralar va boshqalarda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat damlama ko‘rinishida ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq moychechak gullari emallangan idishga solinadi, ustidan 1 stakan (200 ml) qaynatilgan xona haroratidagi suv quyiladi, idishni qopqog‘i yopilib, qaynab turgan suv hammomida tez-tez aralashtirib turib 15 min davomida ushlanadi, keyin xona haroratida kamida 45 min davomida sovutiladi, dokadan o‘tkaziladi (hom-ashyosini siqib) va hajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml (bir stakan) gacha yetkaziladi. Tayyorlangan damlamani salqin joyda ikki sutkagacha saqlash mumkin. Ichga 1-5 osh qoshiqdan kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi. Bolalarga 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Damlamani sirtga chayishlar, primochkalar, vannalar ko‘rinishida qo‘llanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Yuqori sezuvchanlikda allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatga yuqori sezuvchanlik. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim. Chiqarilish shakli 30 g, 50 g, 100 g dan karton qutilarda; 10 kg, 15 kg, 20 kg dan qoplarda. Saqlash sharoiti Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 1 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: