SERTOBEK inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/ml N1

Обновлено: 21.07.2022

SERTOBEK inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/ml N1
  • Категория:

    Oftalmologik vositalar

  • Страна производитель:

    Ruminiya

  • Активное вещество:

    natriya gialuronat

  • Производитель:

    Dr. Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    S01EX

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SERTOBEK inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/ml N1

  • Dori shakli

    Бўғим ичига юбориш учун эритма шиша шприцда. 2 мл сиғимли 1 шприц контур уяли ўрамда. 1 контур уяли ўрам игна ва қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.

  • Qadoqda soni

    1

  • Dozirovkasi

    Сертобек препарати фақат бўғим ичига юбориш учун қўлланади. Препарат асептик шароитларда фақат шифокор мутахассислар томонидан инъекция қилинади. Тайёр шприц стерил футлярдан олинади, калпоқчаси ечилади, шундан сўнг стерил игна ўрнатилиб, бироз айлантириб қотирилади. Ичида препарат бўлган шприцга ҳавони киришидан сақланиш керак. Битта шприцнинг ичидаги тўлдирилган эритмани (30 мг/2 мл) бўғим ичига, ҳафтада бир марта уч ҳафта давомида кетма-кет юбориш керак. Бир вақтнинг ўзида бир неча бўғимларни даволаш мумкин. Инъекция вақтида оғриқ пайдо бўлганида препаратни бўғим ичига юборишни тўхтатиш керак. Охиригача ишлатилмаган препаратни сақлаш мумкин эмас. Айнан бир бўғимда такрорий даволаш курсини фақат 6 ойдан кейин ўтказиш мумкин.  

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Сертобек препаратини, етарли даражада тажриба йўқлиги сабабли, бўғим ичига юбориладиган бошқа дори воситалари билан бир вақтда буюриш мумкин эмас. Тўртламчи аммоний тузларини сақлайдиган дезинфекция қилувчи воситаларни қўллаш мумкин эмас, чунки гиалурон кислотаси ушбу моддаларни мавжудлигида чўкма ҳосил қилади.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    •       препаратнинг компонентларидан бирига юқори сезувчанликда; •       инъекция қилинган соҳада тери қопламлари шикастланганида ёки инфекция бўлганида; •       бўғимларни инфекцион касалликларида; •       шикастланган бўғим томонида вена ёки лимфа томирларида стаз бўлганида; •       қон ивиш тизими бузилганида қўллаш мумкин эмас.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    25оС дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин. Музлатилмасин. Яроқлилик муддати 3 йил.

  • Maxsus shartlar

    Муолажа ўтказилганидан сўнг биринчи икки сутка давомида бўғимни зўриқтирмаслик тавсия этилади, айниқса узоқ вақт давомида ҳаракатланишдан сақланиш керак. Препаратни юборишдан олдин бўғим ичидан аспирацион суюқлик олганда артритнинг этиологияси бактериал эмаслигига ишонч қилиш учун тегишли текширишлар ўтказиш керак. Автотранспортни ҳайдаш ва механизмларни бошқариш қобилиятига таъсири Сертобек автотранспортни бошқариш, диққатни юқори жамлаш ва психомотор реакциялар тезлигини талаб этувчи бошқа потенциал ҳавфли фаолият турларини бажариш қобилиятига таъсир қилмайди. Ҳомиладорликда ва лактация даврида қўлланиши Клиник маълумотлар йўқлиги сабабли препаратни ҳомиладорликда ва эмизиш даврида қўллаш мумкин эмас. Педиатрияда қўлланиши Клиник маълумотлар йўқлиги сабабли, Сертобек препаратини болаларда қўллаш мумкин эмас. Препарат болалар ололмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.

  • Nojo'ya samaralari

    Сертобек препаратини олаётган пациентларда маҳаллий симптомлар (оғриқ, қизиб кетиш ҳисси, қизариш ва шиш) пайдо бўлиши мумкин. Кўрсатилган симптомлар пайдо бўлганида бўғимнинг зўриқишини бартараф қилиш ва муз қўйиш тавсия этилади. Якка ҳолларда препаратга нисбатан аллергик реакциялар (терини қичишиши, тошма, эшакеми) ва анафилактик реакциялар кузатилган.

  • Farmakokinetikasi

    Сертобек молекуляр массаси 2400000 Дальтонгача бўлган, юқори даражада тозаланган гиалурон кислотасининг натрийли тузи фракциясини стерил, апироген, қовушқоқ буфер сувли эритмасидир. Препарат енгил ёки ўртача даражадаги остеоартрит ёки остеоартроз билан хасталанган пациентларда бўғим ичидаги синовиал бўшлиққа юбориш учун қовушқоқ эластик имплантат кўринишида қўлланади. Тизза бўғими ёки ҳар қандай бошқа синовиал бўғимларни даволаш учун ишлатилиши мумкин. Амалда одамнинг синовиал суюқлигига яқин ҳисобланади. Гиалурон кислотаси – экстрацеллюляр матрикснинг муҳим компоненти бўлиб, бўғим тоғайи ва синовиал суюқликнинг таркибида юқори концентрацияларда бўлади. Эндоген гиалурон кислотаси синовиал суюқликнинг қовушқоқлиги ва эластиклигини таъминлайди, шунингдек бўғим тоғайида протеогликанларни шаклланиши учун зарурдир. Остеоартрозда синовиал суюқлик ва тоғайнинг таркибидаги гиалурон кислотасини танқислиги ва сифат жиҳатдан ўзгариши кузатилади. Гиалурон кислотасини синовиал тоғай юзасининг дегенератив ўзгаришлари ва синовиал суюқликни патологияси фонида бўғимнинг ичига юбориш бўғимнинг функционал ҳолатини яхшиланишига олиб келади. Сертобек препарати қўлланганида даволаш бошланган вақтдан бошлаб 6 ой давомида остеоартрозни клиник кечишини яхшиланиши кузатилади, яллиғланишга қарши ва оғриқ қолдирувчи самараси кузатилади.

  • Farmakodinamikasi

    Бўғим ичига юборилганида гиалурон кислотасининг натрийли тузи синовиал суюқликдан 2-3 кун давомида ажратиб чиқарилади. Фармакокинетик тадқиқотлар субстанцияни синовиал мембранага тез тақсимланишини кўрсатди. Нишонланган гиалурон кислотасининг максимал концентрацияси синовиал суюқликда ва бўғим капсуласида аниқланган, камроқ концентрациялари синовиал мембрана, бўғимлар ва бўғимга келиб бириккан мушакларда аниқланган. Синовиал суюқлик таркибидаги гиалурон кислотаси аҳамиятли метаболик ўзгаришларга учрайди. Экспериментал моделларда препаратнинг асосий метаболизми бўғим атрофидаги тўқималар ва жигарда юз беради, экскрецияси асосан буйраклар орқали амалга ошади.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Дозани ошириб юборилиш ҳоллари кузатилмаган.

  • Umumiy ma'lumot

    SERTOBEK inyeksiya uchun eritma 2ml 15mg/ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SERTOBEK PRO SERTOBEC PRO Preparatning savdo nomi: Sertobek Pro Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): natriy gialuronati, xondroitin sulfati Dori shakli: bo‘g‘im ichiga yuborish uchun eritma Tarkibi: 1 shpris quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: natriy gialuronati                                    60 mg; natriy xondroitin sulfati        90 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy digidrofosfat monogidrati, dinatriy fosfat dodekagidrati, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: oq rangdan jigarrang ranggacha bo‘lgan tiniq qovushqoq eritma. Farmakoterapevtik guruhi: tayanch-harakat apparatining kasalliklarini davolash uchun boshqa preparatlar. ATX kodi: M09AX01 Farmakologik hususiyatlari Farmakodinamikasi Sertobek Pro gialuron kislotasining natriyli tuzi va natriy xondroitin sulfat fraksiyalarining steril, apirogen, qovushqoq buferli suvli eritmasidir. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi osteoartrit yoki osteoartroz bilan xastalangan pasientlarda bo‘g‘im ichiga sinovial bo‘shliqqa yuborish uchun qovushqoq elastik implantat ko‘rinishida qo‘llanadi. Tizza bo‘g‘im yoki har qanday boshqa sinovial bo‘g‘imlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin. Umuman olganda, odamning sinovial suyuqligini analogi hisoblanadi. Gialuron kislotasi – ekstrasellyulyar matriksning muhim komponenti bo‘lib, bo‘g‘im tog‘ayi va sinovial suyuqlikning tarkibida yuqori konsentrasiyalarda bo‘ladi. Endogen gialuron kislotasi sinovial suyuqlikning qovushqoqligi va elastikligini ta‘minlaydi, shuningdek u bo‘g‘im tog‘ayida proteoglikanlarni shakllanishi uchun muhimdir. Osteoartrozda sinovial suyuqlik va tog‘ayning tarkibida gialuron kislotasining sifatini o‘zgarishlari va tanqisligi kuzatiladi. Sinovial tog‘ayning yuzasini degenerativ o‘zgarishlari va sinovial suyuqlikni patologiyasi fonida gialuron kislotasini bo‘g‘im ichiga yuborish bo‘g‘imning funksional holatini yaxshilanishiga olib keladi. Xondroitin sulfati D-glyukuron kislotasining disaxaridli qoldiqlari va glyukozaminoglyukandan tarkib topgan. Xondroprotektorlar guruhiga kiradi, to‘qimalar regenerasiyasi stimulyatori hisoblanadi, tog‘ay to‘qimalarida suvni ushlanib qolishi va amortizasiyasi faoliyatini tiklanishiga yordam beradi. Yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega, bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshishiga va og‘riq hissini kamayishiga yordam beradi. Xondroitin sulfati tog‘ay to‘qimalarining matriks tuzilmasiga kiradi va shu orqali metabolik jarayonlarga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi. Barcha biriktiruvchi to‘qimalarning asosiy tuzilmasi hisoblangan kollagen sintezi va himoyasiga yordam beradi. Sertobek Pro qo‘llanganida davolash boshlangan vaqtdan boshlab uzoq vaqt davomida osteoartrozning klinik kechishini yaxshilanishi kuzatiladi, yallig‘lanishga qarshi hamda og‘riq qoldiruvchi samaralari kuzatiladi. Qo‘llanilishi tizza, chanoq-son va boshqa sinovial bo‘g‘imlarni degenerativ-distrofik hamda travmatik o‘zgarishlari tomonidan chaqirilgan og‘riqlarda va harakat cheklanganida; osteoartrozda; sinovial suyuqlikni vaqtinchalik o‘rnini almashtirish va to‘ldirish uchun; faol hayot tarzini kechiradigan va shikastlangan bo‘g‘imni muntazam ravishda yuklaydigan pasientlarni davolashda; ortopedik jarrohlikda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Sertobek Pro faqat bo‘g‘im ichiga yuborish uchun qo‘llanadi. Sertobek Pro in‘eksiyasi faqat shifokor-mutaxassislar tomonidan aseptik sharoitlarda o‘tkaziladi. Tayyor shpris steril futlyardan yechib olinadi, qalpoqchasi yechiladi, shundan so‘ng biroz burash orqali fiksasiya bo‘ladigan steril igna o‘rnatiladi. Eritmali shprisga havoni kirib qolishidan saqlanish kerak. Bir dona to‘ldirilgan shprisning ichidagisini bo‘g‘im ichiga, haftada bir marta uch hafta davomida ketma-ket yuborish kerak. Bir necha bo‘g‘imlarni bir vaqtda davolash mumkin. Eritmani bo‘g‘im bo‘shlig‘iga yuborish in‘eksiya vaqtida og‘riq paydo bo‘lganida to‘xtatilishi kerak. Oxirigacha ishlatilmagan eritmani saqlab qo‘yish mumkin emas. Aynan bir bo‘g‘im uchun takroriy davolash kursini kamida 6 oydan keyin o‘tkazish mumkin. O‘rtacha ta‘sir davomiyligi 9 oy (6 oydan 12 oygacha) muddatni tashkil etadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Sertobek Pro qo‘llanayotgan pasientlarda mahalliy simptomlar (og‘riq, qizib ketish hissi, qizarish va shish) paydo bo‘lishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar o‘tkinchi xarakterga ega va odatda 72 soat o‘tgach yo‘qoladi. Ko‘rsatilgan simptomlar rivojlanganida shikastlangan bo‘g‘imga yuklama tushishidan saqlanish va muz bosish tavsiya etiladi. Allergik (qichishish, toshma, eshakemi) va anafilaktik reaksiyalarning yagona holatlari kuzatilgan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Sertobeka Proning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik; in‘eksiya qilingan sohada teri qoplamlarini shikastlanishi yoki infeksiyani borligi; bo‘g‘imlarning infeksion kasalliklari; shikastlangan bo‘g‘im tomonda vena yoki limfa qon tomirlari stazi; qon ivishi tizimini buzilishida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sertobek Pro preparatini, yetarli darajada tajriba yo‘qligi tufayli, bo‘g‘im ichiga yuboriladigan boshqa in‘eksiyalar bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. To‘rtlamchi ammoniy tuzlarini saqlovchi dezinfeksiya qiluvchi vositalarni qo‘llash mumkin emas, chunki gialuron kislotasi ushbu moddalar ta‘sirida cho‘kma hosil qiladi. Maxsus ko‘rsatmalar Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin. Muolaja o‘tkazilganidan so‘ng birinchi ikki sutka davomida bo‘g‘imga ortiqcha harakatlar yuklash tavsiya etilmaydi, ayniqsa uzoq vaqt faol harakatlar bajarishdan saqlanish kerak. Sertobek Pro eritmasini yuborishdan oldin aspirasion suyuqlik olinganida bakterial etiologiyali artritni istisno qilish uchun muvofiq tekshiruvlar o‘tkazish kerak. Shikastlangan yoki ochilgan o‘ramli vositani ishlatish mumkin emas. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va laktasiya davrida Sertobek Pro preparatini qo‘llash mumkin emas, chunki klinik ma‘lumotlar yo‘q. Pediatriyada qo‘llanishi Sertobek Pro vositasini qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, pediatriyada qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Chiqarilish shakli Bo‘g‘im ichiga yuborish uchun eritma shisha shprisda. 1 shpris 3 ml dan kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram ignasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?