DOLAREN gel 50g
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Bo'gimlar va mushaklardagi og'riqlar uchun dorilar
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Diklofenak
Производитель:
Nabros Pharma Pvt. Ltd
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
M02AA
Инструкция DOLAREN gel 50g
Umumiy ma'lumot
DOLAREN gel 50g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DOLAREN DOLAREN Preparatning savdo nomi: Dolaren Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Diklofenak natriy. Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma. Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: diklofenak natriy – 25 mg. yordamchi moddalar: benzil spirti, propilenglikol, natriy metabisulfiti, kaliya digidrofosfati, natriy EDTA, in‘eksiya uchun suv. Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. ATX kodi: G04BE03 Farmakologik xususiyatlari Yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, revmatizmga qarshi, antiagregasion xususiyatlarga ega. Siklooksigenazani ingibisiya qilinishi natijasida araxidon kaskadining reaksiyasi bloklanadi va PGE2, PGE2alfa, tromboksan A2, prostasiklin, leykotrienlarning sintezini va lizosomal fermentlarni ajralib chiqishi buziladi; trombositlarning agregasiyasini bostiradi; uzoq muddat qo‘llanganda desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi; in vitro sharoitlarida odamda kuzatiladigan muvofiq konsentrasiyalarda tog‘aylarda proteoglikanning biosintezini sekinlashishini chaqiradi. Tinch holatda va harakatdagi og‘riqni, ertalabki tanglikni, bo‘g‘imlar shishini kamaytiradi, ularning funksional xususiyatini yaxshilaydi. Operasiyalar va jarohatlardan keyin rivojlanadigan yallig‘lanish jarayonlarida, ham spontan, ham harakatdagi og‘riqni tez yengillashtiradi, jarohat joyidagi yallig‘lanish shishini kamaytiradi. Davolash kursini olgan poliartriti bo‘lgan pasientlarda sinovial suyuqlik va sinovial to‘qimalardagi konsentrasiyasi qon plazmasidagiga nisbatan yuqori. Yallig‘lanishga qarshi faolligi bo‘yicha asetilsalisil kislotasi, butadion, ibuprofendan yuqori; indometasin bilan taqqoslanganda yaqqol klinik samara va yaxshi o‘zlashtirilishi haqida ma‘lumotlar bor; revmatizmda va Bexterev kasalligida prednizolon va indometasinga ekvivalent. Farmakokinetikasi Mushak ichiga (m/i) yuborilganda plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 10-20 minutdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi – 50%; jadal tizim oldi eliminasiyasiga uchraydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 99% dan yuqori. To‘qimalar va sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi; u yerda uning konsentrasiyasi sekin o‘sadi, 4 soatdan keyin plazmadagiga nisbatan ahamiyatli darajadagi yuqoriroq konsentrasiyalariga erishiladi. Taxminan 35% axlat bilan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi; taxminan 65% jigarda metabolizmga uchraydi va nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi (o‘zgarmagan ko‘rinishda 1% kamroq chiqariladi). Plazmadan yarim chiqarilish davri (T1/2) – taxminan 2 soat, sinovial suyuqlikdan – 3-6 soat; qabullar orasidagi tavsiya qilingan intervalga rioya qilinganda to‘planmaydi. Qo‘llanishi Bo‘g‘imlarning yallig‘lanish kasalliklari (revmatoit artrit, revmatizm, ankilozlanuvchi spondilit, surunkali podagrik artrit), degenerativ kasalliklar (deformasiyalanuvchi osteoartroz), lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya, bo‘g‘imdan tashqari to‘qimalarning kasalliklari, tendovagenit, bursit, yumshoq to‘qimalarni revmatik shikastlanishi, yallig‘lanish bilan kechuvchi posttravmatik og‘riq sindromi, operasiyadan keyingi og‘riqlar, podagrani o‘tkir xuruji, birlamchi disalgomenoreya, adneksit, migren xurujlari, buyrak va jigar sanchig‘i, LOR-a‘zolarining infeksiyalari, pnevmoniyaning qoldiq asoratlarida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Vena ichiga (v/i) yoki m/i, tomchilab infuziya ko‘rinishida. Parenteral qo‘llashning davomiyligi 2 sutkadan oshmasligi kerak. Davolashni uzaytirish zarurati bo‘lganida preparat pasientlarga tabletkalar yoki shamchalar ko‘rinishida buyuriladi. M/i in‘eksiya: o‘tkir og‘riqlarda – 75 mg har kuni 1-5 kun davomida. Zarurati bo‘lganida (jigar yoki buyrak sanchig‘i) kundalik dozani 150 mg gacha (1 ampuladan kuniga 2 marta) oshirish mumkin. V/i infuziya: preparat infuziya ko‘rinishida tomchilab yuboriladi. Bevosita yuborishdan oldin 1 ampulaning ichidagisi (75 mg) ni 100-500 ml 0,9% NaCl eritmasida yoki 5% dekstroza eritmasida – (infuzion eritmalarga oldindan 0,5 ml 8,4% li yoki 1 ml 4,2% li natriy bikorbonat eritmasi oldindan quyiladi) suyultirish kerak. Infuziya uchun tayyorlangan eritmalar tiniq bo‘lishi kerak. Yaqqollik darajasi o‘rtacha va kuchli bo‘lgan operasiyadan keyingi og‘riq sindromini davolashda preparat 75 mg dozada 30-120 minut davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida bir necha soatdan keyin preparatni takroran yuborish mumkin. Biroq dozasi 24 soat davomida 150 mg dan oshmasligi kerak. Operasiyadan keyingi og‘riqlarni oldini olish maqsadida infuziya «zarb dozada» – 25-50 mg 15-60 minut davomida o‘tkaziladi. Keyinchalik infuziya maksimal sutkalik dozasi 150 mg gacha yetgunicha 5 mg/soat tezlik bilan davom ettiriladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Ko‘ngil aynishi, anoreksiya, epigastral sohada og‘riq va nohush hislar, meteorizm, qabziyat, diareya. Ko‘pchilik hollarda bu simptomlar davolash jarayoniga ta‘sir qilmaydi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ta‘sirchanlik, charchoqlik bo‘lishi mumkin; moyilligi bo‘lgan pasientlarda – shishlar. Kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz, sezuvchanlikni, ko‘rishni buzilishi (ko‘rishni noaniqligi, diplopiya), quloqlarda shovqin, tirishishlar, sochlarni to‘kilishi, buyrak yoki jigar funksiyasini buzilishi. Preparat mushak ichiga yuborilgan joyda – achishish; alohida hollarda – infiltrat, absessni hosil bo‘lishi, yog‘ to‘qimalarni nekrozi kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan boshqa NYAQV larga), qon hosil bo‘lishini noaniq etiologiyali buzilishi, me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, ichakni zo‘rayish bosqichidagi dekstruktiv-yallig‘lanish kasalliklari, «aspirinli» bronxial astma, bolalar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Qo‘llashga cheklanishlar. Jigar va buyrak funksiyasini buzilishi, yurak yetishmovchiligi, porfiriya, diqqatni yuqori jamlash talab qiladigan ish, homiladorlik, emizish (emizishni bekor qilish kerak). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Qonda litiy, digoksin, bilvosita antikoagulyantlar, oral diabetga qarshi preparatlar (ham gipo-, ham giperglikemiya bo‘lishi mumkin), xinolon hosilalarining konsentrasiyalarini oshiradi. Metotreksat, siklosporinni toksikligini, glyukokortikoidlarning nojo‘ya samaralarini (me‘da-ichakdan qon ketishi) rivojlanishi ehtimoli, kaliy saqlovchi diuretiklar fonida giperkaliemiya xavfi oshiradi, diuretiklar samarasini kamaytiradi. Asetilsalisil kislotasi bilan qo‘llanganda plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi. Maxsus ko‘rsatmalar Uzoq muddatli davolashda qon formulasini va jigar funksiyasini, yashirin qon mavjudligini axlat tahlilini davriy ravishda tekshirish kerak. Homiladorlikni birinchi 6 oyligida qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va eng kichik dozada qo‘llash kerak. Reaksiya tezligini pasayishi mumkinligi tufayli, avtotransportni haydash va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: bosh aylanishi, bosh og‘rishi, giperventilyasiya, ongni chalkashishi, MIY buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq, qon ketishi), jigar va buyrak funksiyasini buzilishlari. Davolash: AB oshishi, buyrak funksiyasini buzilishi, tirishishlar, MIY ta‘sirlanishi, nafasni susayishini bartaraf qilishga qaratilgan simptomatik davolash. Jadallashtirilgan diurez, gemodializning samarasi kam. Chiqarilish shakli 3 ml eritma ampulalarda, 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoit Quruq, salqin, qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: