vodorod perikisi eritma 25ml 3%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antiseptiklar
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Elite Pharma Med Group, ООО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D08AX01
Инструкция vodorod perikisi eritma 25ml 3%
Umumiy ma'lumot
vodorod perikisi eritma 25ml 3% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA VODOROD PEROKSIDI HYDROGENII PEROXYDI Preparatning savdo nomi: vodorod peroksidi. Ta‘sir etuvchi modda (XPN): vodorod peroksidi. Dori shakli: mahalliy qo‘llash uchun eritma. Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: vodorod peroksidi – 3 ml; yordamchi modda: tozalangan suv 100 ml gacha. Ta‘rifi: rangsiz, hidsiz yoki o‘ziga xos biroz kuchsiz hidli tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar. ATX kodi: D08AX01 Farmakologik xususiyatlari Oksidantlar guruhiga mansub antiseptik vosita. Vodorod peroksidi bilan shikastlangan teri va shilliq qavatlar ishlov berilganda faol molekulyar kislorod ajralib chiqadi, bunda jarohatni mexanik tozalanishi va organik moddalarni (proteinlar, qon, yiringni) faolsizlanishi yuz beradi. Preparatning antiseptik ta‘siri sterillizasiya qiluvchi hisoblanmaydi, uni qo‘llanganda faqat mikroorganizmlar soni vaqtinchalik kamayadi. Vodorod peroksidi shuningdek gemostatik va hidni yo‘qotuvchi xususiyatlarga ham ega. Qo‘llanilishi Yangi va infeksiyalangan jarohatlarda, otitda, anginada, stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish uchun, hamda yuzaki jarohatlardan, burundan qon ketishida va boshqa shunga o‘xshash hollarda mayda kapillyarlardan qon ketishini to‘xtatish uchun. Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga, chayish va yuvish uchun qo‘llanadi. Og‘iz va tomoqni chayish uchun 3% eritmani distillangan yoki xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan 1:11 nisbatda suyultirib tayyorlangan 0,25% eritma qo‘llanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi bo‘lishi mumkin. Alohida holatlarda – alergik reaksiyalar. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Vodorod peroksidiga yuqori sezuvchanlik. Maxsus ko‘rsatmalar Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanmaydi. Preparat ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ayrim oksidlarning murakkab radikallari borligida, hamda yorug‘ga va issiqqa turg‘un emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Chiqarilish shakli 3% eritma 25, 50 va 90 ml dan flakonlarda. Saqlash sharoiti Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: