ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6

Обновлено: 21.07.2022

ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
  • Категория:

    Yallig'lanishga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Turkiya

  • Активное вещество:

    Deksketoprofen

  • Производитель:

    Deva Holding A.S

  • Количество в упаковке:

    6

  • Код ATX:

    M01AE17

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6

  • Qadoqda soni

    6

  • Dozirovkasi

    Tavsiya etiladigan doza xar 8-12 soatda 50 mg ni tashkil qiladi. Zarurati bo'lganda preparatni xar 6 soatda qo'llash mumkin. Umumiy sutkalik doza 150 mg dan oshmasligi kerak. Aldegin preparati qisqa muddatli qo'llash uchun mo'ljallangan, shuning uchun simptomatik davolash o'tkir davrda o'tkaziladi (maksimum 2 kun davomida). Iloji boricha og'riqni qoldiruvchilarni peroral qabul qilishga o'tish tavsiya etiladi. Operatsiyadan keyingi o'rtacha va ahamiyatli jadallikdagi og'riqlarda opioid analьgetiklar bilan majmuada ishlatilgan xolda, Aldegin preparati kattalarga tavsiya etilgan dozalarda buyuriladi. Aldegin preparatini mushak ichiga yoki vena ichiga qo'llash mumkin. Mushak ichiga qo'llash: Ampula ichidagisi (2 ml) sekin in'ektsiya ko'rinishida mushak ichiga chuqur yuboriladi. Vena ichiga qo'llash: Vena ichiga infuziya: Suyultirilgan eritma 10-30 minut davomida vena ichiga infuziya ko'rinishida yuboriladi. Eritmani yorug'likdan himoyalangan joyda saqlash kerak. Vena ichiga bolyus: Ampula ichidagisini (2 ml) sekin, minimum 15 sekund davomida bolyus ko'rinishida yuborish kerak. Aldegin 50 mg/2 ml m/i va v/i in'ektsiya uchun eritma 0,9% natriy xlorida, 5% dekstroza va Ringer laktat eritmasiining suyultirilgan 30-100 ml da keyin, 2-8oS haroratda yorug'likdan himoyalangan joyda saqlanganda 2 soat davomida barqarorligini saqlab qoladi. Bemorlarning maxsus guruhlari bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha ma'lumotlar Buyrak yetishmovchiligi Yengil darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) bo'lgan patsiyentlarda umumiy sutkalik doza 50 mg gacha pasaytirilishi kerak. O'rtacha va og'ir darajali buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo'lganida) Aldegin qo'llanmaydi. Jigar yetishmovchiligi Yengil va o'rtacha darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 5-9 ballar) bo'lgan patsiyentlar nazorat ostida bo'lishlari kerak. Og'ir darajali jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 10-15 ballar) bo'lgan patsiyentlarda Aldegin qo'llanmaydi. Pediatrik patsiyentlar Bolalar va o'smirlarda deksketoprofenni qo'llash o'rganilmagan. Preparatni qo'llash xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'qligi tufayli, preparat bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga buyurilmaydi. Keksa patsiyentlar Keksa patsiyentlarda nojo'ya reaktsiyalari og'ir oqibatlar xavfini oshiradi. NYaQP ni ishlatish zarurati bo'lganida minimal samarali dozani eng qisqa muddatga buyurish kerak. NYaQP ishlatilganda me'da-ichakdan qon ketishlari yuz berishi mumkinligi tufayli, patsiyentlar nazorat ostida bo'lishlari kerak. Keksa yoshli patsiyentlarda buyrak funktsiyasini fiziologik pasayishi tufayli, yengil darajali buyrak yetishmovchiligida minimal dozani (umumiy sutkalik doza 50 mg) qo'llash tavsiya etiladi.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Noxush majmualar Ikki yoki undan ortiq NYaQP ni (shu jumladan atsetilsalitsil kislotasini) nojo'ya reaktsiyalarni paydo bo'lishi xavfini oshishi mumkinligini nazarda tutib, bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi. Antikoagulyantlar: Deksketoprofen plazma oqsillari yuqori darajada bilan bog'lanishi tufayli, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi va me'da-ichak yo'llarining shilliq qavatini shikastlaydi, u NYaQP ning varfarin turidagi antikoagulyant ta'sirini kuchaytiradi. Bunday majmuani ishlatish zarurati bo'lganida patsiyentning klinik xolati va laboratoriya ko'rsatkichlarini qat'iy nazorat ostida tutish kerak. Geparinlar: Qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi. Bunday majmuani ishlatish zarurati bo'lganida patsiyentning klinik holati va laboratoriya ko'rsatkichlarini qat'iy nazorat ostida tutish kerak. Kortikosteroidlar: Me'da-ichak qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Litiy: NYaQP plazmada litiyning kontsentratsiyasini oshirishi va toksik samarasini kuchaytirishi mumkin (litiyning buyrak klirensi pasayadi). Shu sababli, davolashni boshida va preparatni bekor qilishda, plazmada litiyning kontsentratsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Metotreksat: haftada 15 mg dan ko'p metotreksat qabul qilayotgan patsiyentlarda, NYaQP metotreksatning buyrak naychalari orqali sekretsiyasini pasaytiradi, bu uning gematologik toksikligini kuchaytiradi. Gidantoin va sulьfonamidlar: Bu preparatlarning toksik samarasi kuchayishi mumkin. Extiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar Diuretiklar, AAF ingibitorlari, aminoglikozidlar va angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari: Deksketoprofen diuretiklar va boshqa gipotenziv preparatlarning samarasini pasaytirishi mumkin. Deksketoprofen diuretiklar bilan bir vaqtda qo'llanganda, patsiyentda suv balansini adekvatligiga ishonch hosil qilish va NYaQP buyurish oldidan buyrak funktsiyasini nazoratini o'tkazish kerak. Metotreksat: haftada 15 mg dan kam dozalardagi metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanganda, NYaQP bilan davolash fonida uning buyrak klirensini pasayishi tufayli, metotreksatning gematologik toksikligini oshishi mumkin. Bir vaqtda qo'llash zarurati tug'ilganida, bir vaqtda davolashning birinchi haftasida qon xujayralari sonini xar xafta nazorat qilish kerak. Pentoksifillin: Qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Jadal klinik monitoring va qon ketish vaqtini tez-tez nazorat qilish kerak. Zidovudin: NYaQP zidovudin bilan bir vaqtda qo'llanganda, NYaQP buyurilgandan keyin 1-2 hafta o'tgach, og'ir anemiya rivojlanishi bilan birga retikulotsitlarga ta'siri bilan bog'liq bo'lgan eritrotsitlarga toksik ta'sirini oshishi xavfi mavjud bo'ladi. Sulьfonilmochevina xosilalari: Sulьfonilmochevina xosilalarining gipoglikemik ta'siri kuchayishi mumkin. E'tiborga olish kerak bo'lgan majmualar Beta-adrenoblokatorlar: NYaQP beta-adrenoblokatorlarning gipotenziv samarasini kamaytirishi mmkin. Siklosporin va takrolimus: Siklosporin va takrolimus bilan bir vaqtda qo'llanganda NYaQP ning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin. Majmuaviy davolashni o'tkazish vaqtida buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak. Trombolitiklar: Qon ketishini rivojlanish xavfi oshadi. Antitrombotik preparatlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari: Me'da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi. Probenetsid: Probenetsid bilan bir vaqtda qo'llanganda plazmada deksketoprofenning kontsentratsiyasi oshishi mumkin. Bu deksketoprofenning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi. Yurak glikozidlari: NYaQP yurak yetishmovchiligi ko'rinishlarini yomonlashtirishi, buyrak kalavasi filьtratsiyasini pasaytirishi va glikozidlarning plazmadagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Mifepriston: Prostaglandinlar sintezini ingibitorlarining ta'siri ostida, nazariy mifepristonning samaradorligini pasayish xavfi tufayli, mifepristonni qo'llashdan keyin kamida 8-12 kun o'tmay, NYaQP ni buyurish mumkin emas. Xinolonlar: Hayvonlarda eksperimental tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar, xinolonlarning yuqori dozalari NYaQP bilan majmuada buyurilganda konvulьsiyalar tirishishlar rivojlanishini yuqori xavfini ko'rsatadi.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Deksketoprofenga, boshqa NYaQP yoki preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalardan birortasiga biriga yuqori sezuvchanlik. Anamnezdagi ibuprofenni, aspirin va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (astma, allergik rinit, eshakemi). O'n ikki barmoq ichakning faol yoki gumon qilinayotgan yarasi/qon ketishi yoki anamnezdagi o'n ikki barmoq ichakdagi qaytalanuvchi yara/qon ketishi (yara yoki qon ketishini 2 yoki ko'proq alohida isbot qilingan epizodlari) yoki surunkali dispepsiya. Me'da-ichakdan, boshqa faol qon ketishi yoki qon ketishini paydo bo'lishi bilan bog'liq bo'lgan buzilishlar. Anamnezdagi NYaQP bilan ilgari davolanish bilan bog'liq bo'lgan me'da-ichak qon ketishlari yoki perforatsiya. Kron kasalligi yoki yarali kolit. Anamnezdagi bronxial astma. Og'ir yurak yetishmovchiligi. O'rtacha yoki og'ir darajadagi (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo'lgan) buyrak yetishmovchiligi. Og'ir jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha 10-15 ballar). Gemorragik diatez va qon ivishining boshqa buzilishlari. Homiladorlikning uchinchi uch oyligi va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas. Preparatning tarkibida etanolni bo'lishi orqa miya kanaliga (intratekal yoki epidural) qo'llashga qarshi ko'rsatma xisoblanadi.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, original o'ramda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.

  • Maxsus shartlar

    Bolalar va o'smirlarda preparatni qo'llash xavfsizligi o'rganilmagan. Anamnezida allergik reaktsiyalari bo'lgan patsiyentlarda preparatni extiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Aldegin preparatini boshqa NYaQP bilan, jumladan siklooksigenaza-2 (TSOG-2) ning selektiv ingibitorlarini, bir vaqtda qo'llashdan saqlanish kerak. Preparatni simptomlarni nazorat qilish uchun minimal samarali dozalarda eng qisqa davrda ishlatib, nojo'ya samaralarini minimumga yetkazish mumkin. Me'da-ichakdan qon ketishlar, yaralar va perforatsiyalar Boshqa NYaQP ni ishlatilganda bo'lgani kabi, davolashning turli davrlarida shikastlanish simptomlari bilan yoki ularsiz va ovqat xazm qilish tizimi tomonidan anamnezdagi og'ir buzilishlar bilan kechuvchi me'da-ichakdan qon ketishlari, yaralar va perforatsiyalar to'g'risida xabar berilgan. Me'da-ichakdan qon ketishi yoki yarali shikastlanish paydo bo'lgan xollarda Aldegin preparati bilan davolashni darxol to'xtatish kerak. Me'da-ichakdan qon ketishi, yarali shikastlanish yoki perforatsiyani rivojlanish xavfi NYaQP dozalari oshirilganda, anamnezda qon ketishi va perforatsiya bilan asoratlangan yaralar bo'lganida, shuningdek keksa patsiyentlarda oshadi. Keksa patsiyentlarda NYaQP nojo'ya samaralarni rivojalanish xavfi oshadi, ular fatal oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday bemorlarni davolashni minimal samarali dozadan boshlash kerak. Anamnezida MIY kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo'lgan patsiyentlarga NYaQP ni extiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki xolat zo'rayishi mumkin. Xamma NYaQP bilan davolaganda bo'lgani kabi, deksketoprofen bilan davolashni boshlashdan oldin, ezofagit, gastrit va/yoki peptik yarani butunlay tuzatish kerak. Me'da-ichak yo'llari tomonidan shikastlashin simptomlari yoki anamnezida ovqat xazm qilish tizimining kasalliklari bo'lgan patsiyentlar, me'da-ichakdan qon ketishini rivojlanishi mumkinligi tufayli, nazorat ostida bo'lishlari kerak. Bu gurux patsiyentlarni davolashda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasini past dozalarda yoki me'da-ichak yo'llari funktsiyasini buzilishlari paydo bo'lishi xavfini oshiruvchi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda, protektor ta'sirga ega bo'lgan vositalar (mizoprestol yoki proton pompasining ingibitorlari kabilar) bilan majmuaviy davolashni qo'llash imkoniyatini xisobga olish kerak. Anamnezda me'da-ichak yo'llari tomonidan toksik samaralari bo'lgan, ayniqsa keksa yoshli patsiyentlar, asosan davolashning boshlang'ich bosqichlarida, xar qanday g'ayri-oddiy abdominal simptomlar (xususan me'da-ichakdan qon ketishi), paydo bo'lishi xaqida xabar berishlari kerak. Yara hosil bo'lishi yoki qon ketishini paydo bo'lish xavfini oshiruvchi preparatlarni (ichga qabul qilish uchun kortikosteroidlar; antikoagulyantlar, masalan varfarin; serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari; atsetilsalitsil kislotasi kabi antitrombotsitar vositalarni) parallel qo'llayotgan patsiyentlarga deksketoprofenni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Gemostazga ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarini, masalan, varfarin, boshqa kumarinlar yoki geparin qabul qilayotgan patsiyentlarga Aldeginni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. NYaQP ni qo'llanishi suyuqlikni tutilishi va shishlarni chaqirishi mumkinligi xaqida xabar berilgan, shu boisdan anamnezida gipertenziyasi va/yoki yengil/o'rtacha darajali dimlangan yurak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda, klinik monitoringni o'tkazish kerak. Nazorat qilib bo'lmaydigan gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, tashxis qilingan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning aterosklerozi va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga, Adelginni faqat xar tomonlama tekshirishdan keyin buyurish kerak. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini rivojlanish xavf omillari (gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo'lganda, uzoq muddatli davolashni boshlashdan oldin sinchkov tekshiruvni o'tkazish kerak. Juda kam hollarda NYaQP ni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi jiddiy teri reaktsiyalari (fatal oqibatlar extimoli bilan) paydo bo'lishi xaqida xabar berilgan. Bunday reaktsiyalarni rivojlanishining maksimal xavfi – davolash kursini boshida: ko'pchilik xollarda davolashning birinchi oyi davomida bo'ladi. Terida, shilliq qavatlarda toshmaning birinchi belgilari yoki yuqori sezuvchanlikning xar qanday boshqa belgilari paydo bo'lganida, preparatni qo'llashni bekor qilish kerak. Boshqa NYaQP ni qo'llaganda bo'lgani kabi, ba'zida jigar faoliyatining ko'rsatgichlari darajasini o'tkinchi biroz oshishi, ALT va AST faolligini axamiyatli oshishi, shuningdek qon zardobida kreatinin darajasini va qonda mochevina azotini oshishi xaqida xabar berilgan. Bu ko'rsatkichlarni axamiyatli oshishi paydo bo'lganda, davolashni to'xtatish kerak. Qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar, shuningdek tizimli qizil yugirik yoki biriktiruvchi to'qimaning mikst (aralash) kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga, Aldegin preparatini extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Xar qanday boshqa NYaQP kabi, deksketoprofen infektsion kasalliklarning simptomlarini niqoblashi mumkin. Bakterial infektsiya simptomlari paydo bo'lganda, darxol shifokorga murojaat qilish kerak. Aldegin preparatining xar bir ampulasida 200 mg (5 ml piva yoki 2,08 ml vinoga ekvivalknt) etanol saqlanadi, bu alkogolizmi bo'lgan patsiyentlar uchun axamiyatga ega. Aldegin preparatining bitta dozasida 1 mmolь (23 mg dan kam) natriy saqlanadi; natriyning bunday miqdorida, u bilan bog'liq bo'lgan qandaydir noxush reaktsiyalar kutilmaydi.

  • Nojo'ya samaralari

    A'zolar tizimi Tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha) Tez-tez emas (≥1/1000 dan ≤1/100 gacha) Kam(≥1/10000 dan ≤1/1000 gacha) Juda kam/yakka xollarda (≤1/10000) Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan anemiya neytropeniya, trombotsitopeniya Immun tizimi tomonidan anafilaktik reaktsiya, anafilak-tik shok Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan giperglikemiya, gipoglikemiya, giperglitserid-emiya, anoreksiya Ruxiyat tomonidan uyqusizlik Nerv tizimi tomonidan bosh og'rig'i, bosh aylani- ishi, uyquchanlik paresteziya, xushdan ketish Ko'rish a'zosi tomonidan noaniq ko'rish Eshitish a'zosi va labirint tizimi tomonidan Quloqlarni shang'illashi Yurak-tomir tizimi tomonidan qizishni xis qilish ekstrasistoliya, taxikardiya, gipotenziya, yuza venalarning tromboflebiti Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan bradipnoe bronxospazm, dispnoe Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan ko'ngil aynishi, qusish qorinda og'riq dispepsiya, diareya, qabziyat, qonli qusish og'izni qurishi peptik yara, peptik yaradan qon ketishi yoki perforatsiya pankreatit Gepatobiliar tizimi tomonidan gepatit gepatobiliar buzilishlar Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan dermatit, qichishish, toshma, kuchli ter ajralishi eshakemi, akne Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), angio- edema, yuzni shishi, fotosezuvchanlik reaktsiyalari Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan mushaklarning rigidligi, bo'g'imlarning rigidligi, mushaklar spazmi, belda og'riq Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan poliuriya, buyrakda og'riqlar, ketonuriya, proteinuriya nefrit yoki nefrotik sindrom Umumiy buzilish- lar va maxalliy reaktsiyalar yuborish joyida og'riq, yuborish joyida reaktsiya, shu jumladan yallig'lanish, gematoma yoki qon ketishi isitma, toliqish, og'riqlar, et uvishishi periferik shishlar Tekshirishlar (laboratoriya ko'rsatkichlari) jigar fermentlari darajasini oshishi Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: Eng ko'p reaktsiyalar me'da-ichak yo'llari tomonidan uchraydi. Peptik yara, perforatsiya yoki me'da-ichakdan qon ketishlari (ba'zida fatal yakunlanuvchi), odatda keksa patsiyentlarda bo'lishi mumkin. Yuborilgandan keyin ko'ngil aynishi, qusish diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, abdominal og'riq, melena, qonli qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo'rayishi kuzatilishi mumkin. Kamroq hollarda gastrit paydo bo'lishi mumkin. Juda kam xollarda pankreatit aniqlanadi. O'ta yuqori sezuvchanlik. NYaQP ishlatilganda o'ta yuqori sezuvchanlik paydo bo'lishi xaqida xabarlar berilgan. Nospetsifik reaktsiyalar, anafilaksiya, astma, bronxospazm yoki dispnoe, teri reaktsiyalari, toshma, qichishish, eshakemi, purpura, angioedma, va juda kam xollarda – eksfoliativ va bullez dermatit (epidermal nekroliz va ko'p shaklli eritema) kuzatilishi mumkin. NYaQP ishlatilganda shish, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi aniqlanishi mumkin. Boshqa NYaQP ni qo'llaganda bo'lgani kabi, tizimli eritrematoz yugirik va biriktiruvchi to'qimaning aralash kasalliklarida paydo bo'luvchi aseptik meningit va gematologik reaktsiyalar (purpura, aplastik va gemolitik anemiya, kam – agranulotsitoz va medullyar gipoplaziya) rivojlanishi mumkin. Gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar Dori preparati qayd etilgandan keyin gumon qilingan nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar, muhim ahamiyatga ega. Bu dori vositasini qo'llashning foyda/xavf nisbatini davomli nazoratini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Noxush samaralar paydo bo'lganda shifokorga murojaat qiling.

  • Farmakokinetikasi

    Deksketoprofen nosteroid yallig'lanishga qarshi preparat hisoblanadi. Og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Preparatning ta'sir mexanizmi siklooksigenazani susaytirilishi oqibatidagi prostaglandinlar sintezini susaytirilishiga asoslangan. Deksketoprofen SOG-1 va SOG-2 faolligini ingibitsiya qiladi.

  • Farmakodinamikasi

    So'rilishi Mushak ichiga qo'llangandan keyin deksketoprofen trometamolning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 20 minut (10-45 min) o'tgach erishiladi. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan yuqori darajada (99%) bog'lanuvchi boshqa preparatlar kabi, deksketoprofenning taqsimlanish hajmi – 0,25 l/kg dan kam. Deksketoprofenning taqsimlanish davri 0,35 soatni tashkil qiladi. Biotransformatsiyasi Deksketoprofen trometamol preparati qo'llangandan keyin siydikda faqat S-(+) enantiomeri shaklida aniqlanadi. Chiqarilishi Yarim chiqarilish davri 1-2,7 soatni tashkil qiladi. Preparat asosan siydik bilan glyukuronizatsiya yo'li bilan hosil bo'lgan metabolitlari ko'rinishida chiqariladi.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Dozani oshirib yuborilishi simptomlari noma'lum. Odatda NYaQP ning dozasi oshirib yuborilganda bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, abdominal og'riq, me'da-ichak qon ketishlar, kam hollarda– diareya, dezoriyentatsiya, qo'zg'alish, koma, uyquchanlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, xushdan ketish, yakka xollarda – tirishishlar kuzatilishi mumkin. Kuchli intoksikatsiyada o'tkir buyrak yetishmovchiligi va jigarni shikastlanishi rivojlanishi mumkin. Davolash: Ichga tasodifan qabul qilinganda simptomatik davolash patsiyentning xolatiga qarab buyuriladi. Deksketoprofen trometamolni organizmdan dializ orqali chiqarish mumkin.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?