URSOSAN kapsulalar 250mg N10

Обновлено: 21.07.2022

URSOSAN kapsulalar  250mg N10
  • Категория:

    Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar

  • Страна производитель:

    Chexiya

  • Активное вещество:

    Ursodezoksixolevaya kislota

  • Производитель:

    Pro. Med. CS Praha a.s.

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    A05AA02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция URSOSAN kapsulalar 250mg N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Dozirovkasi

    Qo'llash usuli: ichga, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi. Dozasi va davolashning davomiyligi shaxsiy belgilanadi va ko'rsatmalarga, bemorning holatini og'irligiga bog'liq. O'rtacha dozalari sutkada 8-10 mg/kg 6-12 oy davomida qabul qilinadi. O't toshlarini eritish uchun , quyidagiga mos ravishda Ursosan® ni 10 mg/kg dozada qabul qilinadi: Tana vazni (kg) Sutkalik doza (kapsulalar)  60 gacha 2 61-80 3 81-100 4 100 dan oshiq 5 Preparatni sutkalik dozasini bir marta  kechqurun qo'llaniladi.  Xolesterinli safro toshlarini eritish uchun  Ursosan® qabulini davomiyligi 6 oydan 12 oygachani tashkil qiladi. Toshlarni qayta hosil bo'lishini   oldini olish uchun  preparatni  toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida  qo'llash tavsiya qilinadi. Agar  12 oy  davolangandan keyin  o't pufagidagi  toshlarni  o'lchami kamaymagan hollarda,  preparat bekor qilinadi. Davolash samaradorligini  har  6 oyda  ulьtratovush tadqiqotlari  yoki rentgenografiya  orqali baholash lozim. Oraliq  tekshiruvlarda  toshlarni  ohaklanishi  o'tgan  davrda  yuz bermaganligini  baholash lozim. Toshlarni  ohaklanish  hollarida  davolashni  to'xtatish lozim. Xoletsistektomiyadan so'ng xolelitiazni qaytalanishini oldini olish uchun ­ sutkada 8-10 mg/kg bir necha oy davomida buyuriladi. O't chiqarish yo'llari diskineziyasining gipokinetik turida o'rtacha sutkalik doza  10 mg/kg ni tashkil qiladi 2 qabulga bo'linadi, 2 haftadan 2 oygacha vaqt davomida qabul qilinadi. Zarurati bo'lganida davolash kursi takrorlanadi.  Biliar reflyuks-gastritda va reflyuks-ezofagitda ­ sutkada 250 mg dan uyqudan oldin qabul qilinadi. Davolash kursi 10-14 kundan 6 oygacha, zarurati bo'lganida – 2 yilgacha davom etadi. Jigarni turli shikastlanishlaridagi xolestatik sindromni davolashda sutkalik doza patsiyentning vazniga bog'liq. Odatda bu sutkada 1 kg tana vazniga 10-15 mg ursodeoksixolat kislotasini, ya'ni 500-700 mg (2-4 kapsulalar) ni tashkil qiladi. Turli genezli gepatitlarda (virusli, toksik, dorivor va boshqalar), surunkali virusli gepatitda, jigarning alkogolli bo'lmagan kasalligida, shuningdek alkogolli bo'lmagan steatogepatitda, jigarning alkogolli kasalligida o'rtacha sutkalik doza 10­15 mg/kg ni tashkil qiladi 2-3 qabulga bo'linadi. Davolash davomiyligi 6-12 oy va undan ko'proqni tashkil qiladi. Birlamchi biliar sirrozni I-va II-darajali bosqichida, birlamchi sklerozlanuvchi xolangitda Sutkalik doza vaznga bog'liq va qoida bo'yicha  sutkada 2–3 qabulga bo'lingan  10–15 mg/kg ni (2–6 kapsula) tashkil qiladi. Kistasimon fibrozda (mukovistsidozda) sutkalik doza 20 mg/kgdan 2-3 qabulgani tashkil qiladi, keyinchalik  zarur bo'lganda  30 mg/kggacha oshirish mumkin. Dozalashda qulaylik uchun quyidagi ma'lumotlarni  qo'llash mumkin: Tana vazni (kg) Sutkalik (mg/kg tana vaznia ) Bir martalik doza (kapsulalar) ertalab kunduzi kechqurun 20-29 17-25 1 - 1 30-39 19-25 1 1 1 40-49 20-25 1 1 2 50-59 21-25 1 2 2 60-69 22-25 2 2 2 70-79 22-25 2 2 3 80-89 22-25 2 3 3 90-99 23-25 3 3 3 100-109 23-25 3 3 4 >110 3 4 4

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Ursosanni xolestiramin, kolestipol yoki alyuminiy gidroksid va/yoki alyuminiy oksidni saqlagan antatsidlar bilan parallel buyurish kerak emas, chunki bu preparatlar, ursodezoksixolat kislotasini ichakda bog'laydi, bu uni so'rilishini va samaradorligini ingibitsiya qiladi. Agar yuqorida ko'rsatilgan moddalardan birontasini saqlagan preparat bilan bir vaqtda davolash zarur bo'lsa, ularni har doim qabuldan 2 soat oldin yoki 2 soat o'tgach qo'llash lozim.. Ursosan ichakda siklosporinnni so'rilishiga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun. bu preparat bilan parallel davolashni olayotgan patsiyentlarda siklosporinni kontsentratsiyasini kuzatish va zarur bo'lgan holatlarda dozaga tuzatish kerak. Ursosan istisno hollarida siprofloksatsinni so'rilishiga ta'sir qilishi mumkin. Klinik tadqiqotlarda sog'lom ko'ngillilarda UDXK (sutkada 500 mg) va rozuvastatinni (20 mg/sutki) parallel qabul qilish plazmada rozuvastatin darajasini biroz oshishiga sabab bo'lgan. Bu o'zaro ta'sirlashuvni, shuningdek boshqa statinlarga nisbatan klinink ahamiyati noma'lum. Ursodezoksixolat kislotasi sog'lom ko'ngillilarda kalьtsiy antagonisti nitrendipinni.cho'qqi kontsentratsiyasini (Cmax) va egri osti maydonini (AUC) pasaytiradi. Nitrendipin va ursodezoksixolat kislotasini bir vaqtda qo'llash natijalarini diqqat bilan kuzatish tavsiya qilinadi. Nitrendipin dozasini oshirish zarurati istisno qilinmaydi. Dapsonni terapevtik samaradorligini pasayishi aniqlangan. Bu kuzatuv in vitro, natijalari bilan bir qatorda ursodezoksixolat kislotasi bilan sitoxrom P450 3A induktsiya qilish ehtimolini namoyish qilgan. Budesonid bilan o'zaro ta'sirlashuvi bo'yicha sifatli tashkillashtirilgan tadqiqiqotlarda, u sitoxrom P450 3A ma'lum substrati hisoblanadi, bunda induktsiya kuzatilmaydi. Estrogenlar, shuningdek qonda xolesterin darajasini tushiradigan moddalar, masalan, klofibrat, jigarda xolesterinni chiqarilishini rag'batlantiradi va shunday qilib u biliar konkrementlarni hosil bo'lishiga yordam beradi, bu safro toshlarini eritish uchun qo'llanadigan ursodezoksixolat kislotasini, ta'siriga qarshilik qiladi.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Preparatning faol moddasi yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik bo'lgan shaxslar; O't pufagi va o't-safro yo'llarining yallig'lanish kasalliklarining o'tkir davrida bo'lgan patsiyentlar; O't-safro yo'llarining o'tkazmasligi; Rentgenmusbat (kalьtsini yuqori miqdori bilan) safro toshlari. Bolalarda safroni chiqarilish yo'llarini yetarli darajada ta'minlamasdan noqulay porto-enterostom yoki biliar artreziya. Buyrak funktsiyasini buzilishida. Biliar sanchig'ini tez-tez xurujlari.

  • Maxsus shartlar

    Ursosanni shifokor kuzatuvi ostida qo'llash lozim. Davolash vaqtida jigar fermentlarini (AST, ALT, γ-GT): birinchi 3 oy davomida to'rt haftalik interval bilan, keyinchalik kvartalda bir marta nazorat qilish kerak. Patsiyentlar birlamchi biliar sirroz bo'yicha qay tarzda olayotgan davolanishga nisbatan ta'sirlanishini aniqlashdan tashqari, bunday kuzatuv ayniqsa birlamchi biliar sirrozni kuchayib boruvchi bosqichidagi paitsentlarda jigar shikastlanishini potentsial xavfini o'z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Xolesterinli safro toshlarini eritish uchun qo'llanganda: Davolashni va mumkin bo'lgan konkrementlarni kalьtsifikatsiyasini o'z vaqtida aniqlash uchun davolash boshlangandan keyin 6-10 oydan so'ng (konkrementlarni o'lchamiga ko'ra) tik turgan va yotgan holatdagi namunaviy suratlari bilan bo'lgan oral xoletsistografiyani yoki ulьtratovush tadqiqiqotlarini o'tkazish lozim. Agar rentgen tadqiqotlarida o't pufagini tasvirlashni iloji bo'lmasa, shuningdek safro konkrementlarini kalьtsifikatsiyasida preparatni qo'llash kerak emas. Ursosannni qo'llayotgan patsiyentlar safro toshlarini eritish uchun samarali nogormonal kontratseptsiya usullarini qo'llashlari kerak, chunki gormonal kontratseptivlar biliar litiazni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin («Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'sirlashuvi» va «Homiladorlik va laktatsiya»bo'limlariga qarang). Birlamchi biliar sirrozini kuchayib boruvchi bosiqichida davolash uchun qo'llanganda: Juda kam hollarda jigar sirrozini dekompensatsiyasi kuzatilgan, u davolash to'xtatilgandan keyin qisman normallashgan. BBTS bo'lgan patsiyentlarda patsiyentlarda kam hollarda davolashni boshida kasallikni klinik manzarasini yomonlashuvi boshlanishi mumkin, masalan, qichishishni kuchayiishi mumkin. Bunday holatda Ursosan kapsulasini dozasini sutkada bitta 250 mggli Ursosan kapsulasigacha kamaytirish va keyinchalik dozani birlamchi buyurilgan dozaga erishguncha asta-sekin haftada bitta kapsulaga oshirish lozim. Diareya paydo bo'lganida preparat dozasini kamaytirish lozim, agar diareya to'xtamasa, davolashni to'xtatish lozim. Transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri UDXK transport vositalarini va uskunalarda xizmat ko'rsatish qobiliyatiga nisbatan hech qanday ta'sirga ega emas yoki juda oz darajada kam ta'sirga ega.

  • Nojo'ya samaralari

    Ursosan patsiyentlar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi. Preparat qabul qilinganida paydo bo'ladigan nojo'ya ko'rinishlar yetarli darajada jiddiy hisoblanmaydi. O'z-o'zidan o'tib ketuvchi diareya paydo bo'lishi, ba'zida teri qichishi mumkin. O't-toshlarini kalьtsiylanishini istisno qilib bo'lmaydi. Har qanday nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lgan holda preparatni qabul qilishni to'xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

  • Farmakokinetikasi

    Gepatoprotektor vosita bo'lib, safro haydovchi, xolelitolitik, gipolipidemik, gipoxolesterinemik va biroz immunomodulyator ta'sir ko'rsatadi. Ursodezoksixolat kislotasi (UDXK) odam safrosida oz miqdorda uchraydigan endogen uchlamchi safro kislotasi hisoblanadi. U jigarda xenodezoksixolat kislotasini (XDXK) bakterial oksidatsiyasini mahsuloti hisoblangan 7-ketolitoxolat kislotasidan sintez qilinadi. UDXK qolgan safro kislotalariga qaraganda yanada gidrofil va ular bilan solishtirilganda deyarli toksik emas. UDXK peroral qabul qilinganda ichakda xolesterinni so'rilishini ingibitsiya qiladi, jigarda uni sintezini va endogen xolesterinni safroga chiqarilishini pasaytiradi. Xolesterin konkrementlarini asta-sekin erib yetishi, xolesterin dispersiyasi va suyuq kristallarni hosil bo'lishi bilan chaqirilgan bo'lishi mumkin. Ursodezoksixolat kislotasini xolestatik kasalliklardagi va reflyuks gastritdagi yaxshi ta'siri lipofil safro kislotalarini va ekzogen UDXK tushishi va toksik bo'lmagan aralash mitsellarini hosil bo'lishi bilan chaqirilgan gidrofil UDXK bilan bog'liq. XDXK qutblanmaydigan safro kislotalari bilan birga aralash mitsellalarni hosil qiladi, unda XDXK qutblanmaydigan yadroni, UDXK esa – qobiqni hosil qiladi. Shunday qilib, toksik XDXK mitsellalar ichida bloklanadi, bu me'da shirasida reflyuks suyuqligini membranalarni toksik va i shikastlovchi ta'siridir. Bundan tashqari UDXK qutblanuvchi xususiyati tufayli molekularni bug'lari hosil bo'ladi, ular fosfolipidlarga boy hujayra membranalarini o'z ichiga olishi mumkin. Bu hujayra membranasini barqarorlashuvini va sitotoksik mitsellalarni agressiv ta'siri erishib bo'lmasligini bildiradi. Bu samara shuningdek qisman UDXK sitoprotektiv va immunologik ta'siri hisobiga ta'minlanadi. UDXK birlamchi biliar sirroziga ta'siri uchta mexanizm bilan aniqlanadi: qutblanmaydigan safro kislotalarini surib chiqarishi (toksik bo'lmagan aralash mitselelelarni hosil bo'lishi bilan), hujayra membranasini barqarorlashuvi, immunologik ta'siri. Pediatrik populyatsiya Kistasimon fibroz Kistasimon fibroz bilan (CFADH) bog'liq gepatobiliar buzilishlari bo'lgan pediatrik patsiyentlari hollarida UDXK bilan davolash tajribasi 10 yil va undan ko'p vaqt davomidagi klinik tadqiqotlari natijasida olingan. UDXK bilan davolash safro yo'llarini proliferatsiyasini cheklashi, gistologicheski aniqlanadigan shikastlanishlarni kuchayib ketishini bartaraf qilishi va xatto CFADH erta bosqichda buyurilganda gepatobiliar o'zgarishlarni orqaga qaytaradi. UDXK bilan davolashning eng katta samarasini ta'minlash uchun CFADH tashxisi o'rnatilishi bilan uni buyurish lozim.

  • Farmakodinamikasi

    So'rilishi Ursodezoksixolat kislotasini peroral qabul qilinganda och ichakda tez so'riladi va chambar ichakning yuqori qismida- passiv, quyi qismining oxirida- faol so'riladi. Plazmadagi cho'qqi kontsentratsiyaga qabul qilingandan keyin 30–60 minutdan so'ng erishiladi. Biotransformatsiyasi va chiqarilishi So'rilgandan keyin bu safro kislotasi  aminokislotalar, glitsin va taurin bilan deyarli to'liq birikib, metabolizmga uchraydi. Ichakda ursodezoksixolat kislotasi litoxolat kislotasiga ajraladi va gidroksil guruhini yo'qotadi. Enterogepatik sirkulyatsiya orqali bu kislota jigarga tushadi va jigarda u yana xenodezoksixolat kislotasiga va UDXK qayta aylanadi. Ta'kidlab o'tilgan transformatsiya tufayli UDXK yordamida davolanganda litoxolat kislotasini miqdori ham muhim rolь o'ynaydi. Litoxolat kislotasi qisman so'riladi va sulьfat anionlari bilan bog'lanadi, keyin glitsin va taurin bilan bog'lanadi va safro bilan chiqariladi. Bu hosilalar faqat cheklangan darajada ichakda so'riladi va axlat bilan chiqariladi, bu toksik safro kislotasini organizmdan chiqarilishining samarali mexanizmi hisoblanadi. Xavfsizlik to'g'risida klinik oldi tadqiqotlari O'tkir toksiklik Kulrang kalamushlarda LD50 o'rtacha qiymati >5 g/kg, sichqonlarda – >10 g/kg, itlarda – >10 g/kg. Nimo'tkir toksiklik Birinchi qismida kulrang kalamushlar 0,5 g/kgdan 4 g/kggacha bo'lgan peroral dozalarni 5 hafta davomida qabul qilgan. Dozaga bog'liq na qo'pol patologik, na gistopatologik o'zgarishlar bo'lgan. Ikkinchi qismida 62,5 mg/kg, 125 mg/kg, 250 mg/kg va 500 mg/kg dozalarni parenteral yuborilgan. Gistopatologik natija (jigar nekrozi, xolangit, hujayra proliferatsiyasi, biriktiruvchi to'qima tolasini proliferatsiyasi va mayda safro yo'llari, buyrak abstsessi) 125 mg/kg va undan yuqori dozalarda aniqlangan. Mutagenlik Mutagen xususiyatlar sinovlarda sinalgan: reversiv mutatsiyalar, mikroyadro testi, xromosomalar aberratsiyasi, sichqonlar limfomasi mutatsiyalari. Ursodezoksixolat kislotasini mutagen samarasi aniqlanmagan. Kantserogenlik Tajribalar ikkita ikki yillik tadqiqiqotlari doirasida sichqonlarda sutkada 25, 150 va 1000 mg/kg/lozalarda yuborib o'tkazilgan. Sutkada 150 mg/kggacha bo'lgan dozada qo'llanganda o'smalarni paydo bo'lish tez-tezligida o'zgarishlar aniqlanmagan.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Dozani oshirib yuborilish hollarida diareya paydo bo'lishi mumkin. Aniqlangan uzoq diareyada preparat bilan davolashni to'xtatish lozim. Diareyani davolash: simptomatik (suv—elektrolit muvozanatini tiklash). Dozani oshirib yuborilishining boshqa simptomlarini ehtimoli kam, chunki ursodezoksixolat kislotasini so'rilishi doza oshirilishi bilan yomonlashadi, bu axlat bilan chiqarilishini oshishiga olib keladi.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?